Article · June 019 citations reads 3,872 author
To‘rkun, tevana, min, sin, to‘ramoq
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
oltin bitiklartogayevmaqolasi 1
To‘rkun, tevana, min, sin, to‘ramoq kabi qadimiy o‘z
so‘zlarimiz vaqt kechgan sayin, buni tashuvchi til egalari, yoshi ulug‘ kishilarimiz o‘tgan sari shevalarimizdan ham asta-sekin yo‘qolishga yuz tutmoqda. Ularni asrab qolish, tilimizning faol bo‘lmasa-da, bir lug‘atiga aylanishini ta’minlashimiz zarur. Bu ish birinchi navbatda filolog mutaxassislar, yozuvchi-shoirlar, jurnalistlarimizning ishi. O‘zbek shevalariga doir jiddiy lug‘atlar nashr qilinganiga qariyb yarim asr bo‘lmoqda. Bu sohadagi ilmiy tadqiqotlar noyob bo‘lib qoldi. O‘zbek tilshunosligining shevashunoslik (dialektologiya) sohasini qayta rivojlantirish, tilimizdagi sheva so‘zlarni to‘plash, tadqiq etish, o‘zbek xalq shevalari lug‘atlarini yangidan nashr etish, xalq shevalari leksikasi hisobiga adabiy tilimizni boyitib borish oldimizdagi g‘oyat muhim vazifalardan bo‘lmog‘i zarur. Kamchilik, nuqson, qusur, zarar yonida min (mun) ishlatilsa, 65 Turkiy yodgorliklar tili o‘zbek shevalarida qizning ota uyi, mahallasi ma’nosida uning o‘rnini bosolmaydigan so‘zlar bo‘lmagan mahalda to‘rkunni qo‘llasak, burunga taqiladigan sirg‘a – lotiba, jo‘b (mos, muvofiq), sin (gavda), saldam (inersiya), to‘ramoq (yaralmoq), mondimoq (yolchimoq, rivoj topmoq) singari so‘zlarimizni o‘rinli ishlatsak, tilimiz jozibasi, husni-chiroyi, boyligi yana-da oshar edi. O‘zbek tilining alohida fan sifatida o‘rganilayotgan o‘zbek adabiy tili, o‘zbek tili tarixi va o‘zbek shevashunosligi aslida o‘zaro bog‘langan holda o‘qitilishi, tadqiq etilishi lozim, chunki ular bir- birini boyitish, to‘ldirish uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘zbek shevalari materiallari o‘zbek tili tarixi uchun ham, o‘zbek adabiy tili uchun ham til tarixining taraqqiyot yo‘llarini belgilash, aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling