Argentometriyada ekvivalent nuqtani aniqlash


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana28.12.2022
Hajmi1.62 Mb.
#1022044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
3
. Flotatsion ajratish moddalarning turlicha ho‘llanishiga asoslangan. Masalan, metallarning 
sulfidlari, oltingugurt va boshqalarning mayda zarrachalari gidrofob (suv yoqtirmas) bo’lib, 
suvda ho’llanmaydi. Agar maydalangan metall sulfidi bo’lgan tog’ jinsi suvga solinsa, u suvda 
yaxshi ho'llanadigan silikatlardan ajraladi va suvning yuzasida qoladi. Agar ajratiluvchi 
moddalar kuchli detergentda (ko‘pirtiruvchi modda) havo yordamida ko’pirtirilsa, ajratiluvchi 
zarrachalar ko‘pikda yig’iladi. Flotatsiyada ajratish uchun faqat suv emas, balki turli moylar 
ham ishlatiladi. Ayrim moddalami maxsus reagentlar yordamida ho’llanmaydigan holatga 
aylantiriladi . Bunday reagentlarga flotatsion reagentlar deyiladi. . Flotatsion reagentlar 
qatoriga turli organik kislotalar, ulaming tuzlari, suvda eravchan ksantogenatlar (ditiokarbon 
kislota R-O-CS-SH qoldiqlari), ditiofosfatlar va boshqalar kiradi. Flotatsion reagentlar 
qatoriga turli organik kislotalar, ulaming tuzlari, suvda eravchan ksantogenatlar (ditiokarbon 
kislota R-O-CS-SH qoldiqlari), ditiofosfatlar va boshqalar kiradi 
4
. Kompleksonlar Aminopolikarbon kislotalarning turli hosilalariga kompleksonlar deyiladi. 
1945 yilda Gerold Shvarsenbax bu birikmalardan titrant sifatida foydalanishni taklif etgan. 
Ularning eng oddiysi nitriltriatsetat kislota bo‘lib, unga, komplekson I deyiladi. Analitik 
kimyoda etilendiamintetraatsetat kislota (komplekson II, EDTA-H) va uning natriyli tuzi 
(komplekson III, trilon B, EDTA), ayniqsa, keng qo’llaniladi. EDTA-H va uning natriyli tuzi 
polidentant ligand hisoblanadi. Komplekson II to‘rt negizli kislota bo‘lib, u ikkita azot atomi 
bilan birgalikda geksadentant liganddir. Kompleksimetrik titrlash davomida eritmadagi 
ionlarning konsentrasiyalari o‘zgaradi. Agar o'zgarayotgan konsentrasiyalar o‘lchab borilsa va 
koordinata sistemasida aks ettirilsa, titrlash egri chizig‘i hosil bo‘ladi. Kompleks hosil qilish 
reaksiyalari eritmaning pH qiymatiga bog‘liq bo‘lganligi uchun pH hisobga olinishi zarur
chunki pH komplekslarning barqarorligiga katta ta ’sir ko'rsatadi Ekvivalent nuqtani topish 
uchun metalloxrom indikatorlar deb ataladigan, organik bo'yoqlar oilasiga mansub moddalar 
ishlatiladi. Bu indikatorlar yorqinligi yuqori rang hosil qilganligi uchun 10 -6^ - 10-7 M 
konsentrasiyagacha o‘z rangini saqlaydi. Bunday indikatorlarga erioxrom qora T, mureksid, 
kalmagit, ksilen sarig'i va boshqalar kirad 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling