Aql uz Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
mojiza kitob 1 bolalar uchun unversal (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KEDR G’UDDASI QANDAY TUZILISHGA EGA
- ENG BALAND DARAXT QAYSI
- DUNYODA EVKALIPTNING NECHTA TURI BOR
- PO’KAKBOP EMAN NIMA
- XIN DARAXTI QAYERDA O’SADI
- NIMA UCHUN QAYINNING TANASI OQ
- OLMA DARAXTINING YOSHI NECHADA
- DUNYODA OLMANING QANCHA NAVI BOR
- QAYSI GUL YAPONIYANING RAMZI HISOBLANADI
KEDR QAYERDD O’SADI?
Qadim zamonlardan to shu kungacha kundalik so’zlashuv tilida «kedr» so’zi turlicha talqin qilinadi. Livan kedri «haqiqiy kedr» sifatida hamisha odamlarning e'tiborini tortib kelgan. U muqaddas daraxt hisoblangan va Livanning gerbida ham o’z aksini topgan. Rivoyatlarda aytilishicha, Sulaymon alayhissalom bu qimmatbaho daraxtdan ibodatxona qurish maqsadida odamlarni kedr olib kelish uchun boshqa yurtlarga jo’natar ekan. Kedr qarag’aylar oilasiga mansub. Bu oilaga yana tilog’och, oqqarag’ay, archa, qarag’ayning o’zi va boshqa bir qancha ninabargli daraxtlar kiradi. Daraxtlarni nomlashdagi chalkashliklar xristian dini muqaddas kitoblaridan, xususan, Tavrotdan kelib chiqqan. Unda «kedr» so’zining botanikaga oid tavsifi keltirilmaydi. Shuning uchun Shimoliy Amerika urmonlariga ilk qadam qo’ygan kishilar yog’ochi xush bo’y barcha ninabargli daraxtlarni kedr deb atayvergan. Bunday chalkashlik rus tilida ham bor. Oddiy so’zlashuv tilida, hatto, o’rmonshunoslikka oid kitoblarda Sibir qarag’ayi «kedr» deb ataladi. Mashhur kedr yong’og’i aslida Sibir qarag’ayi yong’og’idir. Haqiqiy kedr yong’og’i va urug’larini yeb bo’lmaydi. Kedr doimiy yashil tusdagi kuchli daraxt bo’lib, uzunligi 50 metrgacha boradi. Ular ming va undan oshiq yil umr ko’radi. Uning to’rtta turi bor. Shulardan uchtasi O’rta Yer dengizi mamlakatlarida o’sadi: atlas kedr Afrika shimolida, Livan kedri Livan, Turkiya va Suriya tog’larida, Kipr kedri esa Kipr orolida o’sadi. To’rtinchi tur — Himolay kedri Afgoniston, Pokiston va Hindiston tog’larida o’sadi. Kedr yog’ochi hasharotlar va zamburug’lar ta'siriga chidamli bo’lgani uchun kemasozlikda va turli narsalar tayyorlashda ishlatiladi. Arxeologik qazishmalar chog’ida, asosan, Livan kedri yog’ochidan tayyorlangan buyumlar topilib turadi. Masalan, Misr fir'avni Tutanxamon tobutining kedrdan yasalgan yog’och qismlari, oradan 3200 yil vaqt o’tganiga qaramasdan, juda yaxshi saqlangan. AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
Kedr Hindistonda ham muqaddas daraxt hisoblangan va uning yog’ochi tarixiy obidalar qurilishida ishlatiladi. Hamadon shohining ustunlari kedrdan ishlangan masjidi 1426 yili qurilgan edi. Kedrning barcha turlari manzarali bo’lgani uchun ham butun dunyoda ko’kalamlashtirishda keng qullaniladi. Ular Qrimda ilk marta 1826 yili ekilgan.
Kedr guddasi barcha buyuk narsalar kabi juda sodda tuzilgan. Uning o’lchami chog’roq, qora kung’ir tusda va tuxumsimon shakldadir. Ammo Haqiqiy xazina uning po’chog’i ostidadir. Tarkibida oqsil, yog’ va kraxmal ko’pligi bo’yicha kedr yong’og’iga teng keladigan mahsulot yo’q. Kedr yong’og’i g’uddasining yana bir afzalligi shundaki, unda yong’oqlar yaxshi saqlanadi. Yong’oqlar kedr daraxti ostiga tushgan taqdirda ham kelgusi hosilga qadar g’uddadan sochilib ketmaydi va bu o’rmonda yashovchi hayvonlarga qulaylik tug’diradi. Hayvonlar g’udda bo’lmaganida yongoqlarni yig’ib olish uchun qancha vaqt sarflashi mumkinligini tasavvur qila olasizmi? Tabiatning o’zi hayvonlarga g’amxo’rlik qilib, ularni tabiiy ravishda qadoqlab qo’yganini aytmaysizmi?
Daraxtlar yashil o’simliklardir. Ularning ham boshqa yashil o’simliklar singari ildizi, poyasi, yaproqlari va urug’lari bo’ladi. Daraxtlar yashil o’simliklar ichida eng ko’hnasidir. AQShning shimoli-g’arbidagi ayrim sekvoyyalarning yoshi 4000 yildan oshadi. Bu daraxtlar Kolumb Amerikani kashf etgan davrlarda ham xuddi shu ko’rinishda bo’lgan. Daraxtlar yashil o’simliklar ichida ham eng kattasidir. Ma'lumki, Kaliforniyadagi ulkan sekvoyyalar Yer yuzidagi eng bo’ychan daraxtlardir. Gumboldt Milliy bog’idagi bir daraxt eng baland hisoblanadi. U Asoschi Daraxti deb ata-ladi, bo’yi esa 110 metrdan oshadi. Ayrim yirik mutaxassislar ko’p yillar avval Avstraliyadagi evkalipt daraxti ham Kaliforniya sekvoyyalari singari baland daraxt bo’lganini ta'kidlashadi, ammo ular ayni paytda sekvoyyalardan o’rtacha 15 metr kaltadir. Yana bir sekvoyya bilan bo’ylashadigan daraxt Duglas oqqaragayidir. Ular aksariyatining bo’yi 91 metrdan oshadi. Ildizlar tuproqdan suv va mineral moddalar yutishi bilan birga daraxtlarni ham tik holda tutib turadi. Katta daraxtni tutib turish uchun kuchli ildiz tizimi kerak bo’ladi. Siz daraxtning ildizlari ham yer ostida shoxlarichalik joy egallashini bilasizmi? Olimlar daraxtlarning yoshini ular tanasidagi halqalar soni bilan o’lchashni o’rganib olishdi. Ko’pgina daraxt turlari ko’ndalang kesilganda, ularda halqalar borligini ko’rish
mumkin. Har yili po’stloq ostidagi yogoch qatlami ustida yangisi paydo bo’laveradi. Bu qatlam halqa hosil qiladi. Daraxt tanasidagi har bir halqa uning yoshidan dalolat beradi. Yangi qatlam yoki halqa qo’shilgani sari tana yo’gonlashib boraveradi. Daraxtlarning nafaqat tanasiga, qolaversa, shoxlariga ham yangidan-yangi halqalar qo’shilib boraveradi. Shoxlar har yili bo’yiga o’sadi. Faqat shoxlarning uchi yuqoriga qarab o’sgani uchun ham daraxtning tanasi hech qachon yerdan baland ko’tarilmaydi.
Sekvoyya, shubhasiz, eniga ham, bo’yiga ham dunyodagi eng katta daraxt hisoblanadi. Ular bir necha asr umr ko’radi va Amerikaning ko’rkidir. Sekvoyya AQShning Kaliforniya shtatida o’sadi. Qaragay yoki kedr singari u ham ignabargli-lar oilasiga mansub. Ammo uning bo’yi juda cho’zilib ketadi va uzoq yashaydi. Hozirgi kunda mavjud ayrim sekvoyyalar Iso payg’ambar tug’ilmasidan ham oldin bo’lgan. Sekvoyyaning odatdagi balandligi yuz metr atrofida bo’ladi, shu bilan birgalikda bo’yi Eyfel minorasi (300 metr)ning yarmiga teng keladigan sekvoyyalar ham bor. Shunday ulkan daraxtlardan biri qulab tushib, yulni to’sib qo’yganida, uning tanasidan avtomashinalar o’tishi uchun tunnel qazilgan. Bunday daraxtlar hyech kimni befarq qoldirmasligi tabiiy. Sekvoyyaning yana bir qarindoshi sevayyadendron ham undan qolishmaydi. U ignabarglidir, Kaliforniyada o’sadi. Bahaybatliligiga' yarasha sevayyadendron 3 — 4 ming yil umr ham ko’radi.
Bir zamonlar evkaliptlar faqat o’z vatani Avstraliyada o’sar edi. Ammo bugungi kunda u insonning yordami bilan butun dunyoga tarqalib ketdi. Ularni Yevropada, Afrika shimolida, Hindistonda, Janubiy Amerikada, Amerika Qo’shma Shtatlarining janubida uchratish mumkin. Evkaliptning tashqi ko’rinishi uni ilgari ko’rmagan kishida o’chmas tassurot qoldiradi. U bo’ychan, yaproqlari semiz, terisimon po’stloq bilan qoplangan va shoxlari pastga osilib turadigan chiroyli daraxtdir. Evkaliptlarning baland va xipcha tanasi juda tez o’sadi. Ayrim daraxtlarning bo’yi bir yilda to’rt metrgacha usgan vaqtlar ham bo’lgan. Bo’yi ulkan Kaliforniya sekvoyyalaridan bir oz past, ammo yuz metrga yetib qoladigan evkaliptlar ham bor.
AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
Evkaliptlar juda foydali daraxtdir. Uning inson uchun foydali bir qancha jihatlari bor. Masalan, evkaliptlar namlikni sevgani uchun botqoq yerlarga o’tqaziladi. Natijada dunyoning ko’pgina mintaqalarida bezgak va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og’riydiganlar soni kamayadi. Bundan tashqari, evkalipt insonni turli dori preparatlari bilan ta'minlab turadi. Uning yaproqlaridagi son-sanoqsiz g’ovaklar sarg’ish tusdagi kofurni eslatadigan suyuqlik bilan to’la. Bu evkalipt yog’idir. Shifokorlar uni bemorlarning yuqori nafas yo’llarini tozalash uchun hidlatishadi. U ko’pincha buyraklar faoliyatini yaxshilaydigan hamda asab tizimini tinchlantiradigan vosita sifatida ham ichila-di. Ba'zan u hatto jarrohlikda antiseptik — kasallikning yuqishi oldini oladigan preparat sifatida ham ishlatiladi. Evkalipt yog’ochiga, qattiq bo’lishiga qaramasdan, yengil ishlov berish mumkin. Undan, yuzasi o’ta silliq bo’lgani uchun kemasozlikda, uylarning ichki devoriga qoqishda foydalaniladi.
Evkalipt, asosan, Avstraliya daraxtidir. Ammo u dunyoning boshqa iqlimi issiq bo’lgan mamlakatlarida ham o’stiriladi. Uning yaproqlari ajratib chiqaradigan hidli modda havoni tozalash, bezgak yuqtiruvchi hasharot va pashshalarni haydash xossasiga ega. Evkaliptning 500 dan oshiq turi bor. Uning yog’ochi oq tusdan pushti ranggacha bo’ladi. Ammo yaproqlari hamisha bir xil: ingichka, tekis va vergul shaklida qayrilgan bo’ladi. Ular kun davomida Quyosh nurlari tekis yuzaga tushmasligi uchun bir tomondan boshqa tomonga buriladi. Evkalipt yaproqlaridagi hidli modda ayrim turdagi dorilarni tayyorlashda, yegochi kemasozlikda ishlatiladi, uning po’stlog’idan esa oshlovchi modda sifatida foydalaniladi.
Banyan ulkan daraxtlar qatoriga kiradi. Ma'lumki, tabiatda mavjud barcha yirik na salar noqulay vaziyatlarga tushib qoladi. Daraxtlar ham bundan istisno emas. Masalan, na va ozuqa moddalarining yo’g’on daraxtlar tanasi bo’ylab yuqoriga ko’tarilishi qiyin bo’ladi. Shu bilan birgalikda, ularning tanasi sinib ketmaslik uchun mustahkam, to’g’ri bo’lishi, unchalik uzun bo’lmasligi kerak. Bunday daraxtga enli shox-shabbalarning zalvorli yukini ko’tarish uchun yo’g’on tana kerak bo’ladi. Agar shoxlar haddan tashqari uzun va og’ir bo’lib ketsa, keyinchalik daraxtni u yoki bu tomonga ogdirib qulatib yuborishi ham mumkin. Hindiston va Malayziyada o’sadigan ulkan banyan daraxti bu muammoni o’ziga xos yo’l bilan hal eta olgan. Bu daraxtning eng qiziq jihati shoxlarining o’sishidir. Son-sanoqsiz va og’ir shox-shabbalar daraxtning baquvvat tanasidan turli tomonlarga qarab tarvaqaylab ketadi. Albatta, tana, mustaqil ravishda bunday shox-shabbalarni ko’tara olmaydi. Hamma balo shundaki, shoxlar og’irlikning bir qismini o’z zimmasiga oladi. Har bir shoxdagi yergacha tik osilib tushadigan qalin butoq banyanning havodagi ildizlaridir. Dastlab kalta bo’lgan butoqlar yillar o’tishi bilan o’sib boradi va nihoyat yerga tegadi. Yerga mahkam o’rnashib olgan butoqlar shoxlarga qo’shimcha yordam beribgina qolmasdan, ozuqa moddalari va suv bilan ta'minlab turadi. Asta-sekin ular yangi tanalarga aylanadi va natijada banyan bo’yi barobarida eniga ham o’sa boshlaydi. Nihoyat bosh tana atrofida yumaloq «ayvon» hosil bo’ladi, ularning diametri ba'zida 450 metrgacha yetadi. Qizigi shundaki, yogingarchiliklar payti pana joy vazifasini o’taydigan bunday «ayvon-lar»da mahalliy aholi bozor tashkil etadi yoki majlislar va boshqa ijtimoiy tadbirlarni utkazadi. Bundan tashqari, daraxtning silliq havo ildizlaridan uzun va tekis xodalar olinadi, ularning tolasidan pishiq arqonlar eshiladi. Daraxt ulkan ulchamga ega bo’lishiga qaramasdan, mevasi mayda va yorqin qizil rangda bo’ladi. Odamlar uni yemaydi, ammo qushlar va ko’rshapalaklar xush ko’rib, iste'mol qilishadi.
O’simliklar tarixida geveya yoki kauchuk daraxtining hayoti juda qiziqarlidir. Ispan bosqinchilari Janubiy Amerikani kashf etgan ilk kunlardanoq rezina sharlar bilan o’ynayotgan bolalarni ko’rishib, kauchuk suvni, havoni o’tkazmaydigan va boshqa xossalarga ega ekanini anglab yetishdi. Rezina shinalar ishlab chiqarila boshlangach, kauchuk sanoati mislsiz darajada rivojlanib ketdi.
Kauchuk daraxtlari ekvatordan 10 gradusdan uzoq bo’lmagan shimol va janub mintaqalarida o’sadi, shuning uchun ham ekvatorning har ikkala tarafidagi 1300 km enlilikdagi zona «kauchuk mintaqasi» deb ataladi. Kauchuk daraxtlari uchun issiq va nam iqlim hamda hosildor tuproq kerak. Eng ko’p kauchuk «Braziliya geveyasi»dan olinadi. U dastlab Braziliyada topilgani nomidan ham ko’rinib turibdi. Bugungi kunda dunyoda ishlab chiqarilayotgan tabiiy kauchukning 96% ushbu daraxtdan olinadi. U kauchuk mintaqasidagi ko’pgina mamlakatlarda yetishtiriladi.
Garchi kauchukning vatani Janubiy Amerika1 bo’lsada, u bugungi kunda tropik mintaqasida joylashgan mamlakatlarda, ayniqsa, Janubiy-sharqiy Osiyodagi ko’plab plantatsiyalarda o’sadi. AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
sutsimon oq sharbat — tabiiy kauchukning, oqsil va tuzlarning suvli aralashmasi oqib tushadi. Bu lateksdir, u shuningdek, parakauchuk yoki krep ham deb ataladi.
Xuddi qarag’ay yelimi singari lateks geveya tanasidagi tilingan joydan oqib tushadi. U yig’ib, suzib olinadi va suv bilan suyultiriladi. Ishqor quyilgach, eritma bir joyga to’planib, qayishqoq modda — tabiiy kauchuk hosil buladi. So’ngra varaq shaklida presslanib, quritiladi. Tabiiy kauchuk atrofimizda to’lib-toshib yotgan rezina ishlab chiqarish uchun qulay xom ashyodir. Kameralar, g’ildiraklar pokrishkasi va bolalar shishirib o’ynaydigan sharlar — barchasi bir zamonlar geveya tropik daraxtining sharbati bo’lgan.
Baliq oviga ketayotgan bolakay po’kakdan yasalgan suzgichi nima uchun suvga chukib ketmasligini o’ylab o’tirmaydi. Ammo po’kakning suvga chukmaslik xususiyati qadim zamonlardan beri ma'lum, undan yasalgan qutqarish moslamalaridan esa bundan ming yillar muqaddam foydalanilgan.
Po’kak suvdan ancha yengil. Buning sababi shundaki, suv uning havo to’la ichiga o’ta olmaydi. Bu po’kakni suvga bo’kib qolib, cho’kib ketishdan saqlaydi.
Po’kak po’kakbop eman po’stlog’ining tashqi qismidan tayyorlanadi. Po’kaklarning uchdan ikki qismi po’kakbop eman o’stiriladigan Portugaliya va Ispaniyada ishlab chiqariladi. Po’kakbop emanning bo’yi 6 — 12 metr, yo’g’onligi esa 1 metrgacha boradi. Daraxtning po’stlog’i ilk marta u yigirma yashar bo’lganida qirib olinadi. Bu daraxtga hech qanday ziyon yetkazmaydi, quritib qo’ymaydi, aksincha, foyda keltiradi.
Taxminan, yana to’qqiz yildan so’ng po’stloq qayta qirib olinadi. Bu ikki marta qirilgan po’stloqdan tayyorlangan po’kak dag’al va g’adir-budur bo’ladi. Keyinchalik har to’qqiz yilda po’stloq qirilishidan olinadigan po’kak ancha sifatli bo’ladi. Shunday qilib, bir daraxtdan yuz yilga yaqin po’kak olinadi.
Qirib olingan po’kak bir necha hafta quritiladi, so’ngra tarkibidan tanin kislotasini chiqarib yuborish uchun pishiriladi. Pishirilgan po’kak yupqa va egiluvchan varaq holida yoyiladi, quritiladi va boshqa mamlakatlarga jo’natish uchun taxlab qo’yiladi.
Po’kak xom ashyosining ikki turi bor. Ulardan biri po’kak daraxti deb ataladi. Bu materialdan po’kak, suzgich va qutqaruv jiletlari tayyorlashda foydalaniladi. Po’kak xom ashyosining boshqa bir turi yanchilgan po’kak deb ataladi. U dastlab yanchiladi, so’ngra ma'lum bir biriktiruvchi materiallar bilan birga pishiriladi. Bunday materialdan quvurlarga qoplama, oyoq kiyimlarning tagcharmi to’ldirgichlari, avtomobil prokladkalari, shuningdek, shishalarning qopqog’i ostidagi tiqinlari tayyorlanadi.
Binolarni tovush o’tkazmaydigan qilib qurishda, ombor, muzlatgich xonalar va refrijeratorlarni izolyatsiyalash po’kak qo’llanadigan sohadir.
Uning po’stlog’ida bezgak kasalligini davolashda ishlatiladigan xinin moddasi bor.
Xin daraxtining bo’yi 20 — 30 metrga yetadi. U baland tog’liklarda o’sadi va namsevardir.
Shuning uchun unga Perudagi sharoit Afrikadagiga nisbatan qulay. Xin ekish yo’li bilan ham ko’paytiriladi, u shamol yaxshi tegadigan plantatsiyalarda ko’karadi. Uning tanasi qalin po’stloq bilan qoplangach, po’stloq kesib olinadi. So’ngra quritilib, mayda kukun qilib tuyiladi, kukundan esa xinin tayyorlanadi. Xininning bezgakka qarshi vosita ekanini Pelletye Kaventu kashf qilgan. Xin daraxti po’stlog’idan olingan ekstrakt ayrim vino va ichimliklarga ham qo’shiladi.
Rossiyadagichalik bunday tanasi oq, mayda shoxlari ingichka, yaproqlari mayda va nozik daraxt ko’p bo’lmasa kerak.
Bu daraxt odamlarda hissiyotni tug’yon urdiradigan darajada go’zal va nozikdir. Shoirlar unga atab she'rlar bitadi, qo’shiqchilar ashula to’qiydi. Ona tabiatning o’zi ham bu beqiyos daraxtga alohida mehr qo’rini to’kadi.
Yozning issiq kunlarida uning oppoq tanasiga qulingizni tekkizib ko’rganmisiz? U qo’lingizga muzday tegadi. Jazirama oftob nuri tushib turganda ham oq qayinning tanasi muzdayligicha qolaveradi. Bunda hech qanday sir yo’q, negaki, oq rang Quyosh nurini yutmaydi, aksincha, qaytaradi. Demak, tabiat oq qayinga oq rangni go’zallik uchungina emas, himoyalanish uchun ham bergan ekan. Oq qayin salqin havoni xush ko’radi, jaziramani esa yoqtirmaydi. Bu tabiatning oq qayin tanasini oftob jizg’anak qilib kuydirmasligi uchun qilgan g’amxo’rligidir. Boz ustiga, uning po’stlog’i ham eman yoki qarag’ayniki singari qalin emas.
Odamlar nima uchun ko’klam chog’lari mevali daraxtlarning tanasini oqqa bo’yashini endi fahmlagandirsiz. Oq rang ularning tanasini yozgi oftob kuydirishidan saylaydi.
AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
dunyosi vakillari qatoriga kiradi. Yovvoyi olmaning yoshi nechada? Uning qazishmalar chog’ida topilgan, diametri 15 mm. lik mitti mevasi Yer qa'rida olti ming yil yotgan ekan. U Germaniyaning Xeylbronn shahridan uncha uzoq bo’lmagan joydagi qurilish ishlari vaqtida topildi. Yer yuzida ilk marta kim olma daraxti ekkanini, ya'ni u qachon madaniylashganini hech kim bilmaydi. Faqat qadim zamonlardan beri Markaziy Osiyo va Kavkazda bog olmasi o’stirilgani, so’ngra u Yevropaga borib qolgani ma'lum, xolos.
Bundan, taxminan, ikki ming yil muqaddam qishloq xujaligi to’g’risida 12 ta kitobning muallifi bo’lmish Rim agronomi va yozuvchisi Kolumella olma daraxti 3 ming yil muqaddam madaniylashgan, deb yozgan edi. Agar uning gapi to’g’ri bo’lsa, bog’ olmasining yoshi 5 ming yilga teng bo’ladi.
Madaniy ekinlar orasida olma daraxtining alohida o’rni bor. Qadimgi afsona va rivoyatlarda hamma xush ko’rib yeydigan bu meva bot-bot tilga olinadi. Misrdagi yodgorliklarda qazishma ishlari olib borilganda, olma surati chizilgan tasvirlar topilgan. Qadimgi yunonlar va rimliklar olmani muhabbat ramzi deb bilishgan va u go’zallik ilohalariga bag’ishlangan. Qadimgi olmonlar barcha xudolar olma daraxtini himoya qiladi, olma mevasi esa ularning sevimli taomi, deb hisoblashgan. Troya urushini eslaylik: u adovat ilohasi Erida olmani tashlashi oqibatida boshlangan.
Qizig’i shundaki, Kelt tilida «jannat» suzi «olmazor» degan ma'noni anglatadi. (Xristianlikning muqaddas kitoblarida) Momo Havo «bilim va muhabbat daraxti»dan olma1 uzib yegani uchun ham jannatdan badarg’a bo’ladi. Ha, ha, olmani uzib yegani uchun ham!
Qadimgi Yunonistonni madaniylashgan olmaning vatani deb hisoblash rasm bo’lgan. U madaniy ekin sifatida yunonlar va rimliklardan G’arbiy Yevropa bo’ylab, so’ngra butun Yer yuziga tarqalgan.
Rus cho’qintirilmasdan oldin ham odamlar olma nimaligini bilishgan. Madaniylashgan olma ilk marta XI — XIII asrlarda Kiyev Rusining monastir bog’larida paydo bo’lgan. 1051 yili Yaroslav Mudriy barpo etgan olma bog’ining dong’i chor atrofga ketgan. Keyinchalik bu bog’ Kiyev — Pechyora lavrasi bog’i deb atala boshlagan. XIV asrga tegishli yozma manbalarda Moskva bog’lari tilga olinadi, «Domostroy» («Uy qurish»)da esa bog’ni parvarish qilishga oid ilk maslahatlar beriladi.
Keyingi asrlarda Rusda bog’dorchilik avj olib ketdi. Bunga Kiyev va Moskva knyazlari, shuningdek, Rus provaslav cherkovi va monastirlar ko’p yordam bergan. Miloddan oldingi IV asrda qadimgi yunon faylasufi va tabiatshunosi Teofrast o’zining bog’dorchilikka bag’ishlangan ilk risolasida olmaning bir necha navlari to’g’risida ma'lumot beradi. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mashhur rus agronomi Andrey Timofeyevich Bolotov 8 tomlik tadqiqotlarida rus olmalarining 600 dan oshiq navlarini tavsiflab beradi. XX asrning oxiriga
kelib esa, butun dunyoda bu mevali daraxtning 10 mingga yaqin (ayrim mualliflarning fikriga qaraganda, 20 mingdan oshiq) turi bor. Olma bog’larning barcha mamlakatlardagi maydoni 3 million gektarga yaqin.
to’g’ri keladiganlari ham topiladi. Birgina Angliyada uning ikki mingdan oshiq navi mavjud.
Olma odam ilk marta madaniylashtirgan daraxtlar sirasiga kiradi. Uning vatani Janubiy-sharqiy Yevropa va G’arbiy Osiyo bo’lsa ajabmas. Harqalay, bu daraxtning turli navlari ikki ming yil muqaddam o’stirila boshlangani ma'lum. Qadimgi Rim aholisi bu mevaning kamida yetti xilini dasturxonga tortishgan.
Bugungi kunda olmaning bu qadar turli-tuman navlari qayoqdan paydo bo’lgan? Bog’bonlar hamisha ilgarigilariga nisbatan yangi, mazali, hosildor va sovuqqa chidamli navlar olishga intilib, olmalar ustida turli tajribalar o’tkazib kelishgan. Yangi navlar olishning eng ko’p tarqalgan usuli quyidagidir: bir daraxtdan kesib olingan kurtak yoki novda boshqa bir olma daraxtiga payvand qilinadi. Bu holda payvand o’rnida o’sib chiqqan shoxning xossasi «ota-ona» daraxtlarning afzalliklari va kamchiliklaridan iborat bo’ladi. Yana bir usul «chaparasta changlanish» deb ataladi. Buning ma'nisi shuki, bir navdagi olma gullari boshqa daraxtlardan olingan otalik bilan changlanadi.
daraxtning bo’yi 5 — 8 metr, shox-shabbalari kulrang malla tusdadir. Yaproqlari cho’zinchoq tuxumsimondir, daraxtning tepa qismidagi barglar yanada cho’zilgan bo’ladi va gilos barglarini eslatadi. Gullari pushti-qizil yoki ochiq pushti rangda 2 — 5 donadan to’p-to’p bo’lib ochiladi. Sakura gullaganda yetti yoshdan yetmish yoshgacha barcha kishilar oilasi yoki yoru birodarlari bilan to’planib, bog’ va parklarda nozik oq-pushti gulbarglarni tomosha qilishadi. Bu yaponlarning eng ko’hna an'analaridan biridir. Gullarni tizishday murakkab san'atini har kim ham eplayvermagani bilan gullayotgan daraxtni tomosha qilish har kimning qo’lidan keladi. Yaponlar bu tomoshaga ancha vaqt hozirlik ko’rishadi. Yaxshiroq joyni egallash uchun boqqa bir kun oldin kelish lozim. Yaponlar, odatda, olchaning gullashini ikki marta: ishda hamkasblari hamda uyda oila a'zolari davrasida nishonlashadi. Bayramni hamkasblar davrasida nishonlash hech kimning buzishga haqqi yo’q muqaddas burchdir, oila davrasida nishonlash esa kishiga lazzat bag’ishlaydi. Daraxt tomosha qilgan kishiga ijobiy AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
ta'sir ko’rsatadi. Sakura, shuningdek, Markaziy Osiyo, Boltiqbo’yi, Moldaviya, Kavkaz, Qrim va Zakarpatyeda ham o’sadi.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling