Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash
. Titrometrik analiz usulida turli–tuman reaksiyalar qo`llaniladi. Titrlash asosida
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
12
. Titrometrik analiz usulida turli–tuman reaksiyalar qo`llaniladi. Titrlash asosida qanday reaksiya yotishiga qarab titrometrik analiz usuli bir qator usullarga bo`linadi:1. Kislota–asosli titrlash usuli–bu usul asosida neytrallanish reaksiyasi yotadi:H+ + OH– = H2O.Kislota–asosli titrlash usuli bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba`zi tuzlarning miqdori aniqlanadi.2)Oksidlanish–qaytarilish xususiyatli titrlash usuli–bu usul asosida oksidlanish–qaytarilish reaksiyasi yotadi. Oksidlovchi moddalar eritmalari yordamida qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha. Bu usul o`z navbatida permanganatometriya, yodometriya, yodxlorometriya, serimetriya, bromatometriya, nitritometriya usullariga bo`linadi..3). Ionlarni qiyin eruvchi birikmalar ko`rinishida cho`ktirishga asoslangan cho`ktirish usullari. Bu usullar Mor, Folgard, Fayans usullariga bo`linadi...4). Ionlarni dissotsiyalangan kompleksga bog`lashga asoslangan kompleks hosil qilish usullari.Titrlashning quyidagi turlari farqlanadi:a) to`g`ri titrlash–reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma o`rtasida ketgan vaqtda titrlash;b) teskari titrlash– aniqlanayotgan eritmaga muayyan ortiqcha (ammo aniq o`lchangan) miqdordagi ma`lum konsentratsiyali eritma qo`shilgan va bu reaktivning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda titrlash;c) o`rinbosarni titrlash–ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror reaktiv o`rtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda titrlash. 13 . Titrimetrik analizda ishlatiladigan reaksiyalarga qoyiladigan talablar. 14 . Oksidlanish-qaytarilish usullariga asoslangan tirtrlash. Bu usul (oksredmetriya) oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan.Oksredmetriya usullarida ishchi eritmalari sifatida turli xil oksidlovchi va qaytaruvchilarning eritmalari ishlatiladi. Ishchi eritmalarining turlariga ko‘ra oksredmetriya usullari 2guruhga bo’linadi:Oksidimetriya oksidlovchilar bilan titrlash.Reduktometriya qaytaruvchilar bilan titrlash Oksidlovchilar eritmalari bilan qaytaruvchilar, qaytaruvchilar eritmalari bilan oksidlovchilar aniqlanadi.Taxminiy Qaytarish Usullari Ko'pchilik qaytaruvchilarning eritmalari saqlash davomida oksidlanadi, shuning uchun qaytaruvchilar eritmalari bilan titrlash noqulay.Ko‘pincha, oksidlovchilarni qaytarilgan shaklga keltirib, ularning standart eritmalari bilan titrlanadi. Masalan, Fe3+ ioni Fe2+ ioniga qaytarilib, so‘ngra permanganatometrik yoki dixromatometrik usul yordamida aniqlanadi.Taxminiy oksidlash usullari Ayrim hollarda, titrant sifatida barqaror bo'lgan qaytaruvchilar ishlatiladi. Bunday titrant yordamida qaytaruvchilarni aniqlash uchun ular oldin oksidlanadi,keyin barqaror qaytaruvchilar eritmalari bilan titrlanadi.Oksredmetriya usullari oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida bevosita qatnashmaydigan moddalarni ham aniqlash uchun ishlatilishi mumkin, masalan, kalsiyni aniqlashda, u mol oksalat kislota eritmasi ta’siridan kalsiy oksalat shakliga o‘tkaziladi. So‘ng ortib qolgan oksalat kislota kaliy permanganat eritmasi bilan titrlanadi.Oksredmetrik titrlash egri chiziqlari Titrlash davomida oksidlanish-qaytarilish potensiali o'zgarib boradi. Agar shu o‘zgarish hisobga olib borilsa va hosil bo‘lgan qiymatlar koordinata o ‘qiga qo‘yilsa, titrlash egri chiziqlari yuzaga keladi. Titrlash davomida o'zgarayotgan potensial Nernst tenglamasi yordamida hisoblanadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling