Aql uz Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana28.04.2020
Hajmi0.84 Mb.
#101849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mojiza kitob 1 bolalar uchun unversal (2)


SUG’ORISH NIMA? 

 


 

Bitta gulga suv quyish uchun ba'zan birgina gulchelak ham kifoya qiladi. Ammo katta 

maydonlarni  sug’orish  mushkul  yumush.  Buning  uchun  dastlab  ariq  va  egatlar  qaziladi. 

Tuproqni bunday namlash usuli sug’orish (irrigatsiya) deb ataladi. Suv cho’llarni bo’stonga 

aylantirish qudratiga ega. Buni vohalarda yashaydiganlar va Mirzacho’l, Qarshi cho’li kabi 

taqir yerlarni obod qilgan kishilar yaxshi bilishadi. Yerni sugorish degani uni ekinlar hayoti 

uchun  zarur  bo’lgan  suv  bilan  to’ydirish  demakdir.  Ko’pgina  sug’orish  usullari  bor.  Suvni 

daryodan  kanal  Qazish  yoki  yotqizilgan  quvurlar  orqali  dalalarga  olib  chiqish  mumkin.  Yo 

bo’lmasa, quduq Qazib, suvni nasos yordamida dalaga chiqarish ham mumkin. Nihoyat, suv 

suv omboridan akveduk — yerdan ko’tarilgan maxsus ariqlar orqali sug’oriladigan yerlarga 

olib boriladi. 

 

OSMOS NIMA? 

 

 

Suv qanday qilib ildiz orqali o’simlik tanasiga yetib keladi? Qanday qilib hazm bo’lgan 



ovqat  ichakdan  qon  tomirlariga  kelib  tushadi?  Vaholonki,  na  o’simliklar  ildizida  va  na 

hayvonlar ichagida birorta ham teshik yo’q. Bunday jarayon «osmos» deb ataladi. 

 

Bir  idishda  ikki  xil  gaz  bo’lsa,  tezda  aralashib  ketadi.  Suyuqliklar  ham  shunday. 



Masalan, bir tomchi siyoh bir litr suvga tomsa, suvning rangi bir oz o’zgaradi. 

 

Osmos chog’ida birikish jarayoni membranalar yoki o’simliklar po’stlog’ining yupqa 



devorchalari  yoki  ichak  devori  orqali  ro’y  beradi.  Membranalar  birikish  jarayonini 

sustlashtiradi,  ammo  to’xtatib  qo’ymaydi.  Osmos  chog’ida  tirik  organizmlarning 

membranalari ayrim moddalarni o’tkazishi bilan bir qatorda boshqalarini ushlab qoladi. Bu 

qisman  moddalarning  tuzilishiga  bog’liq.  Olimlarning  fikricha,  moddaning  erigan  zarralari 

membrananing molekulalari o’rtasidan o’tadi. 

 

Eritma zarralari membranaga tekkanida, uni bosadi va «osmos bosimi» hosil bo’ladi. 



Erigan moddaning zarralari ko’p bo’lgan tomonda osmos bosimi yuqoriroq bo’ladi va harakat 

bosim  kuchli  tomondan  kuchsiz  tomonga  yo’naladi.  Ammo  harakat  har  ikkala  yo’nalishda 

ham sodir bo’ladi, chunki membranalar moddalarni har ikkala tomonga o’tkazadi. Masalan, 

tanamizdagi  qoya  tomir  membranalari  moddalarni  har  ikkala  tomonga  ham  o’tkazadi. 

Shunday  qilib,  hazm  bo’lgan  ovqat  qonga  tushadi,  uglerod  ikki  oksdi  esa  qondan  o’pkalar 

orqali chiqib ketadi. 

                                         

O’SIMLIKLARGA SHUDRING NIMA UCHUN KERAK? 

 


AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

 

Ko’pincha daraxtlar, o’t-o’lanlar va boshqa o’simliklar tong chog’lari shudring bilan 



qoplangan bo’ladi. Ularga shudring ham tushishi mumkin, ammo o’simliklarning o’zi ham suv 

ajratib chiqaradi yoki nafas oladi. 

 

Shunday  qilib,  o’t  ustidagi  tomchilar  yo  shudring,  yo  suvning  o’simlik  tanasidan 



bug’lanishi (transpiratsiya)dir. Shudring havodagi suv bug’ining kondensatsiyasi — sovishi 

natijasida  vujudga  keladi.  U  kechasi  sovigan  tuproq  va  undagi  narsalarga  tushadi. 

O’simliklargina  emas,  yo’ldagi  toshlar,  o’rgimchak  to’ri  va  boshqa  narsalar  ham  shudring 

tomchilari  bilan  qoplanadi.  Daraxtlar  va  o’t-o’lanlar,  gullar  iliq  kechalari  o’zini  qizib 

ketishdan  saqlash  uchun  suv  ajratib  chiqaradi.  Ushbu  tomchilar  faqat  o’simliklarda  paydo 

bo’ladi va ularni shudring bilan aralashtirish kerak emas. 

 

NIMA UCHUN O’SIMLIKLARNING ILDIZI BOR? 

 

 



O’simliklarga  ildiz,  asosan,  ikki  narsa  uchun  kerak.  Birinchidan,  ular  tuproqdagi 

tayanch vazifasini o’taydi, ikkinchidan, tuproqdan suv va mineral tuzlarni yutadi. 

 

Aksariyat daraxtlarning ildizi tuproqda o’sadi. Ular o’simlikka o’sishida yordam beradi. 



Ildizlar cho’zilib, tarmoqlanib, tuproqqa kirib boraveradi va undan mineral moddalarni so’rib 

oladi. 


 

Yosh ildizdan o’sib chiqadigan minglab tukchalar tuproqdagi moddalarni so’rib oladi. 

Shuning uchun ham, maysa yoki nihol daraxtdan sug’urib olinganda, ildiz tukchalari o’zi bilan 

birga tuproq ham olib chiqadi. 

 

Ayrim o’simliklarning o’q ildizi bo’ladi. O’q ildiz boshqa tarmoqlanib ketgan ildizlarga 



nisbatan katta bo’ladi. Boshqa o’simliklarning esa bitta emas, bir nechta bir xil o’lchamdagi 

o’q ildizi bo’ladi. Bunday ildizlar bog’lamsimon tizimni tashkil etadi. 

Odatda,  o’tlarning  shunday  tizimi  bo’ladi.  Bunday  to’pildizlarga  ega  bo’lgan  tuproq 

yemirilmaydi. Ko’pgina o’simliklar, masalan, yorongulning ildizi poyasidan o’sib chiqadi. 

 

Ildizlar  yo’gonlashib  borgan  sari  ko’p  miqdordagi  qand  va  kraxmalni  yig’a  boradi. 



Bunga  lavlagi  va  shirin  kartoshkani  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Shirin  kartoshka  ildizdir, 

ammo ko’zli irland kartoshkasi poyadir. 

 

Hamma  o’simliklarning  ildizi  ham  tuproqda  o’savermaydi.  Ayrim  daraxtlarda 



o’sadigan  tropik  orxideyalarining  ildizi  havoda  osilib  turadi.  Ular  havoda  o’sadi,  namlikni 

ham undan shimib oladi. 

 

Ingliz  pechagi  va  zaharli  pechak  ochiq  ildizlari  bilan  devorlarga  yoki  daraxtlarga 



yopishib oladi. 

 

Ayrim o’simliklarning ildizi esa o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, yer ostida o’sadi va 

tuproqqa kirib, o’ziga tirgak hosil qiladi. Masalan, shirin kartoshkaning ildizlari kurtak hosil 

qiladi. Bu kurtaklar yaproqli shoxlarga aylanadi va o’simlik ko’payishi uchun xizmat qiladi. 

 

DARAXTLAR QANDAY O’SADI? 

 

 



Daraxt  uchta  asosiy  qismdan  tarkib  topadi.  Ildizlari  uni  yerda  tutib  turadi,  suv  va 

mineral  tuzlarni  tuproqdan  so’rib  olishiga  yordam  beradi.  Tanasi  va  shoxlari  yaproqlarga 

sharbat eltadi va ularni Quyoshga ko’taradi. Yaproqlar butun o’simlik uchun ozuqa moddalari 

ishlab chiqaradigan «fabrika»dir. 

 

Daraxt  uchidagi  novdalari  va  shoxlari  cho’zilishi  hisobiga  o’sib  va  yo’g’onlashib 



boradi.  Shoxlarning  uchida  doimiy  ravishda  yangi  hujayralar  paydo  bo’lib  turadi.  Shu 

vaqtning o’zida daraxtning tanasi, shoxlari va shoxchalari qalinlashib boraveradi. 

 

Aksariyat  daraxtlarning  pustlogi  bilan  qattiq  yog’och  qismi  o’rtasida  sharbat  oqib 



o’tadigan  maxsus qatlam  bor.  Bu  qatlamda  hujayralar tezroq  o’sadi,  shuning hisobiga  tana 

yo’gonlashib  boraveradi.  Bu  qatlam  har  yili  daraxt  tanasiga  yangi  bir  halqa  qo’shadi. 

Daraxtning kesilgan joyidagi bu halqalarni sanash yo’li bilan ham o’simlikning yoshini bilib 

olish  mumkin.  Yaproqlarga  suv  va  mineral  tuzlar  shu  qatlam  orqali  o’tadi.  Po’stloqda 

yaproqlardan kelayotgan ozuqa moddalar butun daraxtga tarqaydigan yo’llar bor. 

 

Daraxt o’sishi bilan eski halqalar qo’pollashib, yaproqlar bilan aloqani yo’qotadi. Ular 



suv saqlanadigan joyga aylanib qoladi va nihoyat qattiq yog’ochga do’nadi. 

 

Suv  va  mineral  tuzlar  tana  bo’ylab  ko’tarilishi  bilan  uning  o’zi  ham  yo’g’onlashib 



boradi,  yaproqlar  esa  butun  o’simlik  uchun  ozuqa  ishlab  chiqara  boshlaydi.  Yaproqlardagi 

yashil modda (xlorofill) Quyosh nuri ta'sirida karbonat angidrid gazini ildizlardan kelayetgan 

suv va uning tarkibidagi mineral tuzlar bilan birga shimib oladi hamda qand va kraxmal hosil 

qiladi. 


 

SHARBAT QANDAY QILIB DARAXT BO’YLAB YUQORIGA KO’TARILADI? 

 

 



Odam  va  hayvonlar  tanasida  qon  aylanishiga uni  haydaydigan kuchli nasos  —  yurak 

sababchi  bo’ladi.  Shunday  qilib,  organizmning  har  bir  hujayrasi  o’z  hayot  faoliyati  uchun 

zarur bo’lgan moddalarni oladi. Daraxtning har bir qismi ichdan ozuqa moddalari eritmasi — 

o’simlik sharbati bilan yuvilib turadi. Ammo hech bir daraxtning yuragi yo’q. U holda qanday 

qilib sharbat daraxt bo’ylab yuqoriga ko’tariladi? 

 

Fan to shu kungacha bu savolga aniq javob bera olgani yo’q. Mavjud nazariyalarning 



birortasi  ham  bu  savolga  to’la  va  aniq  javob  bera  olmayapti.  Shuning  uchun  olimlar, 

AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

sharbatning  daraxt  bo’ylab  balandlikka  ko’tarilishi  bir  vaqtning  o’zida  amal  qiladigan  bir 



nechta kuchga bog’liq, degan fikrni ilgari surishmoqda. 

 

Osmos bosimi nazariyasi keng tarqalgandir. Barcha tirik organizmlarda ozuqa moddalar 



eritmasi  hujayralarga  yupqa  qobiq  —  membrana  orqali  o’tadi.  Buning  sababi  shuki, 

membrananing turli joylarida erigan moddalar miqdori turlichadir, demak, fizika qonunlariga 

ko’ra,  moddalar  hamma  joyda  tenglashishga  harakat  qiladi.  Shunday  qilib,  moddalarning 

yig’ilishi har xil bo’lgan sari ko’p miqdordagi suyuqlik membrana orqali o’tadi. 

 

O’simliklar  hayoti  uchun  zarur  bo’lgan  suv  va  mineral  tuzlar  tuproqda  mavjuddir. 



Ularning  tarkibi,  daraxtlarning  ildizidagiga  nisbatan  zichroq  bo’lgani  uchun  osmos  bosimi 

ro’y beradi. Ushbu bosim erigan tuzlari ham bo’lgan namlikni daraxt ichiga kirishga majbur 

etadi. Shuning natijasida sharbat ildiz bo’ylab yuqoriga ko’tarila boshlaydi va yaproqlargacha 

yetib  boradi.  Mineral  tuzlar  eritmalarni  o’tkazayotgan  daraxtlar  hujayralarida  qoladi. 

Oshiqcha suv esa yaproqlardan bug’lanib ketadi. 

 

Bu  borada  boshqa  bir  faraz  ham  bor.  Unga  ko’ra,  sharbat,  birinchidan,  bug’lanish, 



ikkinchidan esa, suvning «kogeziyasi» natijasida tepaga qarab oqadi. Bir zarraning boshqasiga 

yopishib qolishiga sabab bo’ladigan kuch kogeziya deb ataladi. 

 

Ushbu  nazariyaga  ko’ra,  yaproqlardagi  suv  bug’langan  paytda  ularning  hujayrasida 



vakum hosil bo’ladi va u tuproqdagi namni tortib ola boshlaydi. Kogeziya esa tana bo’ylab 

yuqoriga  ko’tarilgan  suv  zarralarini  ushlab  turadi.  Bu  hol  oqimning  uzluksiz  bo’lishiga 

yordam beradi. 

 

DARAXTLARGA QOBIQ NIMA UCHUN KERAK? 

 

 

Daraxt tanasi yoki ildizining qobig’i po’stloq deb ataladi. Ammo uni po’stloq deb atash 



noto’g’ri,  chunki  u  tana  yoki  ildizning  tashqi  tomonidir.  Ayrim  hollarda  uning  qalinligini 

aniqlash  ham  qiyin.  Negaki,  palma  kabi  daraxtlarning  po’stlog’i  va  yog’ochi  o’rtasida  aniq 

chegaraning o’zi yo’q.  

 

Daraxtlarga pustloq nima uchun kerak? Uning asosiy vazifalaridan biri daraxtning ichki, 



nozik qismini himoya qilishdir. Po’stloq daraxtni qurib qolishdan asrashi bilan birga har xil 

tashqi shikastlardan ham saqlaydi. Ayrim daraxtlarning po’stlogi olovga qarshilik ko’rsatish 

xususiyatiga  ham ega. Amerikada qalin va tolasimon po’stlog’ida yong’in izlari bor, ammo 

yog’ochi soppa-sog’ mamont daraxtlari topilgan. 

 

Po’stloqning  hosil  bo’lish  jarayoni  bir  necha  yillarga  cho’zilib  ketishi  mumkin. 



Masalan,  zarang  niholining  qattiq  po’stlog’i  yo’s,  uning  shoxchalari  sirti  ham  silliqdir. 

Shuning  uchun  bunday  niholning  yog’och  qatlami  o’sa  boshlaganda,  tashqi  po’stloqning  u 

yoki bu yeri yorilishi mumkin. Ammo bunday shikast daraxt uchun zararli emas va daraxt uni 

ichidan davolay oladi. 



 

Nihol  po’stlog’ining  ayrim  joylari  asta-sekin,  birin-ketin  quriydi  va  o’lik  a'zoga 

aylanadi; bu quruq qoplamalar po’stloqqa qo’pol tus beradi. Ularning bir qismi daraxt o’sishi 

va po’st tashlashi oqibatida tushib ketadi. 

 

Odamlar ko’pgina daraxtlar po’stlog’idan o’z ehtiyojlari yo’lida foydalanishni o’rganib 



olishgan.  Masalan,  barcha  yog’och  po’kaklar  po’k  eman  po’stlog’idan  tayyorlanadi. 

Sassiqalaf  po’stlog’i  esa  terini  oshlashda  ishlatiladi.  Ovqat  tayyorlashda  ishlatiladigan 

ziravorlardan  dolchin  Janubi-sharqiy  Osiyoda  o’sadigan  daraxt  po’stlog’ining  kukunidir. 

Bezgakka  qarshi  dori  xinin  esa  xin  daraxtining  po’stlog’idan  olinadi.  Tibbiyotda  ko’pgina 

daraxtlarning shoxlari va ildizlari po’stlog’idan olingan ekstraktlar ishlatiladi. 

 

PAYVANDLASH NIMA? 

 

 

Bir daraxtdan boshqa bir daraxtning mevasini olish mumkinmi? Albatta. Buning uchun 



payvandlash  lozim  bo’ladi.  Agar  nok  daraxtining  shoxidan  bir  kalamcha  olinib,  behi 

daraxtining  po’stlog’idagi  chuqurchaga  joylashtirilsa,  undan  nok  shoxchasi  o’sib  chiqadi. 

Behi daraxtida bir vaqtning o’zida ham behi, ham nok pishib yetila boshlaydi. 

 

Xuddi shu yo’l bilan bodom daraxtidan shatoli va bodom olish mumkin. Yoki yovvoyi 



olma  daraxtida  xonaki  olmalar  yetishtirsa  ham  bo’la-di.  Ba'zida  payvandlashdan  manzarali 

daraxt  yoki  butalar  yaratishda  foydalaniladi,  ammo  u  qishloq  xo’jaligi  uchun  asosiy 

ahamiyatga ega. 

 

Payvandlangan nihol yoki buta o’zi kesib olingan daraxt mevalaridan kam va sifatsiz 



bo’lmagan hosil berishi bilan ham bog’bonni suyuntiradi. Biror daraxtdan kesib olingan shox 

boshqa bir daraxtga payvandlangan taqdirda ilgarigiday hosil beraveradi. 

 

Kurtak  yoki  qalamchalarni  boshqa  o’simliklarga  payvandlash  usullari  ko’p,  ammo 



payvandlash  ishida  ikkita  qoidaga  amal  qilish  kerak  bo’ladi:  birinchidan,  o’zaro  qarindosh 

daraxtlar yoki butalarni bir-biriga payvandlash mumkin, ya'ni olma nok yoki behiga, shaftoli 

esa o’rik, bodom, olxo’ri va boshqa danakli daraxtlarga payvandlanadi. Ammo olma daraxti 

qalamchasini shaftoli daraxtiga payvand qilib bo’lmaydi. 

 

Ikkinchi  qoida  shuki,  qalamchaning  hayot  sharbati  oqadigan  kambiy  qatlami  u 



payvandlanayotgan niholning kambiyiga tegib turishi kerak. Yo’qsa, payvandlangan shoxcha 

tutmaydi. 

 

Payvandlashning  boshqa  usullari  ham  ko’p.  Kurtak  alohida  holda  po’stloq  ostiga 



kiritilishi,  uzun  shoxlar  po’stloqdagi  shikastlangan  joyni  davolash  maqsadida  daraxtlarning 

yorig’iga suqilishi ham mumkin. 

 

Qizig’i shundaki, payvandlashni jonivorlarda ham qo’llash mumkin. Masalan, qurbaqa, 



cho’l baqasi, kalamush va quyonlarning ko’zini ko’chirib o’tkazish mumkin. Jarrohlar bunday 

AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

tajribalar  orqali  yarador  yoki  majruh  kishilarga  qanday  yordam  berishni  o’rganishadi. 



Qobirg’adan olingan suyak yangi burun yasash uchun burun suyagiga payvandlanadi, teri esa 

chandiqlarni ketkazish uchun kuyib qolgan to’qimalarga ko’chirib o’tkaziladi. 

 

KURTAK QANDAY RIVOJLANADI? 

 

 



Bahor oylarida daraxtlar yaproq yozadi va gullaydi. Ammo yaproqlar yozilishidan oldin 

o’tgan yil kuzida tug’ilgan kurtak holida bo’ladi. 

 

Aksariyat  o’simliklar  kuzda  yaproqlarini!  To’kadi.  Ko’klam  chog’i  esa  yangi 



yam-yashil  yaproqlar  bilan  qoplanadi  va  gullaydi.  Bu  azal-azaldan  odamlarning  e'tiborini 

tortib kelgan. Ammo kurtaklarning hosil bo’lish jarayoni ham qiziqarlidir. Kurtaklar poyaning 

tepasida  yoki  yaproqlarning  qo’ltig’ida paydo  bo’ladi. U  yerdagi novdaning  murtagi  kurtak 

qobig’i  bilan  yaxshilab  o’raladi  va  kunlar  isigunga  qadar  shu  taxlit  saqlanib  qoladi.  Qizigi 

shundaki, sarsabil va karam singari ayrim o’simliklarning kurtagini iste'mol qiladi. 

 

DARAXTLAR NECHA YIL YASHASHI MUMKIN? 

 

 

Bu  savolga  javob  berish  qiyin.  Aksariyat  hollarda  bu  savolga,  daraxt  qancha  yashay 



olsa,  shuncha  yashaydi,  deb  javob  beriladi.  Darhaqiqat,  ko’pincha  daraxtlar  kesilishi  yoki 

tashqi muhitning ta'siri oqibatida yoshini yashay olmaydi. 

 

Aslida  turli  daraxtlar  turlicha  yashaydi.  Eman  bir  yarim-ikki  ming  yil,  oq  qayin  va 



qarag’ay 250 yilgacha yashashi mumkin. 

Hozirgi sharoitda insonning yordamisiz daraxtlar o’z tabiiy yoshini yashashi qiyin. Shu-ning 

uchun  ham  ekologlar  bir  asrdan  oshiq  yashab  qo’ygan  eman,  oq  qayin  va  jo’ka  singari 

manzarali daraxtlarni saqlab qolish uchun o’z sa'y harakatlarini ayamaydi. 

Shimoliy  Amerikada  ko’plab  ko’hna  daraxtlar  saqlanib  qolgan.  U  yerda  uch  ming 

yildan oshiq umr ko’rgan ulkan sekvoyya daraxtlarini ham ko’rish mumkin. 

Daraxtning  yoshi  bir  joyda  ko’kargani  yoki  inson  ko’chirib  o’tqazgani  bilan  ham 

bog’liq. 

Tabiiy  holda  o’sadigan  daraxtlar  inson  niholni  parvarishlab,  keyinchalik  ko’chirishi 

natijasida  ko’karadigan  daraxtlardan  ancha  uzoq  yashaydi.  Bu  jo’ka,  eman  va  oq  qayinga 

hamda  qarag’ay,  tilog’och  va  qoraqarag’ayning  ayrim  turlariga  tegishli.  Ular  shaharlardagi 

bog’larga o’rmondan ko’chirib o’tqaziladi. 

Bugungi kunda shaharlarda boshqa yurtlardan keltirilgan sekvoyya va Duglas qaragayi 

singa-ri  daraxtlar  ham  ko’kartiriladi.  Ular  juda  uzun  va  mahobatli  daraxtlardir.  Ammo  bu 

daraxtlarning  tuproqdan  namlikni  shimib  olishi  juda  qiyin.  Bundan  tashqari,  bu  daraxtlar  


qishki  shamollarga  ham  unchalik  moslashmagan.  Shuning  uchun  ham  ular  40  —  50  yildan 

oshiq yashamaydi. 

 

NIMA UCHUN YAPROQLAR KUZDA HAR XIL RANGGA BO’YALADI? 

 

Yozda barcha daraxtlarning rangi bir xil — yashil bo’ladi. Albatta, yashil rangning ham 



nozik  turlari  bo’ladi,  ammo  barcha  yaproqlarga  bitta  cho’tka  bilan  bo’yoq  surilganga 

o’xshaydi. Kuzga borib esa yashil yaproqlar turli ranglarga bo’yaladi. Bu ranglar  qayerdan 

paydo bo’ladi?  

Yaproqlarning  rangi  yashil  bo’lishiga  sabab    ularning  tarkibidagi  xlorofill  moddasi 

ekanini esga olaylik. Xlorofill har bir yaproqdagi ozuqa ishlab chiqaruvchi haqiqiy qurilmadir. 

Yaproqlarning rangi (pigmentatsiyasi)ning 2/3 qismi ularning tarkibida mavjud xlorofill bilan 

bog’liq. Yaproqlarda rangning boshqaya nozik turlari ham bor, ammo ular xlorofill miqdori 

ko’pligi uchun ko’zga tashlanmaydi. 

Ular qanaqa rang turlari ekan? Masalan,  uglerod, vodorod va kisloroddan tarkib topgan 

ksantofil moddasi yaproqlarga sariq tus beradi. U yaproq rangining, taxminan, 23% ini tashkil 

qiladi. Sabziga rang beradigan karotinning yaproqlardagi miqdori 10% ga yaqindir.  Qandli 

zarang va qizil emanga yorqin qizil tus beradigan antonitsianin ham bor. 

Yozda bu pigmentlar ko’zga tashlanmaydi. Biz faqat yashil xlorofillni ko’ramiz. Sovuq 

tushishi bilan yaproqlarda yig’ilgan ozuqa moddalar daraxt shoxlari va tanasiga o’tadi. Qishda 

ozuqa  moddalar  ishlab  chiqarilmagani  uchun  xlorofill  qurilmasi  yopiladi,  xlorofillning  o’zi 

esa  parchalanib  ketadi.  U  yo’qolishi  bilan  yaproqda  mavjud  bo’lgan,  ammo  ko’zga 

tashlanmagan pigmentlar ko’rinib qoladi va biz daraxtlarning turli rangga bo’yalganini ko’rib 

quvonamiz. 

Yaproqlar  xazon  bo’lishidan  oldin  uning  bandida  hujayralarning  yupqa  qatlami  hosil 

bo’ladi. Shamol yaproqlarni yulqiydi. Novdaning yaproq uzilib tushgan joyida chandiq qoladi. 

Ko’pgina doimiy yashil daraxtlar sovuq tushishi bilan ham o’z barglarini to’kmaydi. Bu 

jarayon  ularda  yil  bo’yi,  navbatma-navbat  kechadi  va  shuning  uchun  ham  hamisha  yashil 

tusdaligicha kolaveradi. 

 

QAYSI O’SIMLIKLAR KUZGA PESHVOZ CHIQADI? 

 

O’simliklar  hayotiga  jiddiy  xavf  tug’diradigan  hol  degidratatsiya  —  suvsirashdir. 



Shuning  uchun  ham  o’simliklarning  po’stloqdan  boshqa  barcha  qismlari  suv  sarfini 

kamaytiradigan yog’och qatlami bilan qoplangan bo’ladi. 



AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar     

www.aql.uz

 

Tana,  shoxchalar  va  shoxlarni  suvsirashdan  Po’stloq  himoya  qiladi.  Yaproqlarning 



tashqi  Yuzasi  ko’pincha  mum  qatlami,  o’ziga  xos  momiq  bilan  qoplangan  bo’ladi.  Mum 

qatlami,  ayniqsa,  yaproqlarini  qishda  ham  to’kmaydigan  nayzabargli  hamda  dafna 

daraxtlarida zich buladi. 

Ko’pgina  o’t-o’lanlar  va  bargli  daraxtlarning  suvsizlikdan  unchalik  himoyalanmagan 

yaproqlari  ham  bor.  Shuning  uchun  qishda  hamma  narsa  uzlab,  qurib  qolgach,  bunday 

o’simliklar yoki daraxtlar ko’pchilik hollarda nobud bo’lishi ham mumkin. Daraxtlar nobud 

bo’lmaslik  uchun  sovuq  tushishidan  oldin  yaproqlarini  to’kadi  va  qishki  uyquga  ketadi. 

Natijada ularning energiya sarfi kamayadi va qishki sovuqlardan omon qoladi. 

Shuning uchun ham kuzda o’rmonlar arg’uvon, sariq va qizil ranglarga bo’yaladi. 

O’tlar  ham  kuzda  quvrab  qoladi,  bahor  kelishi  bilan  esa  yer  ostida  sovuqdan  omon 

qolgan ildizidan ko’karib chiqadi. 

 

DOIMIY YASHIL DARAXTLAR QAYSILARI? 

 

Boshqa daraxtlardan farqli o’laroq, doimiy yashil daraxtlarning yaproqlari qishda ham 



to’kilmaydi.  Doimiy  yashil  daraxtlar  ichida  eng  suyumlisi  va  mashhuri  biz  yangi  yilda 

bezaydigan  archadir.  Bunday  daraxtlar  qatoriga  qaragay,  savir  (tuyadaraxt),  oqqarag’ay  va 

kedr  ham  kiradi.  Bu  daraxtlarning  barglari  xazon  bo’ladigan  yaproqlardan  farqli  ravishda 

ingichka  va  kichkinadir,  ular  ba'zan  igna  shaklida  ham  bo’ladi.  Negaki,  bu  holda  sovuqqa 

chidash  osondir.  Ularning  mevalari  po’stloq,  masalan,  g’udda  bilan  himoyalangandir  yoki 

mayda va qattiq bo’lgani uchun ham muzlab qolmaydi. 

 

NEGA QARAG’AY DOIMO YASHIL TUSDA BO’LADI? 

 

Qaragay  barglarining  bir  necha  vazifasi  bor.  Shunday  vazifalardan  biri  butun  daraxt 



uchun ozuqa ishlab chiqarishdir. Barglarga karbonat angidrid gazi  havodan, suv va  mineral 

tuzlar  esa  tuproqdan  keladi.  Barglardagi  xlorofill  Quyosh  energiyasini  yutadi.  Xlorofill 

Quyosh  nurlari  ta'sirida  suv  va  karbonat  angidrid  gazini  qandga,  glyukozaga  aylantiradi. 

Yaproqlar ishlab chiqaradigan qand o’simliklarning asosiy ozuqasidir. 

Yaproqlar,  shuningdek,  ko’p  miqdorda  suv  ham  ishlab  chiqaradi.  Daraxt  tanasidan 

keladigan suvning bir qismigina ozuqa ishlab chiqarishga sarflanadi. Uning aksariyati yaproq 

yuzasidagi govaklar orqali bug’lanib ketadi. 

Qishda daraxtga suv cheklangan miqdorda keladi. Yer muzlab qolgani sababli daraxtlar 

yerdan  havoga  bug’lash  uchun  yetarli  miqdorda  suv  ololmaydi.  Shuning  uchun  ham  ular 

qishda suvni bug’lantirmaslik uchun yaproqlarini to’kadi va «yumilib» oladi. 



Daraxtlarning  yaproqlari  shakli  ham  turlichadir.  Qarag’ay  va  archaning  barglari 

ingichka bo’lib, yo’g’on g’ilofli ignani eslatadi. Bu suv bug’lanishiga barham beradi. Barglar 

esa daraxtlarda uzoq yillar saqlanib qoladi. Barglar tukilishi bilan o’rnidan yangisi ko’karib 

chiqadi  va  daraxt  shoxlari  hyech  qachon  yalang’ochlanib  qolmaydi.  Shuning  uchun  ham 

bunday daraxtlar doimiy yashil daraxtlar deb ataladi. 

Shu bilan birgalikda keng bargli doimiy yashil daraxtlar ham bor. Masalan, Kaliforniya 

dafnasi va magnoliyaning qattiq yaltiroq barglari sovuq paytlar ham namlikni saqlab qolishga 

yordam beradi. 

 


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling