Aql uz Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
mojiza kitob 1 bolalar uchun unversal (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- BILQILLAMA QUMLOQLAR NIMA
- TEKISLIK NIMA
- TUNDRA NIMA
- BIOLOGIYA NIMA
- BOTANIKA NIMA
- EVOLYUTSIYA NIMA
- O’SIMLIKLAR QAYERDAN PAYDO BO’LGAN
- PROTOPLAZMA NIMA
NEGA SAHRODA SUV YO’Q?
Sahro nima? Sahro hayotning faqat ayrim turlari yashashi mumkin bo’lgan mintaqadir. Hech bir sahroda nam yetishmaydi. Demak, u yerdagi mavjud hayot turlari suvsizlikka moslashishi kerak bo’ladi.
U yerda qancha ko’p va necha turdagi o’simlik o’sishi yog’ingarchilik miqdoriga bog’liq. Yog’ingarchilik mo’l joyda o’rmonlar o’sadi. Yog’ingarchilik miqdori oz joylarda yer yuzasini o’t-o’lanlar qoplaydi. Yomg’ir yoki qor juda kam yog’adigan joylarda esa faqat ayrim sahro o’simliklari o’sishi mumkin.
Qush uchsa, qanoti, odam yursa, oyog’i kuyadigan sahrolar, masalan, Afrikadagi Saxara cho’li subtropik zonada joylashgan. U yerlarda havo quruq va issiq bo’ladi. Okeanlar yaqinligiga qaramasdan, bu joylar juda quruqdir. Afrikaning shimoli-garbiy qismidagi hamda Avstraliya g’arbidagi sahrolar to’g’risida ham shunday deyish mumkin.
Ekvatordan uzoqdagi sahrolar dengizlar va namlik eltuvchi shamollardan olisdaligi hamda dengiz bilan cho’llar o’rtasida tog’lar mavjudligi tufayli hosil bo’lgan. Bunday tog’ tizmalari bulutlarni sahroga o’tkazmaydi. Ularning dengizga qaragan yon bag’irlarida namgarchilik kuchli, teskari tarafida esa qurg’oqchilik hukm
suradi.
Bu hodisa «yomg’ir to’sig’i» effekti deb ataladi. Markaziy Osiyo cho’llari esa Himolay tog’lari va Tibet to’sigi ortida joylashgan. AQShning g’arbiy qismidagi Katta Havza sahrolarini esa dengizdan Syerra-Nevada singari tog’ tizmalari to’sib turadi.
Sahrolarning tashqi ko’rinishi bir-biridan keskin farq qiladi. Shamol qum ko’p joylarda tepaliklar yoki uyumlar hosil qiladi. Bunday sahrolar qumli sahrolardir. Qoyali sahrolar esa, asosan, tog’ zaminidan, aql bovar qilmaydigan jarliklar va tepaliklar hosil qiluvchi qoyalardan hamda o’ydim-chuqur tekisliklardan iborat bo’ladi. Boshqa (masalan, AQShning g’arbiy qismidagi) sahrolarning o’ziga xos xususiyati tap-taqir qoyalar va suvsiz tekisliklardan tarkib topganligidir. Shamol tuproqning mayda zarralarini uchirib ketadi. Yuzada qoladigan shagal toshlar «sahrodagi tosh yo’l» deb ataladi.
Dengiz sohilida uyulib qolgan katta-katta qum tepaliklari uyumlar deb ataladi. Ularni Yevropaning shimolida: Belgiya, Gollandiya va Boltiq dengizi sohillarida uchratish mumkin. Ammo uyumlar hamma joyda ham paydo bo’lavermaydi. Nega?
Uyum tubi qumdan iborat dengizdan shamol quruqlikka qarab esadigan joylarda hosil bo’ladi. Uyum hosil bo’lishi uchun ikki narsa: qum va shamol bo’lishi kerak. Uyum qanday hosil bo’ladi? Qirg’oqqa kelib uriladigan oqim va suv osti oqimlari dengiz tubidagi sayoz joylarning qumini qirg’oqqa oqizib chiqadi. Shunday joylardan biri Shimoliy dengizdagi mashhur Dogger-bankadir. Bunday joylarda shamol quruqlikka qarab esganda, qum qirg’oqqa oqib chiqa boshlaydi. Uyumlar qum oqizib keluvchi katta daryolar dengizga quyiladigan joylarda ham hosil bo’ladi. Agar ko’chayotgan qumning yo’lida tepalik, oddiy bir qiyalik, qoyalar yoki suv o’tlari singari to’siq uchrab qolsa, o’sha yerda ko’tarma hosil bo’la boshlaydi. Dengizdan esayotgan shamol uning ustiga yangi-yangi qumlarni uchirib kelaveradi va oqibatda uyum vujudga keladi.
Uyumlar juda foydalidir. Ular o’z ortidagi yerlarni shamol va to’lqindan himoya qiladi. Shuning uchun ham inson uyumlarni saqlab qoladi va yuvilib ketishdan asraydi. Belgiya va Daniyaning sohil bo’ylarida tezroq uyumlar hosil qilishi uchun qumqamish ekiladi. Qamishning tomirlari baquvvat bo’lgani uchun ham qumni tutib qoladi. Gollandiyaning Vaddenzeye degan joyi yaqinidagi orollar oqimni tarab yuboradi. Suv bu yerga qum va loyni oqizib keladi. Shunday qilib, ko’rfazning tubi asta-sekin ko’tarila AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
boshlaydi. Ehtimol, o’sha yerda ham vaqt o’tishi bilan uyumlar hosil bo’lar. Boltiq dengizining Latviya va Litvaga qarashli sohillarida ham ko’plab uyumlar uchraydi. Ular Daugava, Liyelupe daryolari Riga ko’rfaziga oqizib keladigan qumdan hosil bo’ladi. Ammo eng katta uyumlar Litvaning Kursha qumloq tilidadir. Uyumlar shamolning yoyib yuborishi natijasida butunlay yo’qolib ketmasligiga umid qilamiz.
Yer sharining ko’pgina joylarida odamlar asrlar bo’yi bilqillama qumloqlardan qo’rqib yashagan. Ular, domiga tushib qolganlarni o’z qa'riga tortib ketish qudratiga ega, degan qarash hukm surib kelgan. Aslida, bilqillama qumloqning bunday xususiyati yo’q. Agar uning o’zi nima ekani va unga borib qolgan odam o’zini qanday tutishi kerakligini bilib olsak, qumloq bizga hech qanday zarar yetkazmaydi. Shunday qilib, bilqillama qumloq yoki suyuq qumloq nima? U tarkibida suv ko’p bo’lgan rangi ochiq, yumshoq qumdir. U ko’rinishidan yonidagi oddiy qumdan mutlaqo farq qilmaydi. Ammo amalda ular urtasida farq bor: suyuq qumloq og’ir narsalarni ko’tara olmaydi. Odatda, suyuq qumloqlar katta daryolarning quyulish joyi va qiya qirg’oqlarda uchraydi. Ularning ostida yerga namlikni o’tkazmaydigan yopishqoq va zich loy qatlami bo’ladi. Shuning uchun ham yomg’ir yoki daryo suvi o’sha yerda yig’ilib qoladi. Noto’g’ri va uchlari o’tkir oddiy qumlardan farqli o’laroq, suyuq qumloq qumlari yumaloq shaklda bo’ladi. Ularning ostidagi suv qumni suyultiradi, qum zarralari esa yuzaga suzib chiqadi. Shuning uchun ham bunday qumloqlar og’ir narsalarni ko’tara olmaydi. Suyuq qumloq deyayotganimiz qumloq bo’lmasligi ham mumkin. Buning uchun har qanday yumshoq tuproq, qum va loyqa aralashmasi yoki loyqa bilan mayda shag’al aralashmasi kifoya qiladi. Suyuq qumloqqa tushib qolgan odamlar, umuman, unga cho’kib ketmaydi. Unda suyuqlik ko’pligi tufayli suvdagiday bemalol suzish mumkin. Bilqillama qumloq suvdan zichroq bo’lgani uchun suzish osonroq kechadi. Bunday joyga tushib qolganda, juda sekin harakat qilish kerak. Bu qumning tanangiz yonidan oqib o’tib ketishiga imkon beradi. Bunday holda o’z hayotingiz uchun xavfsirashingizga hech qanday asos qolmaydi.
Tekislik daraxtlari bo’lmagan va o’t-o’lanlar bilan qoplangan katta hududdir. U Yer yuzasining ko’p tarqalgan relyef ko’rinishlaridan biridir. Tekislik, odatda, iqlimi juda issiq yoki yog’ingarchilik miqdori yil-bo’yi 400 mm (2 dyuym) dan oshmaydigan joylarda uchraydi. Katta tekisliklar, asosan, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubiy Afrika, shuningdek, Amerikada mavjud. Tekislik Osiyoda cho’l, Shimoliy Amerikada preriya, Janubiy Amerikada pampas, Afrikada savanna deb ataladi. Tabiat o’t-o’lanlarga boy tekisliklarni tuyoqli hayvonlarga mo’ljallab yaratgan. Inson ulardan chorvani boqish uchun foydalanadi. Qadim zamonlardan beri tekisliklarda qora va ushoq mollar o’tlab yuradi. Hech kim ularni boqmaydi. Ular yemishni o’zlari axtarib topadi. Inson ularni yirtqichlardan qo’risa, sug’orib tursa bo’lgani. Chorva mollaridan sut va go’sht bilan bir qatorda teri va jun ham olinadi. Teridan har xil charm buyumlar, oyoq kiyimlari tayyorlanadi. Bugungi yerni qayta ishlash texnologisi tekisliklardan turli maqsadlarda foydalanish imkonini beradi. Inson irrigatsiya (qazilgan kanallar va yotqizilgan quvurlar) yordamida don ekinlari, avvalo, galla yetishtirish uchun tekisliklarda dalalar tuzay boshladi. Bunday texnologiyadan, asosan, Rossiya, Qozog’iston va AKDPning janubi-g’arbida foydalaniladi.
«Tundra» so’zi fin tilidan olingan bo’lib, «taqir, hosil bermaydigan yer» va «yaroqsiz hudud» degan ma'noni anglatadi. U, odatda, Arktikaning o’rmonsiz zonalariga nisbatan ishlatiladi. Tundrada yashash sharoiti juda yomon. U yerda daraxt yo’q, kun qishda nihoyatda sovib ketadi, yozda esa o’rtacha temperatura, bor-yo’g’i, Selsiy shkalasi bo’yicha 10 darajadan oshmaydi. Yil-bo’yi yomg’ir juda oz yog’adi, kuchli shamol tinmaydi. Shunga qaramasdan, tundrada ham ayrim hayot shakllari bor. Ular haqida ma'lumotga ega bo’lish, albatta, qiziqarlidir. Tundradagi o’simliklarga toshlarning sirtini qoplab oladigan lishayniklar, toshlarning yoriqlarini to’ldiradigan va shag’altoshlar orasiga o’sib kiradigan yo’sinlar hamda o’t-o’lanlarga o’xshash o’simliklar va ayrim butalar kiradi. U yerdagi
AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
o’simliklarning aksariyati ko’p yillikdir. Ammo ma'lum bir joyda ularning turi ko’p uchramaydi. U yerda yashaydigan hayvonlar ham unchalik ko’p emas. Tundrada lemminglar, ho’kizqo’ylar va oq ayiqlar yashaydi. Ko’pgina qushlar jo’jalarini tundrada ochib chiqadi. Yoz oylarida kunning uzoqligi qushlarga ozuqa topish va to’da-to’da polaponlarini boqish imkonini beradi. Tundrada o’rdaklar, g’ozlar va loyxo’raklarga o’xshash qushlar ko’p. Tundradagi tuproq qatlami juda yupqa. U abadiy muzliklar ustidadir. Yoz oylarida muzlikning yuqori qatlami erishi bilan o’simliklarning tomirlari va bakteriyalar jonlanib qoladi. Tundra turli qit'alarda turlichadir. Ammo unga borib qolganda, hech ikkilanmasdan, Yer yuzasining eng tund va beshafqat mintaqalaridan biriga kelib qoldim, deb hisoblayverishingiz mumkin.
Detektiv kitoblar o’qishni yoki filmlarni televizor orqali tomosha qilishni yoqtirasizmi? Ular doimo tomoshabinni hayajonlantiradi. To’g’rimi? Siz kimdir nega va qanday qilib, jinoyat qilganini bilishga qiziqasiz. Bizni urab turgan dunyoning ham xuddi shunday ochilishi kerak bo’lgan siru asrori ko’p. Nima uchun hayvonlar o’zini bunday tutadi? O’simliklarni o’ziga xos yo’sinda o’sishga nima majbur etadi? Nega bizning tanamiz u yoki bu harakatlarni sodir etadi? Inson hamisha hayotning bunday jumboqlarini yechishga intilib kelgan. Detektivlardagi jinoiy ishni fosh etuvchi tergovchi singari bu yerda ham ishni dastlab dalillar yig’ishdan boshlash kerak. Tabiat tarixi bunday dalillarni to’plash va o’rganish bilan shug’ullanib kelgan. Bizning davrimizga kelib, u biologiya deb atala boshladi. «Biologiya» so’zi yunoncha «bios» («hayot») va «logos» («fan») so’zlaridan olingan. Shunday qilib, biologiya barcha turdagi organizmlar, o’simliklar va hayvonlar to’g’risidagi fandir. Bu fan ularning shakllari, faoliyati, vazifalarini va o’rab turgan atrof-muhitini o’rganadi. Bir so’z bilan aytganda, bu fan tirik tabiatni o’rganadi. Uning ayrim qismlari ma'lum bir organizmlar guruhini, masalan, virusologiya viruslarni, bakteriologiya bakteriyalarni, mikologiya zamburug’larni, botanika o’simliklarni, zoologiya hayvonlarni, anatomiya esa odam yoki organizm tuzilishini urganadi. Gistologiya hujayralarni, fiziologiya organizmlarning vazifasini, molekulyar biologiya va biokimyo esa hujayralarning vazifasini tadqiq qiladi. Biologiyaning asosiy vazifasi tirik tabiatning barcha hodisalarini, butun organizmning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalaridan farq qilishini inobatga olgan holda, tushuntirib berishdir.
Biologlar, barcha ma'lum bir hujayrali va kup hujayrali organizmlarni ikkiga: prokariotlar va eukariotlarga bo’lib o’rganish lozim, degan xulosaga kelishdi. Prokariotlar hujayralarining aniq bir shakllangan yadrosi yuq. DNK (irsiy axborot tashigich) ularning sitoplazmasida joylashgan. Prokariotlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suv o’tlari misol bo’ladi. Prokariotlardan farqli o’laroq, eukariotlar hujayralarining ma'lum bir shakllangan yadrosi bor va ulardagi DNK yadro qobigi bilan o’ralgan. Olimlarning fikricha, eukariotlar prokariotlardan kelib chiqqan. Ularga zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlarni misol qilib keltirish mumkin. Viruslar tirik organizmlarning ikkala guruhga ham kirmaydigan alohida turidir. Ammo bugungi kunda biolog-izquvarlar betartib dalillarni to’plash bilangina chegaralanib qolishayotgani yo’q. Ular o’sha dalillar o’rtasidagi bog’liqlik va aloqalar bor-yo’qligini aniqlashga ham intilmoqda. Masalan, ularni inson bilan uni qurshab turgan millionlab tirik mavjudotlar o’rtasidagi aloqalarni aniqlash qiziqtiradi. Ular bu tirik mavjudotlar inson taraqqiyotiga nechog’li ta'sir etishini ham bilishni istaydilar. Biologlarni, umuman, Yerda qanday qilib ilk marta hayot paydo bo’lgani va u qanday shaklga ega bo’lgani to’g’risidagi eng buyuk sirdan voqif bo’lish qiziqtiradi. Shuning uchun ular hayot uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoitlarni o’rganishadi. Xuddi qidiruv byurosi ma'lumotlarni arxivga yiqqaniday, biologlar ham sayyoramizda mavjud barcha organizmlarni sinflarga bo’lib chiqish — tasniflashga harakat qilishadi. O’z savollariga javob topish uchun, biologlar tabiatga murojaat qilishadi va jumboqlarga javob izlab, okeanlarning muzday suvi qa'riga tushishadi, eng yuksak tog’ cho’qqilariga chiqishadi. Ular inson qadami yetmagan changalzorlarga yo’l ochishadi, soatlab mikroskoplarga tikilishadi. Ba'zida esa hayot sirlarini anglash uchun g’alati tajribalar qilishadi. Biologiya — o’ta murakkab fan.
BOTANIKA NIMA? Inson qadim zamonlardan buyon o’ziga oziq-ovqat qidirarkan, o’simliklar dunyosini o’rganib keladi. Bu sohadagi bilimlar asta-sekin to’plana borib, o’simliklar to’g’risidagi fan — botanika vujudga kelishiga sabab bo’ldi. O’zini bu fanga bag’ishlagan ilk kishilar sehrgar deb hisoblangan tabiblar bo’ladi. Ular, avvalo, qaysi o’simliklarda zaharli moddalar bor, qaysilari inson va uy hayvonlarini davolashda qo’l kelishini aniqlashi lozim edi. Shuning uchun ham botanika uzoq yillar tibbiyotning bir qismi sifatida mavjud bo’lib keldi.
AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
XVI asrga kelib, turli o’simliklarni ilmiy asosda kuzatgan va o’z kuzatishlarini yostiqday-yostiqday kitoblarga yozib qoldirgan ilk olimlar paydo bo’ldi. Bunday kitoblar mualliflari botanikaning «otasi» degan nom olishdi. Ingliz olimi Charlz Darvinning XIX asrdagi inqilobiy ishlari botaniklarga o’simliklar dunyosi tarixini tushunishda muhim dastak bo’lib qoldi. Ular xuddi hayvonlar singari barcha o’simliklar qadimgi oddiy ajdodlaridan kelib chiqqanini aniqlashdi. Darvin o’tkazgan tadqiqotlar va uning nazariyasi o’simlikshunoslikda yangi bo’limlar va yo’nalishlar paydo bo’lishiga olib keldi. Shunday bo’limlardan biri o’simliklar anatomiyasidir. Bu bo’lim turli o’simliklarning tuzilishi masalalari bilan birgalikda ular o’rtasida qarindoshlik aloqalarini izlash bilan ham shug’ullanadi. O’simliklar o’rtasidagi qarindoshlikni o’rganishga bag’ishlangan tajribalar u yoki bu tur qanday paydo bo’lishini aniqlash va ularni, inson ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, o’zgartirish yoki takomillashtirishga xizmat qiladi. Bu muammolarni o’rganadigan fan genetika deb ataladi. Ekologiya-botanikaning yana bir sohasi. U o’simliklar Yer yuzasi bo’ylab qanday tarqalganini o’rganish bilan shug’ullanadi. Boshqacha aytganda, u ma'lum tur nega faqat ma'lum bir sharoitlardagina mavjud bo’lishi to’g’risidagi savolga javob berishga harakat qiladi. Paleobotanikaning vazifasi ilmiy bilimlar asosida o’simliklarning quyi, odsiy shakllardan bugungi holdagi ko’rinishigacha bosib o’tgan yo’lini tiklashdan iborat. U ibtidoiy turlarning toshga aylangan qoldiqlarini o’rganadi. Botanikaning turli bo’limlari orasida o’simliklar fiziologiyasini ham eslab o’tish joiz. U o’simliklardagi hayot jarayonlarini, masalan, ularning qanday nafas olishi va oziqlanishini o’rganadi. O’simliklar kasalliklarini o’rganadigan maxsus bo’lim o’simliklar patologiyasi deb ataladi.
Odamlar o’z atrofini qurshab turgan murakkab organizmlarning qanday yashashini o’rganish maqsadida evolyutsiya nazariyasini yaratdi. Ko’pchilik olimlar bu nazariyani tan oladi, ammo ayrimlari uni rad etadi. Ular, bu nazariya Injilga zid, deb hisoblashadi. Ushbu nazariyaga ko’ra, zamonaviy o’simlik va hayvonot turlari tabiiy ravishda nisbatan ko’hna va eng oddiy turlardan kelib chiqqan. Ular ham o’z navbatida, yanada oddiyroq turlardan vujudga kelgan. Shu tariqa million yillar oldin hayotning boshida sodda yelimshaksimon protoplazma quyqasi turgan. Bu nazariyaga ko’ra, odam ham, xuddi hozirgi bir tuyoqli ot besh panjali kichik ajdodidan o’rgiganiday (kelib chiqqan), nisbatan soddaroq mavjudotlardan kelib chiqqan. Olimlar evolyutsiya mavjudligini isbotlash uchun uchta asosiy dalilni keltirishadi. Birinchidan, qadim zamonlarda yashagan o’simliklar va jonivorlarning qazib olinayotgan qoldiqlarini o’rganish. Ayrim qoldiqlar evolyutsiya mavjudligini tasdiqlamoqda. Qazishmalarning shahodat berishicha, ibtidoiy odam bundan million yil avval yashagan. Shuningdek, qazishmalar vaqtida bundan 500 million yil avval yashagan dengiz qisqichbaqasiga uxshash mavjudotlarning qoldiqlari topildi. Qazishmalar tasdiqlashicha, Yerda baliqlar amfibiyalargacha, amfibiyalar sudralib yuruvchilargacha, sudralib. yuruvchilar parrandalargacha va hokozlar paydo bo’lgan. Olimlar shularga asoslanib, hayot bir shakldan ikkinchi bir shaklga qarab rivojlanib borgan, deb hisoblashadi. Evolyutsiyadan darak beruvchi ikkinchi dalil embriologiyadir. Bu fan organizmning tuxumdan boshlab taraqqiy etib borishini o’rganadi. Jo’janing rivojlanib borishi kuzatilganda, homila bir vaqt baliqqa, so’ngra amfibiyaga, undan keyin esa sudralib yuruvchilarga o’xshashlik bosqichini o’tganidan keyin, nihoyat parranda shakliga ega bo’lishi oydinlashadi. Barcha jonivorlarning homilasi o’z taraqqiyoti tarixini qaytaradi. Uchinchi dalil esa hozirgi hayvonlarning tana tuzilishidir. Masalan, toshbaqaning suyak va oyog’i mushaklari, qushlarning qanoti, kitning suzgichi, otning oldingi oyoqlari va odamning qo’llari tuzilishi bir xildir. Odam tanasida bir qarashda kerak bo’lmaydiganday tuyuladigan organlar bor. Taxminlarga qaraganda, ular bizga qadimgi ajdodlarimizdan o’tgan. Evolyutsiya — tabiiy taraqqiyot nazariyasi yuzaga kelishiga turtki bergan dalillar ana shulardir.
Zamonaviy ilmiy nazariyalarning tasdiqlashicha, bir zamonlar Yer yuzida na o’simliklar va na hayotning boshqa bir turi bo’lmagan. So’ngra, bundan yuz million yillar muqaddam noma'lum sabablarga ko’ra, protoplazmaning dastlabki zarralari paydo bo’lgan. Biologlar o’simliklar va hayvonlardan topgan birlamchi tirik materiya protoplazma deb ataladi. Olimlarning taxminicha, Yerdagi tirik organizmlar o’sha uvoq zarralardan kelib chiqqan. O’simlikka aylangan protoplazma qalin tashqi qoplam hosil qilishni va butun hayotini bir joyda qimirlamasdan o’tkazishni o’rgandi. Bundan tashqari, u ilk marta yashil rangli modda — xlorofill ishlab chiqardi. Bu modda Yerdagi jamiki tirik mavjudot hayoti uchun birinchi darajali ahamiyatga ega. Xlorofillning xossalari o’simliklarga, havo va yerdan zarur ashyolarni olgan holda, o’z ehtiyoji uchun ozuqa ishlab chiqarish imkonini beradi. Ilk yashil o’simliklar bir hujayrali bo’lgan, ammo keyinchalik ko’p hujayrali shaklga utgan. O’sha vaqtlar ular qurib qolishdan himoyalana olmagani uchun faqat suvliklarda AQL.uz – Aqlingiz uchun ozuqa, kashfiyotlar, olimlar, kitoblar www.aql.uz
yashagan. Ko’pgina birlamchi o’simliklar, ko’rinishi o’zgarib ketgan bo’lsada, shu kunlargacha saqlanib qolgan. Bunga hammamizga tanish suv o’tlarini misol qilib keltirish mumkin.
O’simliklarning alohida bir guruhi, boshqalaridan farqli o’laroq, o’ziga xlorofill yordamisiz ozuqa topishni o’rganib oldi. Bakteriyalar va zamburug’larning aksariyati bunday yashil bo’lmagan o’simliklarga kiradi. Hozirgi o’simlik turlari, asosan, suv o’tlaridan kelib chiqqan. Ularning bir qismi dengizdan quruqlikka chiqqanidan so’ng ildiz otib, tuproqda o’rnashib qoldi. Ularda qurib qolishdan saqlaydigan yupqa teri bilan qoplangan yaproqlar hosil bo’ldi. Shu tariqa ilk yo’sinlar va qirqquloqlar vujudga keldi. Barcha qadimgi o’simliklar oddiy bo’linish yoki urug’lik vazifasini bajaruvchi mayda changsimon zarralar — sporalar yordamida ko’paygan. Sporalarda, urug’lardan farqli o’laroq, ozuqa zahirasi bo’lmaydi. Vaqt o’tishi bilan ayrim sporali o’simliklarda yangi organlar — gullar paydo bo’lgan va natijada urug’lar yordamida yangicha ko’payish usuli qaror topgan. O’simliklarning ikki guruhi bor: urug’lilar va tuxumlilar. Tuxumlarning urug’lardan farqi mevaning himoya po’sti bilan qoplanganidir. Bu o’simliklar sayyoramizdagi o’simlik dunyosi taraqqiyotining (hozircha) oliy bosqichidir.
Fanda turli kashfiyotlar qilingan. Ayrim tabiat hodisalari laboratoriya sharoitlarida takrorlanmoqda. Ammo protoplazma takrorlab bo’lmaydigan yoki sun'iy ravishda qayta hosil bo’lmaydigan moddadir. Protoplazma barcha jonivorlar va o’simliklarning tirik qismidir. Barcha o’simlik va jonivor organizmlari hujayralardan tarkib topgan. Ayrim mavju-dotlar, jumladan, odam tanasida millionlab hujayralar bor, ammo boshqa bir mavjudotlar, masalan, protozoa faqat bir hujayradan tarkib topgan. Kit, odam va atirgul organizmi hujayrasida bir xil modda — protoplazma bor. Hujayra protoplazmasi, asosan, ikki qismdan iborat. Markaziy, zichroq qismi — yadro, ikkinchi, nisbatan yumshoq va suyuq qismi sitoplazma deb ataladi. Protoplazmaning tarkibi har xil. Dar bir tirik organizm turi o’ziga xos protoplazma shakliga ega. Ammo bir organizmning o’zida ham turli hujayralar o’ziga xos protoplazma turlariga ega. Ammo, tafovutlarga qaramasdan, protoplazmaning 99% uglerod, vodorod, kislorod va azotdan, shuningdek, ayrim kimyoviy elementlarning qo’shimchalaridan tarkib topgan. Organizmga tushgan ovqat hazm bo’ladi yoki suyuqlikka aylanadi. So’ngra hazm bo’lgan ovqatni protoplazma yutadi va ovqat uning tarkibiy qismiga aylanadi. Bunday jarayon
assimilyatsiya deb ataladi. Qizig’i shundaki, protoplazma bu jarayonda o’lik moddani tirik materialga, ya'ni begona moddalarni o’ziga o’xshash moddaga aylantiradi. Protoplazma, shuningdek, o’simliklar yoki jonivorlar organizmida energiya yig’adi va uni ajratib chiqaradi. U tashqi ta'sirga o’ta sezgir, kuchli yorug’lik va issiqlikdan nobud bo’ladi. Kimyoviy elementlar uni tortishi yoki itarishi mumkin. Elektr toki uning fe'l-atvoriga kuchli ta'sir ko’rsatadi. Ammo hali fanga protoplazma va uning faoliyati to’g’risida ko’p narsalar ma'lum emas.
Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling