Arab xalifaligi va musulmon huquqi


Download 233.5 Kb.
bet4/6
Sana12.12.2020
Hajmi233.5 Kb.
#165251
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1404137330 51477


Ikkinchi sohada Sunnaga tegishli bahs: zarurat chog`ida Qur`onda aytilmagan biron-bir yangi hukmni Sunna belgilab beradi. Bu o`rinda ba`zi hukmlar Payg`ambardan vahyi xafiy (ilhomga o`xshagan holat) orqali sodir bo`lgan va ba`zilari uning ijtihodi va shaxsiy fikridan kelib chiqqan. Albattaki, Payg`ambar ijtihod qilishda ham islom ruhi va falsafasini nazarda tutadi.

Bu o`rinda ko`p misollar keltirish mumkin. Masalan, jadda (buvi)ga merosdan oltidan bir hissa berish, nikoh bitimining to`g`ri bo`lishi uchun guvohlar shartligi, badan a`zolari xuni, ya`ni bahosini belgilash, shuning-dek, urf asosida amal qilinganda uning to`g`riligini tasdiqlash101. Vaqt o`ti-shi bilan musulmonlar jamoasi - ummada vujudga kelgan vaziyat va mu-ammolarni Qur`on va sunna to`liq qamrab ololmagan. Ular musul-monlar jamoasi - ummada ro`y bergan barcha muammolar va vaziyatlarga to`liq javob bera olmay qolgan.

Shu tariqa shariatning yangi manbaiga zarurat tug`iladi va ijmo` is-lom huquqi (shariat)ning asosiy manbalaridan biri sifatida tasdiqlanadi. Ij-mo` (arabcha - yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror, ijmo` al-um-ma - “diniy jamoaning yagona fikri”) - Qur`on va hadislarda aniq ko`rsat-ma berilmagan huquqiy masalani hal etishda faqih va mujtahidlarning to`planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi)dir. Shariatda shunday yo`l bilan chiqarilgan hukm shar`iy (qonuniy) deb qa-bul qilingan. Ijmo`ga fiqh manbai sifatida qarash Arab xalifaligida feoda-lizm tarkib topa boshlagan davr (VIII asr oxiri IX asr boshlari)da kelib chiqdi. Mujtahid tomonidan aytilgan fikrgina hal qiluvchi fikr hisobanadi. Oddiy musulmonlar fikrining esa ijmo`ga hech qanday aloqasi yo`q. Muj-tahid deb diniy olimga aytiladi. Mujtahid (arabcha - intiluvchi, g`ayrat qi-luvchi) - o`rta asrlarda islomda ijtihod huquqiga ega bo`lgan, ya`ni musta-qil ravishda diniy aqidaviy masalalar bo`yicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara oladigan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar mujtahid deb yuritiladi. Mujtahid musulmonlar orasida obro`-e`tibor qo-zongan bo`lishi lozim. Shuningdek, shariat mujtahidning boshqa xislatlari-ni, masalan, arab tilini to`la bilishini, shariatga qat`iy rioya qilishini, hozir-gi zamonga doir chuqur saviyaga ega bo`lishi va hokazolarni belgilab beradi.

Misrlik olim Abdulvahhob Xallof ijmo`ga quyidagicha ta`rif beradi: «Ijmo`ning lug`aviy ma`nosi «qasd qilmoq»dir. Mushtahidlarning bir hukmga qilgan ittifoqiga «ijmo`» deyilishining boisi - mazkur hukmning shar`iy hukm deb qasd qilishlaridir. Usul ulamolari istilohida esa, ijmo`-ning ta`rifi bundaydir: Musulmonlardan bo`lgan mujtahidlarning Rasu-lulloh sallallohu alayhi vassallam vafotlaridan so`ng, biror davrda, shar`iy hukmga qilgan ittifoqiga ijmo` deyiladi.

Ta`rifdan ko`rinib turibdiki, ijmo` bo`lishi uchun to`rtta rukn lozim: avvalo, mujtahidlardan bo`lishi kerak, mujtahid bo`lmagan olimlarning it-tifoqi ijmo` emas; ikkinchidan, ular musulmonlardan bo`lishi shart; uchin-chidan, Janobi Payg`ambar alayhissalom vafotlaridan so`ng bo`lishi kerak, chunki hayotlik vaqtlarida barcha shar`iy masalalarda janobning o`zlariga murojaat qilingan, shuningdek, ijmo`-ittifoq ko`pchilik tomonidan bo`ladi, yakka kishidan ijmo` sodir bo`lmaydi; to`rtinchidan, ijmo` qilinadigan masala shar`iy masala bo`lishi kerak, dunyoviy masalalarda bunday ijmo` qilinmaydi.

Demak, Payg`ambar alayhissalomdan so`ng biror voqeaning hukmi Qur`ondan ham, sunnadan ham topilmasa, o`sha davrning mujtahidlaridan masalaning shar`iy hukmi so`raladi. Ularning mazkur masala yuzasidan bir fikrga ittifoqi ijmo` bo`lib, u shar`iy qonun hisoblanadi va unga itoat qilish lozim, qarshi chiqish mumkin emas. Ijmo` qilingan masala ikkinchi bor, keyingi davr mujtahidlari uchun ijtihod mavzui bo`lishi mumkin emas. Chunki ijmo` bilan sobit bo`lgan hukm qat`iy bo`lib, unga qarshi chiqish hamda uni nasx (hukmini bekor) qilish mumkin emas102.

Islomning ilk davrlarida Muhammad (SAV)ning muxlislari va iz-doshlari ijmo`ga katta e`tibor berdilar. Barcha hollarda bu tushuncha diniy-huquqiy masala bilan bog`liq ravishda belgilab berildi va ular bilan tasdiq-landi: ijmo` ulamolarning bir ovozdan roziligi olingach amalga oshirilgan.

Qiyos - fiqhning to`rtinchi manbai. Qiyos arabcha so`zdan olingan bo`lib, «taqqoslash», «solishtirish» degan ma`noni anglatadi. Bunga ko`ra, biror huquqiy masala o`ziga o`xshash ikkinchi huquqiy masala bilan taq-qoslanadi, solishtiriladi va ular bir-biriga tenglashtiriladi. Demak, bunga binoan Qur`on va Sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga o`xshash masala bo`yicha berilgan ko`rsatmaga taqqoslash yo`li bilan sharhlanadi. Qiyos faqihlar huquqini kengaytirib, shariatning turli huquqiy masalalarga tadbiq etilishiga imkon yaratadi.

Qiyosning fiqhning to`rtinchi klassik manbai sifatida e`tirof etilishi hadisga borib taqaladi. Unda hikoya qilinishicha, Muhammad (SAV) bir kuni o`z sahobalaridan biri Muoz ibni Jabal raziyiallohu anhuni Yamanga dindan ta`lim berishga yuborayotganida uning odil sudlovni amalga oshiri-shida nimalarga tayanishini so`raydi. U quyidagicha javob beradi: «Alloh-ning kitobi bilan. Agar undan topmasam, Alloh rasulining sunnati bilan. Agar undan ham topmasam, ijtihod qilaman va ijtihodda nuqsonga yo`l qo`ymaslikka harakat qilaman»103. Payg`ambar (SAV) bunday fikrni ma`-qullagan ekanlar. Ijtihod arabcha «intilish», «g`ayrat qilish» so`zlaridan olingan bo`lib, diniy va huquqiy masalalar bo`yicha mustaqil fikr yuritish prinsipidir. O`rta asrlarda faqat yirik musulmon faqihlari va ilohiyotchilari - mujtahidlar ijtihod huquqiga ega edilar. X asrda sunniylik yo`nalishidagi shariat mazhablari shakllanib, islom aqidalari ishlab chiqilgach, «ijtihod eshiklari yopib qo`yiladi», ilohiyot, huquq, axloq, ijtimoiy ta`limotda faqat ilgarigi ilohiyotchilarga taqlid qilish mumkin, deb hisoblangan. Taqlid konsepsiyasi birinchi o`ringa chiqqan. XIX asr oxiridan islom diniy ilohi-yotchilari ijtihod huquqini yana tiklaganlar, Qur`onni va islom ta`limotini yaxshi bilgan har bir musulmon ijtihod qilishi mumkin deb hisoblangan.

Shunday qilib, qiyos huquqiy atama sifatida hukmi aniq bo`lmagan masalalarni hukmi aniq bo`lgan masala bilan solishtirib, oralarida mushta-rak sabab mavjud bo`lgan suratda ikkinchi masala hukmini hukmi aniq bo`lmagan masalaga ko`chirishdan iborat. O`shanda ikkinchi masala islom qonuniga muvofiq bo`lsa, birinchi masala ham qonuniy bo`ladi yoki aksincha.

Masalan, xamr (uzum yoki xurmodan tayyorlangan ichimlik) Qur`-onda qat`iy harom deb hukm qilingan, ammo aroq va boshqa mevalar yoki o`simliklardan tayyorlangan ichimliklar haqida „nass“ mavjud bo`lmagani sababli uning hukmi (ya`ni halol yoki harom ekanligi) aniq emas edi. Qiyos orqali ular orasidan mushtarak sabab borligi, ya`ni har ikkalasi ham ichuvchini mast va irodasiz qilish xususiyatiga ega ekanligi ma`lum bo`lgani natijasida, xamrning hukmi, ya`ni haromlik aroqqa ko`chirilib, u ham xamr kabi harom deb hukm etildi.

Qiyos uslubi ayniqsa Abu Xanifa va uning izdoshlari-xanafiylar tomonidan keng asoslantirilgan. Qiyosga xanbaliylar qarshi chiqqanlar. Shialar esa qiyosni umuman huquq manbai sifatida tan olmaganlar.

Shariat musulmon huquqining asosiy manbai bo`lsa, urf-odat uning qo`shimcha, ikkinchi darajali manbalari hisoblangan. Masalan, O`rta Osiyo faqihlari tomonidan yaratilgan asarlarda mintaqa xalqlarining urf-odatlari, rasm-rusumlarining katta qismi qonunlashtirilib, shariat va islom huquqi (furu`ul-fiqh) tarkibiga kiritilgan.

Shariat birdaniga bugungi o`z mukammal shaklida yuzaga kelmagan, balki Payg`ambarimiz davridan boshlab rivojlanib borgan, turli millatlar va xalqlar urf-odatlaridan foydalanilgan holda sahobalar, tobiinlar va bu-yuk mujtahidlar ijtihodi orqali erishilgan yutuqlar orqali takammul daraja-siga ko`tarilgan. Hatto islom dinining birinchi bosqichidan johiliyat arab-lari hayotiga singib ketgan urf-odat qonunlari, masalan, muzorabat (pulni foydaga sheriklikka berib ishlatish), hakamiyat (hakamlik), salam (pishib yetilmagan don, paxta yoki boshqa narsalarni oldindan pul to`lab sotib olish), arablarda qonuniy hisoblangan olti xil nikohning ikki turi, ya`ni hozirgi qonuniy nikoh, vaqtincha nikoh va islomning asosiy qoidalariga qarshi bo`lmagan boshqa bir necha urf-odatlari qabul qilinib, islom huquqi tarkibiga kiritilgan. Ulardan ayrimlari, masalan, salamga bir oz o`zgarti-rishlar kiritilib, ayrimlari shundayligicha qabul qilingan.

Shar`iy asoslarga mos kelmaydigan bir qator urf qonunlari, masalan, ribo (sudxo`rlik), xotinni almashtirish, o`z xotinini aslzoda oilalarga yubo-rib nasl olish va noqonuniy yo`l bilan homilador bo`lib, bola tug`ilgandan keyin uning otasini belgilab olish kabi nikoh turlari bekor qilindi. A.Sh.Juzjoniy yozishicha, urf ikki xildir: biri urfi fosid - nassga zid bo`l-gan urf-odat, islom huquqida qo`llanilmaydi, ikkinchisi urfi sahih – xalq-ning nassga zid bo`lmagan urf-odatlari bo`lib, Islom qonunchiligida, ayniqsa, Abu Hanifa mazhabida katta ahamiyatga ega.

Islom huquqining asosiy manbalari, ayniqsa, Qur`onda oldi-sotdi bi-timiga doir bir-ikki oyatdan boshqa nass mavjud emas. Hadis kitoblarida ham bu sohaga tegishli hadislar soni 20 dan oshmaydi. Shunday bo`lsa ham bugun fiqh kitoblarida bu soha bo`yicha minglab masalani ko`rish mumkin. Buning sababi shundaki, Payg`ambar zamonida uluslararo muo-malot urf-odat asosida tartibga solinar edi, Payg`ambar ko`pincha urfni qabul qilib, yangi hukm bermasdi. Abu Hanifa Qur`on yoki hadis yoki sahobalardan rivoyat qilingan qavl va amal mavjud bo`lmagan holda, shu-ningdek, qiyos urfiga qarshi turganda, urf-odatga asoslanib hukm chi-qarardi.

Urfga katta e`tibor qaratish Hanafiy mazhabi rivojlanib, keng ko`-lamda tarqalishining muhim omillaridan biri edi. Masalan, savdo va tijorat bitimlari bo`yicha urf-odatga katta e`tibor qaratilgan. Bunday shartnoma-larni tuzish uchun shariat manbalarida biron ko`rsatma mavjud bo`lmagan taqdirda, Hanafiy mazhabida urfga asoslanib amal qilinadi va unga (urfga) zid bo`lgan narsa tark etiladi. Chunki Abu Hanifa nuqtai nazarida asosiy manbalardan keyin urf eng muhim qo`shimcha huquqiy manba hisob-lanadi.

Shunday qilib, islom dinini qabul qilgan xalqlarda urf-odatlar shariat qonunlari bilan bir qatorda jamoa hayotini tartibga solishda katta aha-miyatga ega bo`lgan. Va nihoyat, musulmon huquqining shariatdan kelib chiqadigan yana bir manbai xalifalarning farmon va farmoyishlari hisob-lanadi. Keyinchalik boshqa musulmon davlatlarida qonunchilik faoliyati-ning rivojlanishi bilan huquq manbai sifatida qonunlar yuzaga kelib, ularning ahamiyati tobora oshib borgan. Farmonlar va qonunlar, shuning-dek, shariat prinsiplariga zid kelmasligi lozim edi. Ular shariatni, avvalo, davlat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi va davlat hokimiyatining aholi bilan ma`muriy-huquqiy munosabatlarini belgilovchi normalar bilan to`ldirgan.

A.Sh.Juzjoniyning yozishicha, Abbosiylar hokimiyatning birinchi bosqichida imom yo xalifa islom jamoasining mutlaqul-inon rahbari, ya`ni yakka hokimi bo`lsa ham, qonun tuzish va qonun chiqarish huquqiga ega emas edi. Lekin shahar chegarasidan chiqmasdan idoriy ishlarni tartibga solish uchun muqarraralar (hujjatlar) chiqarishga haqli edi.

O`sha davrda «Qonun chiqarish huquqiga ega emaslik» nazariyasi qabul qilingan bo`lsa ham, bu nazariya ochiq suratda qonun chiqarish va ijro etish salohiyatlarini bir-biridan ajrata olmadi. Keyingi xalifalar (dun-yoviy hokimlar)ning har biri o`z mahkamalari uchun qonun tuzardilar. Ularning bunday amallari haqiqatda bir nav` qonun chiqarish bo`lsa ham, hokim farmon ravolar ularni idoriy qo`llanmalar deb atardilar. Ularcha bunday qonun chiqarish faoliyatlari faqat shariatni takmil etish va uning hukmlarini amalga oshirishga qaratilgan edi va ularning siyosiy salohiyati doirasiga kirardi. Bunday idoriy qonunlarning yaqqol misoli Usmoniy sultonlarining «qonunnomalari» edi.

Islom dunyosida qonunlar tizimini tartibga solish Usmoniylar impe-riyasida Sulton Sulaymon Qonuniy (1520-1566 yillar) davrida boshlandi. O`sha davr shayxul-islomi buyuk faqih Imodiy Muhammad Abu Suud Afandi keng ko`lamli faoliyat olib borib, Sulton Sulaymonning eng mash-hur qonunnomasi (qonunlar majmuasi)ni to`pladi. Manbalarda ta`kidla-nishicha, o`sha davrda Abu Suud Afandining yordami va rahbarligida tu-zilgan qonunlar shariatdan olingan bo`lsa ham, ularning bir qismi, ayniqsa, davlat yerlariga tegishli qoidalar ko`pincha mahalliy urf-odatlardan olin-gan edi.


5. Shariat bo`yicha fuqarolik huquqi masalalarining

tartibga solinishi
Shariat bo`yicha fuqarolik huquqi munosabatlari (muomalot) batafsil tartibga solinadi. Fuqarolik huquqiy munosabatlarining sub`yekti jismoniy shaxslar bo`lishi mumkin. Shariat yuridik shaxslarning huquqiy holatini alohida tarzda ko`rib chiqmaydi. Jismoniy shaxslar tomonidan qilingan fuqarolik-huquqiy harakat qonuniy (halol) va yo`l qo`yilgan (joiz) yoki qonunsiz, yo`l qo`yilmagan (harom) bo`lishi mumkin. Harakat, shuning-dek, shariat nuqtai nazaridan maqtovga loyiq (mustahib) va tanbehli (makruh), majburiy va majburiy bo`lmagan kabi turlarga bo`linadi.

Jismoniy shaxslarning layoqatligiga jinsi, tabaqasi, mulkiy ahvoli, ayniqsa e`tiqodi ta`sir etadi. To`liq darajadagi huquq layoqatiga va muo-mala layoqatiga mulkdor musulmon erkak kishilar, hukmron tabaqa vakil-lari ega bo`lgan. Huquqiy layoqat tug`ilishdan boshlab, meros masalalarida esa tug`ilmasdan ham avval vujudga kelgan va o`lim bilan yoki bedarak yo`qolish bilan tugagan. Yosh bolalar, 15 yoshga to`lmagan voyaga yet-maganlar, shuningdek, ruhiy kasallar va aqli zaiflar muomala layoqatiga ega emas deb hisoblangan.

Fuqarolik huquqining ob`yektini ashyolar, mulkiy, shuningdek, mul-kiy xarakterga ega bo`lmagan shaxsiy huquq (masalan, ismga ega bo`lish huquqi) tashkil etgan. Ashyolar harakatda va harakatsiz (ko`chmas), almashtiriladigan va almashtirilmaydigan, nasliy va nasliy bo`lmagan, bo`linadigan va bo`linmaydigan, iste`molga yo`l qo`yilgan va iste`molga yo`l qo`yilmaydigan, muomaladan olingan va muomaladan olinmagan bo`lishi mumkin.

Musulmon huquqida mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi nor-malar muhim o`rin tutadi. Unda avvalo mulkka ashyoviy huquq ob`yekti sifatida qarash mustahkamlangan. Musulmonlarning xususiy mulki hisob-lanmaydigan ashyolar-havo, dengiz, cho`l-dashtlar, machitlar, suv yo`llari va boshqalar alohida turkumdagi ashyolarni tashkil etgan. Shuningdek, «harom ashyolar» - vino, cho`chqa go`shti, islomga zid kitoblar va hoka-zolar ham musulmonning mulki emas deb hisoblanadi. Shu sababli arab-larning bosqinchilik yurishlari davomida ko`pincha bunday mulklar yo`q qilingan. Lekin bu yerda shuni aytib o`tish kerakki, nomusulmonlarga tegishli mol-mulklarni nobud qilish masalasida islomdagi mazhablar o`rtasida turlicha qarashlar mavjud.

Musulmon huquqshunoslari yer mulkini tasniflashtirishga katta e`ti-bor beradilar. Yer mulkchiligining quyidagi shakllari ajratib ko`rsatiladi: davlat yerlari, xususiy egalikdagi yerlar, jamoa yerlari va vaqf yerlar. Bu-lardan tashqari muqaddas yerlar ham mavjud bo`lib, ular hijoz deb atalgan. Bunga Muhammad (SAV)ning oyoqlari tekkan yerlar, ya`ni u yashagan joylar kiradi. Bunday yerlarga boshqa dindagilarning kirishi man etilgan. Bu yerlarda faqat musulmonlar yashashlari mumkin bo`lib, daraxtlarni ke-sish, ovchilik qilish mumkin emas edi va hokazo. Tarixiy va yuridik man-balarda ko`rsatilishicha, arab va boshqa musulmon mamlakatlarida ma`-lum xizmatni bajarish evaziga feodallarga beriladigan yerlar ham mavjud bo`lib, bu shartli yer egaligi hisoblangan va iqto yerlari deb yuritilgan. Bunday yerlar egasi (iqtador) o`z hokimiyati ostidagi aholidan o`z hisobi-ga o`lpon va soliqlar yig`ish huquqini olgan. Iqto vaqt o`tishi bilan meros tariqasida o`tkazila boshlangan va xususiy egalikdagi mulk bo`lib qolgan. Dastlab ichiladigan suvlar, havo singari umumiy foydalaniladigan mulk hi-soblangan. Lekin quduqlar, hovuzlar va mayda ko`llar asta-sekin yirik yer egalariga o`tib borgan. Faqat katta daryolar va ko`llar ilgarigidek jamoa va davlat mulkchilik tizimiga kirgan. Chunki buni mansabdor shaxslar nazo-rati ostida amalga oshiriladigan birgalikdagi irrigatsiya ishlarini o`tkazish zaruriyati taqazo qilardi.

Shariatda mulk huquqining vujudga kelish usullari batafsil belgilan-gan. Bunda turli mazhab vakillari turli fikrlar bildirganlar. Masalan, arab-larning ko`pdan-ko`p bosqinchilik yurishlari harbiy o`ljalarning huquqiyli-gi yoki huquqiy emasligi masalasini kun tartibiga qo`ygan va bu shariatda umumiy mulk huquqining kelib chiqish usullaridan biri sifatida tan olin-gan. Bosib olingan yerlar umumiy qoida bo`yicha davlat mulki hisoblan-gan va xalifa hamda amirlarning tasarrufiga kelib tushgan. Dushmandan o`lja qilib olingan boshqa mulklarning miqdori alohida mazhablarda turli-cha belgilangan. Bunday mulklarning bir qismi uni egallab olgan shaxsga, ikkinchi qismi davlatga, uchinchi qismi-machitlarga o`tkazilgan va hoka-zo. Shariat bo`yicha mulk huquqi meros olish, shartnoma tuzish, ashyolar-ni topib olish yo`li bilan ham kelib chiqishi mumkin. Masalan, o`z yer uchastkasidan begona ashyoni topib olgan shaxs unga nisbatan mulk huqu-qiga ega bo`lgan.

Shariatda rim huquqidan farqli o`laroq, majburiyatlarning umumiy kontsepsiyasi ishlab chiqilmagan edi. Lekin shartnoma huquqining amaliy masalalari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida har tomonla-ma ishlab chiqilgan edi. Majburiyatlar haq to`lanadigan va haq to`lanmay-digan, ikki tomonlama va bir tomonlama, muddatli va muddatsiz turlarga bo`linadi. Islom dunyosida o`ziga xos bir tomonlama majburiyatlarning - ahdlashuvlarning tarqalganligi tez-tez uchrab turadigan hodisadir.

Umuman shariatda majburiyatlarning ancha rivojlangan tizimi mav-jud bo`lgan. Majburiyatlarning kelib chiqishiga ko`ra shartnomalardan kelib chiqadigan va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan turlari bir-biridan ajratilgan. Shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar keng tarqalgan.

Shartnoma munosabatlarining sub`yekti jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar bo`lishi mumkin edi. Yosh bolalarning harakati homiylar tomoni-dan tan olinsa, qullarning harakati esa ularning egalari tomonidan ma`qul-lansa, qonuniy bo`lishi mumkin edi. Aqli zaiflar fuqarolik huquqiy muno-sabatlarining sub`yekti bo`lolmagan.

Shartnoma munosabatlarida vakillikka ham yo`l qo`yilgan. Yosh bolalarning, ayollarning, aqli zaiflarning qonuniy vakillari ularning otalari, akalari, tog`alari, erlari, homiylari bo`lganlar. Shariat, shuningdek, shaxs-larning majburiyatda almashtirishga yo`l qo`ygan. Kreditor roziligi bilan qarzdor almashtirilishi mumkin edi. Shariat bo`yicha tan olingan va hi-moya qilinadigan bitimlar shartnoma hisoblanardi.

Shariatda shartnomaga tomonlarning o`zaro bitimidan kelib chiqadi-gan aloqa sifatida qaralardi. Biroq bu tomonlarning mulkiy notengligi sha-roitlarida sof rasmiy xarakterga ega edi. Shartnoma shartlari har qanday ko`rinishda: hujjatda, norasmiy xatda, og`zaki tarzda ifoda etilishi mumkin edi. Tuzilgan shartnomalar mustahkam va o`zgarmas hisoblanardi. Qur`-onda «shartnomalarga» rioya qilish majburiyatiga muqaddas burch sifatida qaralgan: «Ular (mo`minlar) (odamlarning bergan) omonatlariga va (o`za-ro) ahdlariga rioya etuvchi zotdirlar»104 (23-Mo``minun surasi, 8-oyat).

Shartnomaning haqiqiyligi shartlari: uning qonuniyligi, ya`ni shart-nomalarning huquqqa xilof bo`lmasligi, tomonlarning o`zaro roziligi va huqiqiy layoqatliligi bo`lib hisoblangan. Amalda o`zaro aldashlar, tomon-lar irodasi ustidan kuch ishlatib shartnomalar tuzish hollari tez-tez uchrab turardi. Bu ayniqsa tutqinlik, qarz shartnomalari tuzilishida namoyon bo`lgan.

Shartnoma predmeti bo`lib shariat bo`yicha yo`l qo`yilmagan deb e`lon qilinmagan ashyolar va harakatlar bo`lishi mumkin. Masalan, oldi-sotdi shartnomasining predmeti daryolarda suzib yuradigan baliqlar, havo-da uchib yuradigan qushlar, hayvonlardagi junlar, jamoat dalalaridagi o`tlar, ayollarning suti, cho`chqa go`shti va boshqalar bo`lsa haqiqiy emas deb topilgan. Shariatda zakalat, kafolat, garov va aybona (va`dasizlik shartnomasi) majburiyatlarni ta`minlash usullari edi.

Shartnomalar, odatda og`zaki shaklda tuzilgan. Agar tomonlar uchun qimmati katta summali shartnoma bo`lsa, yozma shaklda ham tuzilishi mumkin edi. Shariatda shartnomalarning bir qancha turlari tartibga solina-di. Oldi-sotdi, qarz, hadya, ijara, ssuda, saqlash, shirkat va boshqa shartno-malar keng tarqalgan.

Savdo rivojlanishi bilan oldi-sotdi shartnomasi eng ko`p tarqalgan shartnomalardan biri bo`lib qolgan. U yozma tuzilishi, shuningdek guvoh-lar ishtirokida yoki ularning ishtirokisiz og`zaki tuzilishi mumkin edi. Oldi-sotdi shartnomasining ob`yekti bo`lib muomaladan olinmagan har qanday ashyo bo`lishi mumkin. Shariatda shafoat (shuf`at) instituti, ya`ni sotib oluvchilardan bittasining boshqalari oldida ashyolar sotib olishda imtiyozga ega bo`lishi mavjud.

Shariatda oldi-sotdi va boshqa shartnomalar haqida akademik H.Rah-monqulov qiziqarli ma`lumotlar keltiradi. Quyida shulardan parchalar keltiramiz:



Oldi-sotdi shartnomasi quyidagi turlarga bo`linadi:

«Bay-qat`iy». Ushbu shartnomaga asosan sotilgan mol-mulk oluv-chiga uning haqi to`lanmasdan oldin topshirilishi mumkin.

«Bay-jaiz». Ushbu shartnomaga asosan taraflar ma`lum va keli-shilgan muddat davomida, shartnoma bo`yicha berilgan, olingan narsalarni bir-birlariga qaytarib berish sharti ko`zda tutiladi.

«Bay-fasid». Ushbu shartnoma bo`yicha sotilgan mol-mulk uni mazmun yoki shakl jihatidan o`zgartirish yoki qaytadan uchinchi shaxsga sotish mo`ljallangan taqdirda ushbu mol-mulk uning birinchi egasi tomo-nidan o`zi sotgan narxda qaytarib olish sharti bilan tuziladi.

Oldi-sotdi shartnomasi asosan fuqarolar o`rtasida tuziladi. Shartno-maning narsasi bo`lib, turar joy, uy-ro`zg`or buyumlari, asbob-uskunalar, chorva mollari, iste`mol qilish uchun zarur bo`lgan buyumlar, mahsulotlar va boshqalar hisoblanadi. Shartnoma narsasi ba`zan tirik tovarlar - qullardan iborat bo`lishi mumkin edi.

Shartnoma bo`yicha tovarlar ko`pincha nasiyaga (qarzga) yoki haqini bo`lib-bo`lib to`lash sharti bilan sotiladi. Bunday shartnomalar yozma ravishda rasmiylashtirilmasdi ham. Ko`char mol-mulk sotilgan vaqtda shartnoma og`zaki bo`lsa ham, lekin albatta guvohlar ishtirok etishlari shart edi. Ko`chmas mol-mulk bo`yicha shartnoma umumiy qoidaga bino-an yozma shaklda tuzilib, qozi tomonidan guvohlantirilardi.

Ayirboshlash shartnomasi hunarmandlar, dehqonlar, chorvadorlar o`rtasidagi mulkiy munosabatlarda keng qo`llanilardi. Ayirboshlash savdo-garlar tomonidan ham qo`llaniladi. Ular qishloq va ovullarga turli tovarlar olib borib, ularni qishloq xo`jalik va chorva mahsulotlariga ayirboshlash bilan shug`ullanardi.

Shartnomaning narsasi bo`lib bug`doy, paxta, gazmol, chorva mol-lari, charm, jun, quritilgan mevalar va boshqalar hisoblanadi. Ko`chmas mol-mulk bo`yicha tuzilgan ayirboshlash shartnomasi qozi tomonidan gu-vohlantiriladi. Ko`char mol-mulkni ayirboshlash uchun yozma shaklda tuzilgan shartnoma talab qilinmas, lekin guvohlarning ishtirok etishi inkor etilmasdi.



Ijara shartnomasi faqat mol-mulkka emas, shaxsga nisbatan ham qo`llanadi. Shartnomaning narsasi ko`char va ko`chmas mol-mulklar hi-soblanardi. Shartnoma ko`pincha yerdan foydalanish uchun tuzilardi. Le-kin unda nazarda tutilgan shartlar dehqonni og`ir sharoitga soladigan dara-jada bo`lardi. Yerni ijaraga olgan dehqon olingan hosilning deyarli yarmini yer egasiga berardi. Shaxs ijarasi haqida tuzilgan shartnomaning mazmuni asosan ishga yollovchining xohishi bilan belgilanadi. Ishlar ko`pincha vaqtincha xarakterga ega bo`lib, mehnatni muhofaza qilish shartnomada nazarda tutilmaydi. Shartnomani buzganlik uchun javobgarlik taraflarning aybi bilan bo`lishi yoki bo`lmasligi hisobga olingan holda yuklatiladi.

Qarz shartnomasi - eng ko`p tarqalgan shartnomalardan biri. U iqti-sodiy, ijtimoiy jihatdan turli ahamiyatga ega bo`lgan munosabatlar bo`yi-cha qo`llaniladi. Ushbu shartnoma vositasida buyumni, asbob-uskunani tekinga foydalanish uchun berib turish, shuningdek, boshqa sabablar, ya`ni nasiyaga sotish, mol-mulkni ijaraga berish, pudrat va shunga o`xshash boshqa munosabatlarni amalga oshirishda ham foydalanilgan.

Download 233.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling