Arifmetik vektorlar va ular ustida amallar
Reja:
n o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo. Arifmetik vektor haqida tushuncha
Arifmetik vektorlar va ular ustida amallar
Vektorlar sistemasi
Koshi-Bunyakovskiy tengsizligi. Vektorlar orasidagi burchak. Uchburchak tengsizligi
Vektorlar chiziqli kombinatsiyasi. Chiziqli tenglamalar sistemasini vektor tenglama shaklida yozish
Vektorni berilgan vektorlar sistemasi bo`yicha yoyish
Chiziqli bog`liq va chiziqli erkli vektorlar sistemalari
1. n o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo. Arifmetik vektor haqida tushuncha
O`rta maktab matematika kursida real fazo vektorlari – yo`nalishli kesma shaklida tasvirlanishi mumkin bo`lgan geometrik vektorlar va ular ustida amallar o`rganilgan edi. Maktab kursida real (bir, ikki va uch o`lchovli) fazo vektorlari va nuqtalari orasida o`zaro birga-bir moslik borligini uqish muhimdir. Real R3 fazo tushuncha va elementlarini ixtiyoriy n (n ≥ 4, n N) o`lchovli fazo uchun yoyish yoki umumlashtirish mumkin. n o`lchovli haqiqiy fazo abstrakt - to`qima tushuncha bo`lib, uning vektorlarini yo`nalishli kesma – geometrik vektor shaklida emas, balki arifmetik ifodalash mumkin.
n o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo tushuncha va elementlari murakkab, xususan iqtisodiy jarayonlarni matematik tekshirish imkonini be-radi.
n o`lchovli haqiqiy arifmetik fazo deb, mumkin bo`lgan barcha n ta haqiqiy sonlarning tartiblangan tizimlari to`plamiga aytiladi va Rn yozuv bilan belgilanadi.
Har bir alohida olingan x = (x1, x2, …, xn) tizim Rn fazo arifmetik vektori yoki nuqtasi deyiladi. x1, x2, …, xn haqiqiy sonlarga x vektor yoki nuqtaning mos koordinatalari yoki komponentlari deyiladi. Tizim koordinatalari soni n esa x arifmetik vektor yoki nuqta o`lchovi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |