Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana28.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1022044
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
25
Cho‘ktirish asosidagi ajratish moddalarning eravchanliklari orasidagi farqqa asoslangan. 
Bunday farqlar son jihatdan eravchanlik ko'paytmasi qiymati bilan aniqlanadi. Kam eriydigan 
qandaydir cho‘kma o‘zi bilan hali eruvchanlik ko‘paytmasi qiymati cho‘kish darajasiga 
yetmagan moddani ham cho'ktirishi mumkin. Aksincha, shunday hollar ham bo’ladiki, 
boshqa sharoitda cho‘kish tezligi yetarli bo‘lgan moddalarning cho‘kishi shuncha 
sekinlashishi mumkinki, uning yordamida ajratish imkoni bo’lmaydi. Cho‘ktirish vaqtida 
amorf cho‘kmalar hosil bo'lsa, uning koagulanishi juda sekin bo’lganligi uchun ajratish 


murakkablashadi Ayrim moddalar kislotali muhitda, ayrimlari neytral, boshqalari ishqoriy 
muhitda cho‘kadi. Eritmaning pH qiymatini turli usullar yordamida boshqarish orqali 
ajratiladigan moddalarni tegishli pH qiymatlarida cho‘ktirish mumkin. Bunda moddalaming 
turli pH qiymatlaridagi eruvchanliklaridan foydalaniladi Anorganik ionlar ko'pincha 
gidroksidlar, sulfidlar, sulfatlar holida cho‘ktiriladi. Fosfatlar, karbonatlar va oksalatlarning 
selektivligi kam bo‘lganligi uchun ulardan kam foydalaniladi. Organik cho'ktiruvchilar 
qatoriga neytral komplekslar hosil qiluvchi moddalarni kiritish mumkin. Bular 
dimetilglioksim, 
a-benzoinoksim, 8-oksixinolin va boshqalar kiradi. Fenilarson kislota, n-oksifenilarson kislota 
va n-propilarson kislota to‘rt valentli metallarni kislotali muhitda cho‘ktirishda juda selektiv 
cho'ktiruvchilar hisoblanadi Birgalashib cho‘kishni amalga oshirish uchun anorganik va 
organik kollektorlardan foydalaniladi. Kollektorlar — kam eriydigan anorganik va organik 
birikmalar bo‘lib, ular zarur bo‘lgan moddalarni ushlab qolishi va xalaqit beruvchi mikro, 
shuningdek, asosiy tarkibiy qismlarni ushlamasligi kerak. Misol tariqasida mis metalidagi oz 
miqdordagi vismutni aniqlashni ko‘rib chiqamiz, chunki juda oz miqdor vismut ham mis 
o‘tkazgichining xususiyatlarini ancha yomonlashtiradi. Avvalo mis namunasi eritmaga 
o'tkaziladi, so‘ng vismut ozroq mis yoki alyuminiy tuzi bilan cho'ktiriladi. Vismut tuzlari oson 
gidrolizlanganligi uchun ularni ozroq mis (II) gidroksid bilan to’liq cho‘ktirish mumkin. 
Aralashmaga tiomochevina qo‘shilsa, mis rangsiz barqaror kompleksga bog‘lanadi, vismut 
esa sariq rangli kompleks hosil qiladi. Aralashmaga kaliy yodid qo‘shilsa, vismut sariq rangli 
BiJ4 kompleks ioniga aylanadi va uni fotometrik aniqlash mumkin. 
26
. Elektrolitik ajratish va konsentrlash Bu hodisa elektroliz jarayoniga asoslangan bo‘lib, 
tekshiriladigan modda eritmasiga ikkita inert elektrod tushirilib, ular o‘zgarmas tok 
manbaiga ulanadi, elektrolitdan o'tayotgan tok elektrodlarda (yoki elektrod yaqinida) 
moddalami ajratib chiqaradi.Distillatsion ajratish va konsentrlash Bu usul uchuvchan 
moddalarni haydashga asoslangan. Ma’lumki, moddalar turli haroratda haydaladi. Suyuq 
moddalar gazga (bug‘ga) aylanib haydalsa, ayrim qattiq moddalar suyuqlanmasdan birdaniga 
gazga aylanadi. Bu hodisa sublimatsiya deyiladi. Gaz holatiga o ‘tgan modda sovutilib, 
kondensatlanadi va ajratib olinadi. Gaz holatidagi moddalarni kondensatlashdan tashqari 
yuttirib ham ajratish mumkin. Ayrim hollarda, uchuvchan modda haydalib, qoldiq 
tekshiriladi.Agar suyuqlik aralashmasini ajratish talab etilsa, aralashmadagi har bir moddani 
o‘z qaynash haroratida ketma-ket haydab ajratish mumkin. Buning uchun rektifikatsion 


kolonnalardan foydalaniladi. Masalan, neftni fraksiyalarga ajratish bunga misol bo‘la oladi. 
Ayrim moddalar uchuvchan emas, bunday moddalarni ajratish uchun ularni uchuvchan 
holatga aylantirish talab etiladi 
27. 


28 


29 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling