Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash


. Ajratish usullarining umumiy tavsifi


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana28.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1022044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2
. Ajratish usullarining umumiy tavsifi. Agar tekshiriladigan obyekt tarkibidagi moddalar 
bir-birini topish va aniqlashga xalaqit bersa, ularni bir-biridan kimyoviy, fizik yoki fizik-
kimyoviy usullar yordamida ajratish mumkin. Kimyoviy ajratish usullarida ajratish uchun 
biror yordamchi reagent tekshiriladigan eritmaga qo‘shiladi. Bunda cho'ktirish, komplekslash, 
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalaridan biri yoki bir nechasi natijasida moddaning bir qismi 
ikkinchi fazaga (cho'kma, gaz, niqoblanish holati) o‘tadi. Ajratish uchun yana filtrlash, 
sentrifugalash, haydash, kristallash va boshqalar ishlatilishi mumkin. Fizikaviy va fizik-
kimyoviy usullarda tekshiriladigan modda biror ta ’sir tufayli ikki fazaga ajratilishi mumkin. 
Masalan, qattiq modda - eritma; qattiq modda - gaz; eritma - gaz; eritma I - eritma II va hokazo. 
Ajratish jarayonida muvozanat o‘rnatilishi uchun har ikkala faza astoydil aralashtiriladi. 
Buning natijasida birinchi fazadagi bir yoki bir necha modda ikkinchi fazaga o‘tadi. Bunda bir 
fazadan ikkinchisiga o‘tkazishning imkon boricha to‘liq bo‘lishiga e’tibor beriladi va 
aniqlanadigan tarkibiy qism bir fazada, xalaqit beruvchi tarkibiy qism ikkinchi fazada bo‘lishi 
zarur. Ajratish usullari kristallash, bug‘latish, haydash, ekstraksiya, sorbsiya, ion almashinish 


usullarini o‘z ichiga oladi. Ekstraksion ajratish ko‘pincha kimyoviy usul – komplekslash 
reaksiyalari bilan bog‘liq holda o‘tkaziladi. Kristallizatsiya usulida aniqlanadigan modda 
qattiq holda bo‘lishi muhim, chunki bug‘latish davrida aniqlanadigan moddaning uchib 
chiqadigan qismi tashlab yuboriladi, uni to‘plab olish ancha murakkabdir. Kristallash, asosan, 
tarkibi aralashmalardan toza bo‘lgan cho‘kma olish uchun ishlatiladi. Analizning aniqlik 
darajasi ajratishning samaradorligiga bog‘liq. Ajratishning samaradorligini baholash uchun 
ajratish darajasi va ajratish omili tushunchalari kiritilgan. Ajratish darajasi (Rc) ajratilgan 
tarkibiy qism miqdorining (QA) uning namunadagi dastlabki miqdoriga (QAo) nisbatiga teng: 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling