Aql uz Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
mojiza kitob 1 bolalar uchun unversal (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUPROQ QANDAY PAYDO BO’LGAN
- TOG’LAR QANDAY PAYDO BO’LGAN
- ENG UZUN TOG’ TIZMASI QAYSI
- NEGA TOSHLAR HAR XIL BO’LADI
- STALAKTITLAR VA STALAGMITLAR NIMA
- ENG CHUQUR VA ENG KATTA G’ORLAR QAYERDA
- KATTA KANON QANDAY HOSIL BO’LGAN
- KANON BILAN DARA O’RTASIDA QANDAY FARQ BOR
- QUM NIMA
OPERETTA NIMA? Hafif musiqali teatr shakli operetta deb ataladi. Bu - kuyga solingan sentimental drama. Operettadagi voqyealar o‘rni - bu, odatda chiroyli dekoratsiyalar va liboslar bilan yaratilgan haqiqiyga yaqin dunyo yoki xushmanzara maskan. Bosh qahramonlardan aksariyati - shahzodalar va shoh qizlari, ofitser kiyimidagi erkaklar va chiroyli liboslarga burkangan oliyalar. Operetta mazmuniga to‘xtaladigan bo‘lsak, - bu deyarli har doim qandaydir sentimental ishqiy mojaro. Ezgu odamlar tantana qiladilar, yovuzlar - jazolarini topadilar, ma'shuq va ma'shuqalar pirovardida murod-maqsadlariga yetishadilar. Operetta XIX asr oxirlariga yaqin olmoncha so‘zlashuvchi mamlakatlarda kurtak yozdi. Frans fon Zuppo - haqiqatan musiqali teatrning bu shaklini yaratgan inson sanaladi. U komediyaga emas, romantika va his-tuyg‘uga alohida e'tibor beradi. U musiqali partiturada valsga muhim mavqye ajratgan ilk kompozitorlardan biri edi va shundan so‘ng aksariyat operettalar-ga katta valsli sahnalarni kiritadigan bo‘lishdir. Iogann Shtraus bir qancha eng mashhur operettalarni bastaladi va janrning asosiy xossalariga hayot baxsh etdi. Uning «Ko‘rshapalak» operettasi - biloshak barcha zamonlarda yaratilgan operettalarning eng mashhurlaridan biri. U hali ham dunyoning ko‘pgina sahnalarida qaytadan yaratiladi. Barcha zamonlarda bastalangan eng mashhur operettalardan ikkinchisi, aftidan, Frans Legarning «Xushchaqchaq beva»sidir. XIX asr oxirlarida operettalar Qo‘shma Shtatlarda ommaviylashdi, tez orada ancha-muncha tanilgan operettalar bastalagan bir talay amerikalik bastakorlar paydo bo‘lishdi.
Agar Yer yuzasi tuproq bilan qoplanmaganida, inson unda yashay olmas edi. Tuproq bo’lmaganida, o’simliklar ham bo’lmas, inson va jonivorlar esa o’ziga ovqat topa olmagan bo’lur edi.
Tuproq o’simliklar o’sadigan kukunsimon qoplamdir. Uning tarkibiga mayda toshlar, o’simliklar va jonivorlar organizmlarining qoldiqlari kiradi. Bir vaqtlar mayda toshlar katta-katta qoyalar, qoldiqlar esa o’simlik va tirik mavjudotlar bo’lgan.
Eng qattiq qoyalar ham vaqt o’tishi bilan yemiriladi. Qoya jinslarining yemirilish jarayoni doimiy sur'atda davom etadi. Muzliklar tog va qoyalarni chilparchin etar ekan, o’zi bilan vodiylarga uyum-uyum tog’ jinslarini olib enadi. Suv kimyoviy elementlar — unsurlar bilan birgalikda ayrim tog’ jinslarini eritadi va yuvadi. Kunning isib-sovishi ham tog’larni yemiradi. Isib-sovish oqibatida qoyalar yuzasida darzlar paydo bo’ladi. Yog’ingarchilik paytida u yerga suv tushadi, suv muzlagach, kengayadi va tog’larni qulatadi. O’simlik ildizlari ham qoyalarni yemiradi. Tog’ jinslarining yoriqlariga tushib qolgan daraxt urug’lari ko’karib chiqadi, ildizlari darzlar ichiga chuqurroq botadi va tog’ jinslarini nurata boshlaydi. Nurashni qumlarni uchirib ketadigan shamol nihoyasiga yetkazadi. Ammo bu tuproq hosil bo’lishining boshlanishi, xolos. Haqiqiy tuproq hosil bo’lishi uchun qumga yoki tog’ jinslarining mayda zarralariga «gumus» qo’shilishi kerak. Gumus — o’simliklar va jonivorlar qoldig’idan olinadigan organik massa. Bakteriyalar barcha qoldiqlarni tuproqqa aylantiradi. Bakteriyalar ularni chiritib, tuproq unumdorligini oshiradi. Chuvalchang va boshqa hasharotlar ham yerni boyitadi. Yerniyag eng yuqorigi — haydaladigan qatlami unumdordir. Unda gumus ko’p. Uning ostidagi qatlam, asosan, tog’ jinslari qoldiqlaridan tarkib topgan. Undan ham quyida ildizlarga to’shama jinslar bor.
Tog’larning ulkan salobatiga boqib, ular abadiy tursa kerak, deb o’ylab qolasan, kishi. Ammo ularni tadqiq qiladigan olimlar, geologlar, tog’lar ham o’zgarib turishini, abadiy emasligini isbot qilib berishi mumkin. Yer yuzasida ro’y bergan ma'lum bir o’zgarishlar nurab, evrilib boruvchi tog’larni yaratdi. Suvning muzlashi tog’ yonbag’irlarini nuratadi, yomg’ir va suv oqimlari qoyalardagi tuproqni yuvib ketadi. Vaqt o’tishi bilan eng baland cho’qqilar ham tepalik va tekisliklarga aylanib qoladi. Geologlar tog’larni paydo bo’lishiga qarab, turt turga bo’lishadi. Shu bilan birgalikda, tog’lar bundan bir necha million yillar avval Yer yuzasida ro’y bergan keskin o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan. «Burma» tog’lar kuchli bosim ta'sirida qisilib, ulkan burmalar hosil qilgan tog’ jinsi qatlamlaridan iborat. Ko’p joylarda ravoq yoki botiq linzalarga o’xshab, egilib ketgan tog’ jinsi qatlamlarini ko’rish mumkin. Bu Yer yuzasi bosimi va siquvining natijasidir. Bunga Appalachi va Alp tog’lari misol bo’la oladi. Gumbazsimon tog’larda tog’ jinslari yuqoriga gumbazlar shaklida ko’tarilgan bo’ladi. Katta bosim ostida Yer yuzasiga otilib chiqqan suyuq lava bunday tog’ jinsi qatlamlarini hosil qilgan. Bunga AQShning Janubiy Dakota shtatidagi tog’lar misol bo’la oladi. AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
O’rkach-o’rkach tog’lar Yer qobig’ining sinib o’pirilishi natijasida hosil bo’lgan. Yer qobig’ining keng ko’lamli maydonlari, butun boshli tog’ tizmalari qisqa vaqt mobaynida ko’tarilib tushib turgan. Bunga bo’yi 740 km, eni 150 km bo’lgan Syerra Nevada tog’ tizmasini misol qilib keltirish mumkin. U AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan. Vulqon tog’lari Yer yuzasiga otilib chiqqan lava, vulqon kuli va toshqollardan tarkib topadi. Odatda, vulqonlar tepasida krateri bor konus shaklida bo’ladi. AQShdagi Reyner, Shasta va Xud, Yaponiyadagi Fudziyama, Italiyadagi Vezuviy vulqonlari mashhur. Ko’pgina tog’ tizmalari qayd etilgan usullarning birikishi natijasida hosil bo’lgan. AQShning Rokiz tog’larida qisilish, sinish va hatto lava eroziyasi natijasida hosil bo’lgan tog’ tarmoqlarini kuzatish mumkin.
Avvalo, tog’larning o’zi nima? Tog’lar — quruqlikning tekisliklar ustidan baland ko’tarilgan qismidir. Tog’larning o’lchami ham, yuzasi ham o’zaro farq qiladi. Ayrim ulkan tog’larning balandligi bir necha kilometrga yetadi. Boshqalari esa past va tekisdir. Ularning balandligi o’zini qurshab turgan tekisliklardan hisoblaganda, 300 metrga yetishi mumkin. Ayrim tog’lar alohida qad rostlab turuvchi cho’qqilardan iborat. Ammo ular ko’pincha zanjirday bir-biriga ulanib ketadi. Ayrim tog’ tizmalarining yuzlab, hatto, minglab cho’qqilari bor.
Tog’lar faqat quruqlikda emas, dengizlarda ham paydo bo’lishi mumkin. Aslida, Yerdagi eng katta tog’lar okeanlar tubida joylashgan. Agar tog’larning balandligini o’lchashda ularning suv usti va suv ostidagi qismlari ham hisobga olinsa, eng baland tog’ Gavay orollaridagi Mauna Kea bo’lib chiqadi. Uning dengiz sathidan balandligi 4 205 metr, suv ostiga esa yana 4 877 metri yashiringan. Umumiy balandlik esa 9 100 metrdan oshadi va u dunyodagi eng baland tog’dir. Yer ustidagi eng baland tog’ Everestdir. U Xitoy va Nepal o’rtasida joylashgan. Uning balandligi — 8 848 metr. Ikkinchi o’rinda K2 yoki Kashmirdagi Kodvin Austen cho’qqisi turadi. Uning balandligi — 8 611 metr. Shimoliy Amerikadagi eng baland tog’ Makkinlidir (6 194 metr). Yevropadagi eng baland tog’ Elbrusdir (5 633 metr). Afrikadagi eng baland tog’ — Kilimanjaro (5 963 metr). Janubiy Amerikadagi eng baland tog’ Akonkagua (6 969 metr) Argentina va Chili chegarasida joylashgan. Avstraliyadagi eng baland tog’ esa — Kosiusko (2 226 metr).
Shimoliy Amerikaning g’arbiy sohillari Bo’ylab cho’zilib ketgan Qoyali tog’lar eng uzun tog’ tizmasi hisoblanadi. Uning Janubiy Amerikadagi davomi And deb ataladi. And tog’lari Janubiy Amerikaning garbiy yonbag’irlari buylab 7 000 km.ga, ya'ni qit'aning boshidan-oxirigacha cho’zilib ketgan. Ispanlar uning shimoliy qismini bejiz Kordilyeri (aynan tarjimasi — «arqon») deb atashmagan. Ushbu tog’ tizimida bir nechta 6 000 metrdan oshiq cho’qqilar bor. Chili bilan Argentina o’rtasidagi chegarada joylashgan Akonkagua tog’ining balandligi 6 969 metrga yetadi. Akonkagua qit'aning eng baland nuqtasi hisoblanadi. Andning ko’pgina cho’qqilari faol vulqonlardir. And tog’lari o’zining mis, oltin, kumush siyagari boy tabiiy qazilmalari bilan ham mashhur. Qadim zamonlarda hindular tog’dan qimmat baho metallarni qazib olishgan. Dunyoning ko’pgina muzeylarida ulardan tayyorlangan bezaklar, taqinchoqlar saqlanadi.
Ko’pchilik o’g’il bolalar turli shakl va rangdagi toshlarni yig’ishadi. Har xil rang va kattalikda bo’lgan hamda qimmatbaho toshlarni eslatadigan silliq, g’adir-budur toshlar hammaning ham havasini keltiradi.
Ular bitta yoki bir nechta mineraldan tarkib topgani uchun ham shunday ko’rinishga ega. Aynan o’sha minerallar turli toshlarga har xil ranglar beradi, ayrimlarini esa qimmatbaho toshlarday yarqiratadi.
Toshlar turli yo’llar bilan paydo bo’lgan. Ayrim «cho’kindi» toshlar cho’kindi jinslardan tarkib topgan. Buning ma'nosi shuki, ancha vaqt burun suv, shamol, muz, o’simliklar va jonivorlar faoliyati natijasida cho’kindilar hosil bo’lgan. Cho’kindilar qatlam-qatlam bo’lib borgan, shuning uchun ham qoyalar va toshlar «qatlamli» deb ataladi. Qoyalar tarkib topgan mayda zarralar yumaloq shaklga ega, chunki ularning utkir qirralari suvda oqishi va shamol ta'sirida dumaloq shaklga ega bo’lib qolgan. Qumtosh va ohaktosh qatlamli tog’ jinslari namunasidir.
Boshqa qoya jinslari yer ostidagi suyuq moddalarning yuzaga chiqib qotishidan hosil bo’lgan. Ular Yer yuzasiga chiqqanida boshqa tog’ jinslarining yoriqlariga tushib qolgan. Bunday tog’ jinslari «pirogen jinslar» yoki vulqonlardan hosil bo’lgan jinslar deb ataladi.
Qoyalarning uchinchi turi dastlab boshqa shakl va tuzilmaga (vulqonli yoki qatlamli) ega bo’lgan, ammo temperatura yoki kuchli bosim ta'sirida o’zgarib ketgan. Ular «metamorf jinslar» deb ataladi. Ularga marmar va kvarsitlar kiradi. AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
minerallari ham uchraydi. Agar bunday jinslar tarkibidagi minerallar metall ishlab chiqarish uchun yetarli bo’lsa, ular «ruda» deb ataladi.
Garchi ikkita bir xil g’orni topish mumkin bo’lmasa-da, dunyodagi eng katta g’orlar bir xil yo’l bilan paydo bo’ladi. Buning uchun ishqorli suvlar ohaktosh (yoki shunga o’xshash tog’ jinslari)ni o’yib, teshik hosil qiladi. Shu tariqa g’orlar paydo bo’ladi. Ular tuzli g’orlar ham deb ataladi.
Ayrim katta g’orlar bundan 60 000 000 yil muqaddam vujudga kela boshlagan. Yomg’ir quyishi, daryolar toshishi natijasida metin tog’lar ham darz ketib, nuray boshlagan.
G’or hosil bo’ladigan tog’ jinsi ohaktoshdir. Bu yumshoq tog’ jinsini kuchsiz ishqor ham eritib yuborishi mumkin. Ohaktoshni yemiradigan ishqor (kislota) yomg’ir bilan keladi. Yog’ayotgan yomg’ir tomchilari havodan va tuproqdan karbo-nat angidrid gazini yuvib, yerga tushiradi. Karbonat angidrid gazi suvni karbonat kislotasiga aylantiradi.
Shuning uchun ohaktosh ustiga million yillar davomida ishqorli yemgirlar yoqqan. Ular doimiy ravishda tog’larga yog’ishi oqibatida yoriqlar paydo bo’lgan. Yomg’irlar yog’avergan. Suv oqimi yoriqlarga tushaverib, ularni kengaytirgan. Bu oqim hatto metindan ham yangi yoriqlar topib kirib ketavergan. Yoriqlar tunnel darajasigacha kengaygan. Tunnellar kesishishi natijasida o’yiqlar hosil bo’lgan. Million yillar o’tib, g’orlar vujudga kelgan. Suv esa ularni tobora kengaytirib borgan.
G’orlar faqat tog’larda bo’lmaydi. Bundan tashqari, dengiz g’orlari ham bor. Ular to’lqinlarning sohil bo’ylaridagi tosh qoyalarga kelib urilishi natijasida hosil bo’lgan. To’lqinlar urilaverib, qoyalarni yemirib tashlagan. Qoyalarning yildan-yil nurab borishiga mayda tosh va qumlar ham ta'sir ko’rsatgan.
Bir qancha g’orlar vulqon otilishi va tog’ jinslarining siljishi yoki qaynoq lavaning oqib chiqishi natijasida ham hosil bo’lgan. Amerika Qo’shma Shtatlaridagi g’orlarning aksariyati ohaktosh qatlamlarining nurashi, ayniqsa, unga tarkibida uglerod ikki oksidi bo’lgan suv ta'siri natijasida vujudga kelgan. Indiana, Kentukki va Tennessi shtatlarida qalinligi o’rtacha 53 metr bo’lgan ohaktosh qatlamida ko’plab g’orlar hosil bo’lgan.
Ayrim g’orlarning shiftida teshiklar bor. Ular yig’ilib qolgan suvning g’orga teshib o’tishi natijasida paydo bo’lgan. G’orlarda ustma-ust galereya qatorlarini uchratish mumkin. Ayrim g’orlarda haliyam suv oqib yotadi, boshqalarida, g’or hosil bo’lgach, suv qurib qolgan.
Ko’pchilik hollarda g’or shiftidan tomayotgan har bir tomchi suv tarkibida ohaktosh yoki boshqa minerallar zarrachalari bo’ladi. Suv bug’lab ketganida, bu minerallar qoladi. Natijada asta-sekin, shiftda osilib turuvchi, sumalaksimon stalaktitlar hosil bo’ladi. Stalaktitlardan oqib tushayotgan suv yerda stalagmitlarni hosil qiladi.
Stalaktitlar g’orlarda hosil bo’ladi. Ular qanday hosil bo’lishini bilib olish uchun g’orlardan birini — Nyu-Meksiko shtatidagi Karlsbad g’orini tadqiq qilib ko’raylik. Karlsbaddagi tog’ jinsi ohaktoshdir. Ohaktosh kuchsiz ishqorda ham erishi mumkin bo’lgan yumshoq tog’ jinsidir. Ohaktoshni eritadigan ishqor yomg’ir suvi tarkibida uchraydi. Yomg’ir tomchilari yerga o’zi bilan birga havodan uglerod ikki oksidini olib tushadi. Uglerod ikki oksidi yomg’ir suvini karbonat kislotasiga aylantiradi.
Bundan million yillar chamasi burun yomg’irning bir tomchisi yerga tommasdan shiftda ushlanib qoldi. Suv bug’lanib ketgach, ohakning mayda halqasi shiftda kristallga aylandi. Undan keyin ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va hokozolar tomchilar ham o’sha yerda ohakni qoldiraverdi. Vaqt o’tishi bilan ohak halqalari mayda bo’rtik — «sumalak» hosil qildi. U cho’zilib boraverdi...
Boshqa bir suv tomchisi esa g’or yeriga tomdi. Bug’lanib ketgach, uning o’rnida ham ohak qoldi. Vaqt o’tishi bilan o’sha joyga minglab tomchilar toma bordi. Ohak zarralari yo’g’on tosh shamga o’xshash bir narsa hosil qildi. «Sham» o’sib boraverdi...
G’or shiftidagi tosh sumalak stalaktit, yerdagi «sham» esa stalagmit deb ataladi. Stalaktit va stalagmitlarning turlicha kattalikda bo’linadi va stalagmitlarning turlicha kattalikda bo’lishi g’ordagi namlik darajasi, g’or ustidagi ohaktosh qatlamining temperaturasi va qalinligiga bog’liq. Ayrim stalaktitlar yiliga 2 sm cho’zilib boradi. Boshqa stalaktitlarga esa buning uchun yuzlab yillar kerak.
Ko’pincha o’sayotgan stalagmitlar cho’zilayotgan stalaktitlar bilan qo’shilib, ustun hosil qiladi. Karlsbaddagi eng katta ustunning balandligi 30 metrdir. Ayrim g’orlarning shiftlari shokilaga o’xshab ko’rinadigan qisqa stalaktitlar bilan qoplangan. Boshqa g’orlar devoridagi tosh ignalar esa yarqirab ko’rinadi. Ayrim stalaktitlar past va balandga o’sishi bilan bir qatorda yonga qarab ham o’sadi.
G’orga suv tushmay qolgach, stalaktitlar ham o’sishdan to’xtaydi. Bunday g’orlar esa o’lik g’orlar deb ataladi.
qazib olinishi natijasida g’orlar, tosh konlari va mag’oralar qoladi. Muvaqqat muz g’orlari AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
ham uchraydi. Eng uzun g’or AQShning Kentukki shtatidagi Flint-Mamontova g’oridir. Uning barcha yo’laklari, zallari, koridorlari uzunligi 345 km. dir. Eng chuqur gor esa Fransiyadagi Jan-Bernar sistemasidir. Odam uning ichiga 1,5 km tushishi mumkin.
Ammo olimlarni hali oldinda yangi kashfiyotlar kutib turibdi. Har bir gorda g’orkezarlar — speleologlar bilmaydigan yo’laklar, tirqishlar va koridorlar bor. Hammasini o’rganib bo’ldik, deb turilganda, toshlar uyumi ortidan yana bir tirqish chiqib qoladi. Uning ortida esa gorning jami go’zalliklarini o’zida jamul-jam etgan bir necha metrlik korydor bo’lishi ham hech gap emas.
Yer osti g’orlari va tog’lardagi chuqurliklar grot deb ataladi. Ular qanday paydo bo’ladi? Bu savolning ikkita javobi bor: yo suv sizib o’tib, tog’ jinslarini yemirishi, yo asov dengiz to’lqinlarining doimiy ravishda sohil bo’yidagi qoyalarga urilishi oqibatida vujudga keladi. Ko’pincha grotlar ohaktoshli qoyalarda hosil bo’ladi, chunki ohaktosh dengiz suvi tarkibidagi ishqorlar ta'sirida tezda yemirilib ketadi. Sohil bo’yi grotlari to’lqinlarning yillar davomida qoyalarga urilishi natijasida hosil bo’ladigan darzlar va chuqurliklardan vujudga keladi. Sher, ayiq, bo’ri kabi ayrim jonivorlar grotlarda yashaydi. Grotlar ko’rshapalaklar va boshqa hasharotlarga ham boshpana bo’lib xizmat qiladi. Dengiz sohillaridagi grotlarda qisqichbaqasimon jonivorlar, baliqlar yashashini gapirmasa ham bo’ladi. Qoyalardagi gorlar — grotlarni tadqiq qiladigan olimlar speleologlar — gorshunoslar, gorlar haqidagi fan esa speleologiya — gorshunoslik deb ataladi. G’orshunoslar ishi xavfli bo’lishi bilan birga qiziqarli hamdir. Fransiyaning janubida Padirak, Pyer Sen-Marten, Aven-Arman kabi mashhur g’or — tunnellar bor.
ko’zni qamashtiradigan darajada rango-rang ibodatxona, minora va qal'alardan iborat sehrli tosh shaharga o’xshaydi.
Eng qiziq hodisalardan biri kanonlarni daryolar hosil qilganidir. Kolorado daryosining suvlari bu ulkan darani ming yillar davomida bunyod etgan. Daryo suvining dahshatli kuchini tasavvur qilish uchun u uzoq masofada yuvib ketgan qattiq tog’ jinslarini bir ko’z oldingizga keltiring. Kolorado daryosi ayni paytda ham daraning tubiga yuvib kirib bormoqda. Ayrim joylarda Katta Kanon darasining chuqurligi 1 800 metr, kengligi esa 8—25 km.ni tashkil etadi. Daryo yassi tog’likka, Kanon hosil qilar ekan, teran kirishi natijasida Yerning tosh devorlardagi yuz millionlab yillik tarixini ochib boradi.
Daryo bilan yonma-yon dara tubida ko’hna kristall jinslar ochilib qolgan. Bu jinslar o’z-o’zidan, suv va shamol ta'sirida yemirilib ketgan ko’hna tog’ tizimi qoldiqlaridir. Bu tog’ tizimining paydo bo’lgan va yemirilib ketgani Katta Kanon hosil bo’lishi natijasida aniqlandi.
Tog’ tizmasining ko’zlardan pana bu poydevorida kvarsit, qumtosh va ohaktosh qatlami bor. Ular davrlar o’zgarishi bilan shakllana borgan, butun boshli tog’ tizmalari paydo bo’lib, yemirilib ketgan kezlar okean to’lqinlari goh sharqdan, goh shimoldan bu yerlarga yopirilib kelavergan. Bir zamonlar bu qoyalarga dengiz to’lqinlari urilib yotganini o’sha yerdan topilayotgan tosh qotgan narsalar ham isbotlaydi. Ular suv o’tlari, dengiz chig’anoqlari va baliqlardir.
Katta Kanonni kashf etgan ilk odam ispan sayyohi Garsiya Lopes de Kardenasdir. U Kanonni 1540 yil kashf etdi. Ayni paytda AQSh hukumati Kanonning eng chiroyli va qiziqarli qismini ajratib olib, «Katta Kanon» nomli milliy bog’ barpo etdi. Uning maydoni 1620 kv. km.dir. Har yili minglab sayyohlar bu yerning go’zalliklarini tomosha qilish uchun keladi. Hatto, dara tubida oqayotgan Kolorado daryosi buylab xachirga minib, sayohat qilish imkoniyati ham bor.
o’rtasidagi tor, chuqur va ikki chekkasi qoyalardan iborat joyni anglatadi. Odatda, ularning tubida daryo o’zani bo’ladi. Birdan-bir farqi shuki, ayni paytda daradan daryo oqib o’tmayotgan bo’ladi.
«Kanon» ispancha so’zdir. U Arizonadagi (AQSh) Kolorado daresidagi kanon haqida so’z ketganda, tez-tez tilga olinadi. Katta Kanon (bu — uning aniq nomi)ni 1540 yili ispan ekspeditsiyasi kashf etgan. Uning chuqurligi 1 800 metrgacha yetadi. Kanonning kengligi ayrim joylarda 25 km. gacha boradi. U tabiat ijod etgan g’aroyib obidadir va milliy bog’ sifatida qo’riqlanadi. Fransiyada ham chog’roq, ammo ajoyib manzarali daralar bor. Masalan, Lup, Tarn, Verdon daralari Yer qobig’ining siljishi natijasida hosil bo’lgan. Ayrim joylar-da ularning chuqurligi 700 m., kengligi esa 1 500 metrga yetadi.
Shamol, yomg’ir va sovuq ta'sirida tog’lar nurab, mayda toshlar va zarralarga aylana boradi; diametri 0,05 mm.dan 2,5 mm.gacha bo’lgan bunday zarralar «qum» deb ataladi. AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
ham qumda har xil minerallarni uchratish mumkin. Qumda kvars ko’proq, u pishiq bo’lgani uchun ham ko’p uchraydi. Ba'zan qum tarkibining 99% kvarsdan iborat bo’ladi. Shuningdek, qumda dala shpati, kaltsitlar, slyuda (shaffof mineral), temir rudasi, oz miqdorda granat, turmalin, topaz (qimmatbaho yaltiroq tosh) uchraydi.
Qum tog’ jinslari yemirilayotgan joyda hosil bo’ladi. Qum hosil bo’ladigan yana bir joy dengiz qirg’og’idir. To’lqinlarning qoyalarga, shamol olib keladigan qumga, tog’ jinslariga hamda dengiz suvining bir qancha minerallarga ta'siri — bular barchasi qum hosil bo’lishiga yordam beradi.
Shamol sohillardagi qumni quruqlik ichkarisiga olib ketadi. Ba'zida ko’chib yuradigan qum uyumlari ichida o’rmon ham yo’q bo’lib ketishi mumkin.
Cho’llardagi qum qayerdan paydo bo’lgan? Uni bu yerga, asosan, shamol olib kelgan. Ayrim hollarda sahrodagi qum tog’ massivlarining yemirilishi natijasida paydo bo’lgan. Ba'zi sahrolar o’rnida esa bir vaqtlar dengiz bo’lgan va u ming yillar burun chekinib, o’z o’rnida qum uyumlarini qoldirgan.
Qum foydali ashyodir. U ko’pincha qurilishda ishlatiladi. Suv va sement bilan birga qorilgan qumdan quyuq, yopishqoq loy hosil bo’ladi. U qotib, «beton»ga aylanadi. Qumdan, shuningdek, shisha, qum qog’oz tayyorlashda, suvni filtrlab tozalashda foydalaniladi.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling