Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash


. Mavzu: Ajratish va konsentrlash usullarining analizda qo‘llanilishi. Analitik


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana28.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1022044
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
17
. Mavzu: Ajratish va konsentrlash usullarining analizda qo‘llanilishi. Analitik 
kimyoda kamdan-kam hollardagina aniqlanadigan tarkibiy qismni bevosita topish va 
aniqlash mumkin. Tabiatda toza moddalar deyarli yo‘q, ko‘pchilik hollarda bir moddani 
aniqlashga ikkinchi modda xalaqit beradi. Shuning uchun xalaqit beradigan tarkibiy qismni 
aniqlanadigan moddadan ajratishga to‘g‘ri keladi. Analiz jarayonida bir moddani aniqlashga 
ko‘pincha ikkinchi modda xalaqit beradi. Shuning uchun xalaqit beradigan tarkibiy qismni 
aniqlanadigan moddadan ajratishga to‘g‘ri keladi. Xalaqit beruvchi tarkibiy qismni 
aniqlanadigan moddadan ajratishning ikki usuli mavjud; ➢ birinchisi, xalaqit beruvchi qismni 
tekshiriladigan eritmaning o‘zida niqoblash; ➢ ikkinchisi, uni tekshiriladigan eritmadan 
chiqarib olish. Ajratish usullarining umumiy tavsif. Agar tekshiriladigan obyekt tarkibidagi 
moddalar
bir-birini topish va aniqlashga xalaqit bersa, ularni bir-biridan kimyoviy, fizik yoki fizik-
kimyoviy usullar yordamida ajratish mumkin. Kimyoviy ajratish usullarida ajratish uchun 
biror yordamchi reagent tekshiriladigan qo‘shiladi.Bunda cho'ktirish, komplekslash, 
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridan biri yoki bir nechasi natijasida moddaning bir qismi 
ikkinchifazaga (cho'kma, gaz, niqoblanish holati) o‘tadi. Ajratish uchun yana filtrlash, 
sentrifugalash, haydash, kristallash va boshqalar ishlatilishimumkin. Fizikaviy va fizik-
kimyoviy usullarda tekshiriladigan modda biror ta ’sir tufayli ikki fazaga ajratilishi mumkin. 
Masalan, qattiq modda - eritma; qattiq modda - gaz; eritma - gaz; eritma I - eritma II va hokazo. 
Ajratish jarayonida muvozanat o‘rnatilishi uchun har ikkala faza astoydil aralashtiriladi. 
Buning natijasida birinchi fazadagi bir yoki bir necha modda ikkinchi fazaga o‘tadi. Bunda bir 
fazadan ikkinchisiga o‘tkazishning imkon boricha to‘liq bo‘lishiga e’tibor beriladi va 
aniqlanadigan tarkibiy qism bir fazada, xalaqit beruvchi tarkibiy qism ikkinchi fazada bo‘lishi 
zarur. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling