Aql uz Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar
O’RMONGA ZAMBURUG’LAR KERAKMI?
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
mojiza kitob 1 bolalar uchun unversal (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- YEYISHLI ZAMBURUG’ VA QURBAQASALLA O’RTASIDA QANDAY FARQ BOR
- DENGIZ SUVO’TLARI QANDAY O’SADI
- DENGIZ KARAMI QANDAY O’SADI
- LISHAYNIKLAR NIMA
- QIRQQULOQ HAM GULLAYDIMI
- DARAXTLAR QANDAY CHANGLANADI
- BUTALAR QANDAY CHANGLANADI
O’RMONGA ZAMBURUG’LAR KERAKMI?
zamburug’larni yaxshi ko’ramiz va shuning uchun ularni tergani o’rmonga boramiz. Ammo nega ular aynan o’rmonda o’sadi? Aniqlanishicha, odamlar zamburug’siz ham yashashi mumkin ekan, ammo ular o’rmonga juda ham kerak.
Har yilgi bargrezon natijasida o’rmon saltanatining har gektar yeriga ikki tonnadan oshiq chirigan moddalar yig’ilib qoladi.
Bundan tashqari, u yerda daraxtlar qulaydi, shoxlar sinadi, kuzda pishgan mevalar to’kiladi, hayvonlar va hasharotlar o’ladi. Agar ularning hammasi shu holicha qolib, asrlar davomida yig’ilib borsa, sayyoramiz yuzasida yangi o’simlik jonivorlar avlodi uchun yashash sharoiti va joy qolmasligi shubhasiz.
Sarflagan ozuqa moddalarini chirimagan o’simliklar va jonivorlarda qolib ketgani uchun qaytib ololmagan yer oriqlab ketadi.
Bunday bo’lmasligi uchun zamburug’lar kerak. Ular qurigan o’simliklar va hayvonlar jasadidagi organik moddalarni parchalaydi va oddiy noorganik moddalarga aylantiradi. Noorganik moddalar yerga qaytadi va yangi o’simliklar uchun ozuqa bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, tabiatda biologik muvozanat qaror topadi.
Qalpoqsimon zamburug’lar bepoyon zamburug’lar saltanatining kichik bir bo’lagidir. Uning aksariyat qismi tabiatda mikroskopik, ya'ni ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan shakllarda mavjuddir. Ular orasida o’rmon uchun foydali bo’lganlari ham, juda zararlilari ham bor.
Qalpoqsimon zamburug’lar o’rmon uchun, asosan, foydali. Ular qurib qolgan daraxtlarning chirishini tezlashtiradi. Ammo kuzgi to’nka zamburug’i deb ataluvchi zamburug’ o’rmonning haqiqiy dushmani ham bo’lishi mumkin. Ko’pincha u to’nkalar va AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
yiqilgan daraxtlar ustida o’sadi, biroq ba'zida eman, qaragay va hatto olma nihollariga ham ko’chib o’tishi, ildizlarini chiritish natijasida nobud qilishi mumkin.
Lekin bunday zamburug’larning mavjudligi boshqa zamburug’larning o’rmon oldidagi ahamiyatini tushirmaydi. Biologlar «mikoriz» yoki «zamburug’ildiz» degan bir tushunchadan foydalanishadi. Zamburug’ning giflar deb ataladigan ingichka iplari daraxtlar ildizini o’rab oladi, natijada zamburug’ va daraxt o’rtasida o’zaro foydali hamkorlik qaror topadi. Zamburug’ o’zi topolmagan uglevodlarni daraxt ildizidan oladi, evaziga esa daraxt hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan kaliy, fosfor, azot va boshqa mikroelementlar beradi.
Ular urtasida hech qanday farq yo’q. Fan tilida «qurbaqasalla» degan zamburug’ turi yo’q. Odamlar zaharli zamburug’larni qurbaqasallalar deb ataydi. Botaniklar uchun bu atama hech bir ilmiy qimmatga ega emas. Ular uchun yeyishli yoki biz qurbaqasalla deb ataydigan zaharli zamburug’lar o’rtasida hech qanday farq yo’q.
Zamburug’lar to’g’risidagi tasavvurlarning aksariyati yanglishdir. Zaharli zamburug turlari juda oz. Ammo ular yegan kishini o’ldiradi. Shuning uchun ham zamburug’ni, zaharli yoki zaharsiz ekanini to’la bilib olmaguncha, yemay turgan ma'qul.
Odamlar zamburug’larning zaharliligini hamisha ham to’g’ri aniqlay olmaydi. Masalan, soyabonga o’xshash zamburug’larning barchasi zaharli degan qarash unchalik to’g’ri emas. Mabodo, pishirilayotgan zamburug’larni qo’zg’ab turgan kumush qoshiq qorayib qolsa, bu o’sha zamburug’larning zaharli ekanini bildirmaydi. Bunday qarash ham noto’g’ri.
Pushti plastinkali zamburug’lar yeyishli, degan yanglish fikr ham bor. Uning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan hol ikki xil yeyishli zamburug’ turining qalpog’i ostida pushti plastinka mavjudligidir, eng zaharli zamburug’larning esa oq plastinkasi bor. Ammo bu tafovut unchalik ko’zga tashlanib turmaydi. Bundan tashqari, ko’pgina yeyishli zamburug’larning plastinkalari pushti rangda ham emas. Angliyada zaharli zamburuglarning «o’lik qalpoq» deb ataladigan birgina turi bor. Zamburug’ dastlab yerga ko’milgan tuxumga o’xshaydi, so’ngra qora markazli va oq oyoqli zaytunsimon yoki ko’kimtir-sarg’ish qalpoqchaga aylanadi.
Zaharli zamburug’lar uni yegan kishini muqarrar o’ldiradi. Imperator Neron bir guruh mehmonlarni zamburug’lar bilan zaharlab o’ldirgani to’g’risida rivoyat bor. Zamburug’ yeb zaharlanmaslikning eng yaxshi yo’li ularni magazindan sotib olishdir. Zamburug’lar va mog’or bir oilaga mansub. Ushbu guruhga mansub boshqa o’simliklar kabi ularda yashil modda yo’q. Bunday moddaga ega bo’lmagan o’simliklar o’ziga ozuqa ishlab chiqara olmaydi. Ular xlorofillga ega bo’lgan boshqa bir o’simlik yonida o’sadi va to’laligicha
unga qaram bo’ladi. Zamburug’lar o’ta nozik o’simlikdir. Ular, asosan, suvdan tarkib topgan bo’ladi, shuning uchun quruq shamol va jazirama oftobga bardosh bera olmaydi.
Agar uyingizda akvarium — oynajom bo’lsa, undagi suv yuzasida qayerdandir ko’kimtir to’shqinlar paydo bo’lib qolganini ko’rgansiz, albatta. Bular — suvo’tlar. Ko’l yoki hovuzlarda cho’milganingizda, oyog’ingizga ilashib qoladigan baqato’nlar ham suvo’tlardir. Suvo’tlarning minglab turlari bor. Ular botqoqliklarda, hovuzlarda, daryolarda va hatto okeanlarda ham o’sadi. Ularning kattaligi ham turlichadir. Suvo’tlarning o’lchami mayda g’ovak mikroorganizmlardan uzunligi 30 metrgacha bo’lgan zich va mustahkam dengiz o’simliklarigacha yetadi.
Suvo’tlar o’simliklar dunyosining eng sodda shakllaridir. Ulardan ayrimlari bir mustaqil hujayradan tarkib topgan. Boshqalari uzun zanjirlar hosil qiladi. Yana boshqa birlari esa hujayralarning butun boshli tarmog’ini vujudga keltiradi. Ba'zilari ajralib chiqib, yangi joylarga ko’chib o’tadi.
Suvo’tlar tarkibidagi xlorofill Quyosh nurlarini yutishga, ularga o’zlari uchun oziq moddalar ishlab chiqarishga yordam beradi. Suvo’tlar aynan shunisi bilan o’zlariga qarindosh o’simlik bo’lmish zamburug’lardan farq qiladi.
Yashil suvo’tlar turg’un suv havzalarida suv yuzasidagi to’shqin sifatida keng tarqalgan. Ayrim ulkan dengiz suvo’tlari va laminariya (qo’ng’ir suvo’tlar)da sarg’ishmalla pigment ham bor. Ayrim malla suvo’tlarning poyasi shu qadar mustahkam va pishiqki, ulardan arqonlar ham tayyorlash mumkin. Ayrim suvo’tlardan yod olinadi.
Qizil suvo’tlar shakli nozik eng chiroyli dengiz usimliklaridir. Ular anvoyi qizil ranglarga ega va bo’liq o’sadigan joylarda dengiz suvining rangi ham Qizil dengizdagi kabi qizg’ish rangda bo’ladi.
Diatom suvo’tlarning mayda tangasi bor. Suvo’tlar nobud bo’lgandan so’ng bu tangalar dengiz tubiga tushadi va bir necha metrdan iborat cho’kindilar hosil qiladi.
suvliklarida ko’plab uchratish mumkin.
Eng katta diatom suvo’tlarni ko’z zo’rga ilg’aydi, eng kichiklarining uzunligi esa 0,025 millimetrga yetadi. Ular juda kichik bo’lsada, o’zlariga granitday mustahkam tosh boshpana qurib oladi. Diatom suvo’tlarning 10 mingdan oshiq turi bor. Ularning shakli turlicha. AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
ikkita chig’anoqdan tarkib topgan, chekkalari belbog’day bir-biriga tutashib ketgan. Ichida o’simlik bor.
Aksariyat diatom suvo’tlar suvda suzib yuradi yoki yelimshakni eslatadigan modda yordamida toshlarga, kattaroq o’simliklarga yopishib oladi. Ayrimlari esa bir joydan boshqa joyga erkin suzib yuradi, ammo ularning qanday qilib mustaqil harakat qilishi noma'lum.
Diatom suvo’tlar bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Quticha ichidagi hujayra bo’linishi bilan quticha ham ikkiga ajralib ketadi. Har bir yarim chig’anoq mustaqil hayot va o’ziga yangi turar joy qura boshlaydi.
Diatom suvo’tlar bizning hayotimizda muhim ahamiyatga ega. Boshqa o’simlik turlari bilan bir qatorda ular okeanning asosiy o’simlik organizmlari hisoblanadi. Ular suvda erigan mineral moddalarni organik moddalarga aylantirib beradi, shuningdek, suvda hayot kechiradigan baliq, kit va boshqa jonivorlar uchun oziq-ovqat manbai bo’lib xizmat qiladi. Baliqning jigarida yig’iladigan suvo’tlar yog’i sanoat yo’li bilan olinadi. Yog’lar vitaminlarga juda boy.
ayamagan. Suvo’tlar o’simliklar saltanatida o’ziga xos o’rin egallaydi. «Suvut» tushunchasining o’ziyoq u suvda yashashini bildiradi. Ammo suvo’tlar daraxtlar po’stlog’ida, nam toshlarda va turli tuproq yuzalarida ham yashashi mumqin. Suvo’tlar boshqa suv o’simliklaridan bargi, ildizi va guli yo’qligi bilan farqlanadi. Ular hujayralarning bo’linishi yoki sporalar yordamida ko’payadi. Ularning tanasi qat (sloyovishe) deb ataladi. Suvo’tlarning rangi, shakli va o’lchami o’zaro farq qiladi. O’simlik planktoni («plankton» yunoncha «darbadar» degan ma'noni anglatadi) faqat mikroskop yordamida ko’rish mumkin bo’lgan bir hujayrali suvo’tlardan tarkib topadi. U dengiz va okeanlar to’lqini bilan birga suzib yuradi. Boshqa suvo’tlar esa dengiz tubiga «langar» tashlab, 60 metrgacha usadi. Ayrim joylarda, masalan, Meksika ko’rfazida ular butun boshli o’rmonlar hosil qiladi. U yerda mevali sargassum ko’p uchraydi. Kuchli to’lqinlar ularni ildizi bilan yulib oladi, Golfstrim esa okean ichkarisiga oqizib ketadi. Ular Bermud orollari yaqinidagi sayozliklarga to’planib, qaytadan ildiz otadi va sermavj Atlantika bag’rida sokin Sargasso dengizini hosil qiladi. Aslida sargassumning hech qanday mevasi yo’q. Ammo butun suvo’t suzgich vazifasini o’taydigan kalta oyoqli havo pufakchalari bilan qoplangandir. Xuddi shu pufakchalar mevaga o’xshaydi.
Suvo’tlar baliq va boshqa dengiz jonivorlariga oziq bo’lib xizmat qiladigan kislorod ishlab chiqaradi. Ammo inson uchun eng foydali suvo’t laminariya yoki dengiz karamidir. Laminariyalar mo’'tadil va Arktikaning dengiz mintaqalaridagi 20 metr chuqurlikda o’sadi. Ko’pgina mamlakatlarda dengiz karamidan odamlar uchun oziq va jonivorlar uchun xo’rak sifatida foydalaniladi, undan qimmatli preparatlar olinadi. Dengiz karami azal-azaldan Xitoy va Yaponiyada keng qo’llanib keladi. Undan ikra, salat, konserva va hatto konfetlar tayyorlanadi. Sharq xalq tabobati bu suvo’tlarga hamisha alohida bir e'tibor bilan qarab kelgan. Xitoy imperatori XIII asrda odamlarga laminariyani parhez va kasalliklarning oldini oluvchi mahsulot sifatida iste'mol qilish majburiyatini yuklovchi farmon ham chiqargan.
Ayni paytda ko’pgina mamlakatlar aholisi laminariyani maxsus dengiz polizlarida o’stirishadi. Dengiz karamining shifobaxsh xususiyati qadim zamonlardan beri ma'lum. U oqsil, yog’ va ko’plab darmondorilarga boy. Yaponiyada undan sanoat miqyosida yod ishlab chiqariladi.
Lishayniklar ildizsiz, yaproqsiz va gulsiz o’simliklardir. Lishayniklarning ochiq kulrang, oqimtir va yorqin yashil rangdagi turlari uchraydi.
Lishayniklarning sayyoramizning barcha burchaklarida 16 000 mingga yaqin nomdagi turlari uchraydi. Ularni Quyosh nuri jizganak qilib kuydiradigan sahrolardan tortib, Antarktidaning tap-taqir qoyalarida ham uchratish mumkin. Ular tashlandiq yerlarda, toshlarda, oriq tuproqda, qulagan daraxtlarda, yog’och po’stlogida — barcha sharoitlarda hayotga moslashib ketaveradi. Lishayniklarga na jazirama, na sovuq, na namlik va na qurg’oqchil iqlim to’sqinlik qila olmaydi. Ular zararli chang, zavod mo’rilarining tutuni va boshqa shahar «ajoyibotlari» bor joyda uchramaydi, xolos.
Aslida har qanday lishaynik yagona organizmni tashkil etuvchi ikkita o’simlikdan tarkib topadi. Bunday o’simliklardan biri zamburug, ikkinchisi esa suvo’tdir. Lishaynikning asosiy qismi kulrang ipsimon zamburug’dan iborat. Uning tolalari o’rtasida suvo’tning yashil hujayralari joylashgan bo’ladi.
Suvo’t yashil o’simlik sifatida, kulrang zamburug’dan farqli o’laroq, o’ziga kerak bo’lgan ozuqani mustaqil ishlab chiqara oladi. Shuning uchun lishaynikning «zamburug’» qismi suvo’t hisobiga oziqlanadi, o’z navbatida suvo’t zamburug’ tevarak-atrofdan yutib olgan namlikdan foydalanadi. Shuningdek, zamburug’ noqulay ob-havo sharoitlarida suvo’tga boshpana ham beradi. Tirik organizmlar o’rtasidagi bir taraf ikkinchi bir tarafning kuchli tomonidan foydalanadigan bunday o’zaro munosabat simbioz deb ataladi. «Simbioz» yunoncha so’z bo’lib, «birgalikda yashash» degan ma'noni bildiradi.
Lishayniklar sekin o’sadi, ammo juda uzoq yashaydi. Olimlarga ma'lum ayrim lishayniklar koloniyasi (to’p-to’p bo’lib yashovchi o’simliklar) bundan, taxminan, ikki ming AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
yil muqaddam paydo bo’lgan ekan. Lishayniklarning ayrim turlari sporalar yordamida ko’payadi. Ammo ularning aksariyati shamol bir joydan boshqa joyga uchirib ketadigan katta o’simliklar bo’laklari, hayvonlar yoki ona poyasidan osongina sinib tushadigan maxsus o’simtalar yordamida tarqaladi.
Lishayniklar o’simliklar orasida birinchi bo’lib tap-taqir qoyalarni «o’zlashtira» boshlaydi. Shu yo’l bilan ular asta-sekin, ammo muqarrar ravishda tog’ jinslarining yuzaki qatlamini yemirib, tosh changiga aylantiradi. Ushbu chang boshqa qurib qolgan va chiriyotgan lishayniklar bilan birga tuproqda yupqa qatlam hosil qiladi. So’ngra unda asta-sekin boshqa o’simliklar ildiz otib, o’sa boshlaydi.
Qadimgi rivoyatlar va afsonalarda qirqquloqning guli ko’p tilga olinadi. Ularda aytilishicha, qirqquloq har yili bir marta, ya'ni 24 iyunga o’tar kechasi, cho’qintiruvchi Ioann tug’ilgan kun gullar emish. Qirqquloq gulini topib olgan kishi baxtli va boy-badavlat bo’lar emish. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, qirqquloq gullagan yerda dafina bo’lar emish. Haqiqatan ham qirqquloq gullaydimi? Ma'lum bo’lishicha, u faqat ertaklarda gullar ekan. Tabiatan qirqquloq gullamaydi, urug’ ham hosil k.ilmaydi, aksincha, tirik tug’uvchilar deb ataladigan turlarning yaproqlarida hosil bo’ladigan kurtaklar hamda o’qildizlarning bo’linishi natijasida va sporalar yordamida ko’payadi. Sporalar o’simlik va zamburug’larning ko’payish va tarqalishga xizmat qiladigan maxsus hujayralaridir. Nam yerga tushgan sporalar unib chiqadi va urug’langandan so’ng yangi o’simlikka aylanadi. Qirqquloq sporalar yordamida ko’payadigan o’simliklar orasida keng tarqalgandir. Uning 11 000 ga yaqin turi bor. Ular butun Yer shariga tarqalgan, ammo aksariyati namlikni xush ko’rgani uchun tropiklarning tog’li o’rmonlarida o’sadi.
o’simliklarda gulchang yoki urug’ va yoxud ikkalasini ham birgalikda hosil qiladi. Gulning asosiy qismi onaliklar va otaliklardir. Ko’pgina gullarda (hammasida emas) markazda joylashgan (bitta yoki bir nechta) onalik va uni har tomondan o’rab turgan otaliklar bo’ladi.
Onalikning quyi qismidagi yo’g’on joyda urugkurtak deb atalgan mayda tanachalar bo’ladi. Ularning har biri sharoit qulay bo’lgan vaziyatda urugga aylanishi mumkin. Urug’kurtakning eng muhim qismi mayda tuxumhujayradir. Tuxumhujayralar shu qadar maydaki, ularni faqat mikroskop yordamida ko’rish mumkin.
Har bir otalikning tubida gulchang to’la qopcha bor. Ko’payish davri kelganda, bu qopchalar ochilib, sariq rangdagi va mayda kukun holidagi gulchanglar atrofga tarqaladi.
Urug’ hosil bo’lishi uchun gulchanglar qaysidir yo’l bilan onalikka tushishi kerak. Gulchangning otalikdan onalikka ko’chish jarayoni, u qanday ro’y berishidan qat'i nazar, changlanish deb ataladi.
Bir qancha changlanish usullari bor. Bu usullarning eng oddiysi gulchangning o’z-o’zidan onalikka tushishidir. Bunday usul o’z-o’zidan changlanish deb ataladi. Ammo bu jarayenda ko’pincha shamol va hasharotlar ishtirok etadi.
Ko’pgina o’t-o’lanlar (nafaqat oddiy piyozli o’tlar, qolaversa, bug’doy va boshqa boshoqli ekinlar ham) shamol yordamida changlanadi. Bu jarayon juda oson kechadi. Shamol o’simlikni tebratishi natijasida otalikdan gulchanglarni to’kib, butun dala yoki o’tloqqa yoyadi. Uning bir qismi onalikda o’rnashib qoladi va tuxumhujayralar urug’lanishi oqibatida, urug’ paydo bo’ladi.
Gullar ko’pincha hasharotlar yordamida changlanadi. Odatda, bu hol yorqin rangi va o’tkir hidi bilan hasharotlarni o’ziga jalb etadigan gullarda sodir bo’ladi. Ular asal uchun nektar izlab, gullarga qo’nadi. Gulchang esa hasharotlar uchun ozuqa vazifasini ham o’taydi. O’sha payt gulchangning bir qismi ularning tanasi va qanotlariga ilashib qoladi, so’ngra asalari, kapalak yoki tukli ari keyingi gulga uchib o’tganida, o’sha changni o’zlari bilmagan holda uning onaligiga qoqib tushiradi.
paydo bo’lmay turib, gullaganini ko’rasiz. Bu tasodif emas.
Barcha daraxtlarning o’z yordamchilari bor. Gullar va boshqa ko’pgina mayda o’simliklarga changlanishda kapalak va arilar yordam beradi. Ammo katta daraxtlarga bunday mitti yordamchilarning yordami kifoya qilmaydi. Yana bir tomoni, ular Yerga yaqin uchishadi. Shu sababdan gul pashshalari ham daraxtlarni changlay olmaydi. Daraxtlarga gulchangni tashishda kim yordam beradi? Ma'lum bo’lishicha, bunday beminnat yordamchi shamol ekan. Ammo shamolni yorqin gullar bilan ham, o’tkir va xush bo’ylar bilan ham jalb etib bo’lmaydi. Shuning uchun unga moslashish lozim. Olcha, o’rik, shaftoli daraxtlari shamolga moslashib olishgan. Shuning uchun ham ular yaproq yozmay turib gullashadi. Shoxlar orasidan bemalol o’ta oladigan shamol gulchangni uchirib, choratrofga yoyadi. AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
Shunday qilib, shamol hasharotlar o’rniga daraxtlarni changlaydi, yo’qsa, urug’lar paydo bo’lmas edi.
Ammo shamol gulchangni butunlay boshqa tomonga ham uchirib ketishi mumkin. Daraxtlar buning ham yo’lini topishgan ekan. Ularda ko’p miqdorda gulchang paydo bo’lgani uchun ham, uning bir qismi nobud bo’lgani bilan hech narsa o’zgarmaydi. Ayrim daraxtlarning guli ko’zga ko’rinmagani bilan esa shamolning ishi yo’q.
hammasining guli yorqin, chiroyli va xush bo’y buladi. Bu daraxt va butalar yaproq yozgandan so’ng gullaydi. Ular qanday changlanadi? Albatta, bu ishda hasharotlar yordamga keladi. Tabiat qo’ynida yashil yaproqlar orasidan oppoq gullarni ajratib olishdan osoni yo’q. Chetanning ham, bodrezakning ham uchqatning ham, olmaning ham, yosumanning ham gullari oq tusda bo’ladi. Na'matakning oq va qizil gullari bor, ammo ular yorqin va ko’zga yaqqol tashlanib turadi. Bundan tashqari, ko’pgina butalarning guli xushbo’y hamdir. Bunday gullarni aerodromdagi qo’nish belgilari bilan taqqoslash mumkin. Ular go’yo: «Men mana bu yerdaman! Uchib kela qol!» deb turganday. Albatta, kapalaklar yoki arilar uning yonidan uchib o’tib keta olmaydi. Ular tukkan meva ham ko’zga tashlanib turadi. Ular qizil, qora, sariq tusda yorqin bo’ladi va g’uj-g’uj bo’lib osilib turadi. Endi ularning ko’payishiga qushlar yordam beradi. Ular mevalarni cho’qiydi va tumshug’iga qisib, o’zlari uchib yetolgan joylargacha olib ketadi.
Nim yashil tusdagi o’rmon yong’og’i bargagini hamma ko’rgan bo’lsa kerak. Ammo bahor kunlarida qarag’ay, terak va tol kabi daraxtlarda ham bargaklar osilib qoladi.
Odatda, gulning ko’payishga xizmat qiladigan otalik va onalik kabi organlari bo’ladi. Bargakda esa butunlay boshqa manzarani ko’ramiz. Bir gulda otalik, boshqa gulda esa onalik bo’ladi. Ikkalasi bitta gulda bo’lishi mumkin emas. Shamol yoki hasharotlar gulchangni guldan-gulga tashiydi. Gulchang to’kilib bo’lgach, bargak so’lib qoladi va yerga tushadi. Bargaklar poyada bir to’p gul ko’rinishida bo’ladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling