Arxeologiya va etnologiya asoslari” (etnologiya) fanidan O`quv-uslubiy xarita etnologiyaga kirish va tarixi reja


Download 0.98 Mb.
bet23/43
Sana01.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1315698
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
Bog'liq
arxeologiya va etnologiya mavzusida r

1. SHIMOLIY AMERIKANING TUB AHOLISI
So`nggi chorak asr davomida to`plangan arxeologik ma`lumotlar Shimoliy Amerika hududida ketma-ket izchil almashib, taraqqiy qilib kelgan hindilar jamiyatining taxminan o`n bir ming yillik tarixini aniqlab olish imkonini yaratdi. Arxeologlar qit`ada ikkita eng qadimiy paleohindi madaniy an`analarini aniqlaganlar:
1) Markaziy dasht mintaqada j oylashgan yirik qush o vchilari madaniyati;
2) Shimoli-g`arbiy Tinch okeani ovchi-terimchilari kordiler madaniyati. Bu madaniyatlar miloddan avvalgi VIII ming yillikkacha davom qilib kelgan va butun qit`aga tarqalgan turli lokal madaniyatlarning negizini hosil qilgan.
Ayniqsa, hindilar tarixi qit`aning sharqiy qismi va janubi-g`arbida Shimoliy Amerikaning o`rmon zonasida (hozirgi Arizona va Nyu-Meksiko shtatlarida) jiddiy o`rganilgan. Ayni shu yerda hozirgi tarixiy va etnografik manbalarga kirgan yuksak darajadagi madaniyatli Shimoliy Amerika hindi qabilalarining shakllanish markazi bo`lgan va ularning keyingi taraqqiyotiga zo`r ta`sir ko`rsatgan. Sharqiy o`rmon zonasida yashagan hindilarning tarixiga oid uchta davr aniqlangan. Bu birinchidan, mo`tadil iqlimli o`rmon va suv havzalari mahsulotlarini ovlab, yig`ib-terib o`zlashtirish xo`jaligiga ega bo`lgan arxaik davr (eramizdan avvalgi VIII-I ming yilliklar), shu zaminda paydo bo`lgan ikkinchi madaniyat janubiy Kanadadan to Meksika bo`g`ozigacha, Atlantikadan to Amerika dashtlarigacha katta hududga tarqalgan vudlend madaniyati ilgarigi madaniy an`anani davom qildirib, qo`shimcha dehqonchilik va kulolchilik bilan ajralib turadi (eramizning VII asrlariga kelib, ayniqsa, Ogoyo daryosining vohasida, bu madaniyat nihoyatda gullaydi va dasht hududlarda X asrgacha, shimoli-sharqiy qismida yevropaliklar kelguncha saqlangan). VII asrning oxirlaridan boshlab madaniyat markazi asta-sekin Missisipi daryosining o`rta va pastki oqimi vodiylariga va Meksika bo`g`ozi sohillariga ko`cha boshlaydi. Missisipi madaniyati deb atalgan bu davr (VII-XV asrlar) ilgarigi madaniy yutuqlarni o`zida mujassamlashtirgan o`troq dehqonchilik xo`jaligi, qal’ali shahar va qo`rg`onlar, ibodat va saroy tipidagi inshootlar bilan ajralib turadi. Vudlend madaniyatidan missisipiliklar o`zining sopol mahsulotlaridagi yangi shakldagi naqshlar, yog`och, tosh va chig`anoqlardagi yuksak badiiy o`ymakorlik va naqqoshlik san`ati, metall buyumlar yasash mahorati bilan ham farq qilganlar.
Demak, yevropaliklar kelguncha Shimoliy Amerikada hindilar yuksak madaniyat yaratganlar. Albatta, hindilar jamiyati bu davrda sinfiy tuzumga o`ta boshlagan. Tadqiqotchilar bu davrni ikki muhim bosqichga bo`ladilar: eng rivojlangan ibodat qo`rg`onlarini tiklash bosqichi (VII-XII asrlar) va qo`rg`on inshootlarining periferiya hududlariga tarqalish bosqichi, ya`ni yuksak hindi madaniyatining boshqa sharqiy o`rmon zonasi va dasht daryo vodiylariga zo`r ta`sir qilib, o`z hukmronligini to`liq o`rnatgan bosqichi (XII-XV asrlar). Mazkur madaniyat mahalliy an`analar bilan aralashib, o`ziga xos rivojlangan hindi dehqonchilik xo`jalik tipini hosil qilgan edi.
Arxeologik tadqiqotlarga qaraganda, Shimoliy Amerikada tlchqonchilik dastavval miloddan avvalgi III ming yillikda janubi-g`arbiy hududlarda paydo bo`lgan. Shu asosda arxeologlar «kochiz», «monolon», «xoxokam» va «anasazi», deb atalgan hindi madaniyatining lokal tiplarini ajratadilar. Eng birinchi dehqonchilik madaniyatini Shimoliy Amerikada kochizliklar yaratgan bo`lib, ular tlastlab makkajo`xori, keyinroq qovoq va lobiyo ekkanlar.
Kochizliklar yovvoyi o`simliklar yig`ish va ovchilik bilan ham shug`ullanganlar, g`orlarda yashaganlar.
I ming yillikka kelib kochiz madaniyati asosida makkaning yangi navlarini yaratganlar, yerto`lalarga ko`chgan va to`rtburchak doirasimon uylardan iborat qishloqlarga ega bo`lgan mogolon (miloddan avvalgi III asr – milodning XV asrlari) madaniyati paydo bo`ladi. Arizonaning janubi-g`arbiy qurg`oq hududlarida takomillashgan sug`orishga asoslangan dehqonchilik tizimi yaratilgan, o`ndan ortiq makka turlari, paxta, qovoq, lobiyo, tamaki, qalampir yetishtirgan xoxokam madaniyati (I-XVI asrlar) yana ham yuqori darajaga ko`tarilgan. Ularning loy va toshdan qurilgan katta (jamoa) uylardan tashkil topgan yaxlit qishloqlari (ispanlar «pueblo» deb ataganlar) zo`r mahorat bilan yasalgan badiiy sopol buyumlar va haykalchalar, paxta ip gazlamalar to`qish san`ati Markaziy Amerika hindilarining yuksak madaniyatga erishganligidan dalolat beradi. XIV asrga kelib birdaniga bu ma-daniyat vakillari butunlay yo`qolib, faqat bo`m-bo`sh pueblo (qishloq) larini va toshdan ishlangan ko`ptarmoqli sug`orish inshootlarini qoldirganlar, xolos.
Xoxokam va mogolon madaniyatidan 300-700 yillar keyin paydo bo`lgan anasazi nomli rivojlangan dehqonchilik madaniyati ancha takomillashgan va qo`shni elatlarga zo`r ta`sir o`tkazgan. Mazkur madaniyat izlari hozirgi AQSHning Arizona, Nyu-Meksika, Yuta va Kolorado shtatlarida va qo`shni vohalarda topilgan. Anasazi madaniyati tarixi ikki davrga: «rivojlangan pueblo» (milodning VII-X asrlari) va «buyuk pueblo» (X-XIII asrlar)ga bo`lingan. Birinchi davr hindilari makka, qovoq, lobiyo, paxta ekkanlar, ilgarigi savat idishlari o`rniga geometrik ornamentli sopol idishlar yaratganlar, ko`pxonalik (6-14 hujayrali) toshdan va xomg`ishtdan katta uylar tiklaganlar.
«Buyuk pueblo» davrida qurilish texnikasi yana ham yuksak darajaga ko`tariladi. Hindilar bu davrda ko`p qavatli va ko`pxonali ming va undan ham ko`p kishi sig`adigan katta uy (asli shahar)lar tiklaganlar. Bunday bir uydan tashkil topgan shaharlar qumtosh yoki tuf qoyalarda, daryolarning katta daralarida paydo bo`lgan. Ular asosan, Kolorado va San-Xuan daryolarining daralarida qurilgan. Ba`zan tabiiy g`orlardan ham foydala nilgan. Oilalar ko`paygan sayin xonaga xona qo`shilib ari uyasidek shahar kattayib boravergan. Bunga Kolorado darasidagi 200 xonalik va 36 ibodatxona (kiva)lik «qoya ko`shki» (XI asr) xarobalari va hozirgacha saqlanib qolgan Chaka darasidagi (XII asrga oid) devor bilan o`ralgan 650 hujrali va markazida 20 ibodatxonasi bor hovli-qasr ham misol bo`ladi. Ammo XII asrga kelib, hindilar o`zlarining qoya uy-qasrlarini tashlab tekis adirlarga ko`chib, hovli-qishloqlarini tiklay boshlaganlar.
Mazkur arxeologik kashfiyotlar XIX asr oxirlari XX asr boshlarida g`arb fanida tarqalgan hindilar madaniyatini kamsitish, ularni mustamlaka arafasida nihoyatda ibtidoiy darajada turgan qoloq qabilalar, degan fikrlarini butunlay rad qildi. Aniq bo`ldiki, Shimoliy Amerikaning tub aholisi qit`a kashf etilishidan va mustamlaka qilinishdan oldin uzoq va murakkab yuksak madaniyat yaratgan davrni bosib o`tgan jihatdan tasdiqlandi. Mustamlaka arafasida, ya`ni XV asr oxirlarida Shiraoliy Amerikaning hindi aholisi taxminan 9-10 million kishiga yetgan va juda ko`p turli tildagi qabila va elatlardan iborat bo`lgan`9.
Mahalliy hindilarning xo`jalik faoliyati ham turli xilda bo`lib, olimlarning aniqlashiga qaraganda, o`sha davrda Shimoliy Amerikada olti xo`jalik madaniy tiplari tashkil topgan.
Hindi qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ham turli darajada bo`lgan. Ularning ko`pchiligi mustamlaka arafasida ibtidoiy jamiyat tuzumining turli pog`onasida, qit`aning janubi-sharqiy va g`arbiy qismida qabilalar sinfiy jamiyatga o`tish darajasida bo`lganlar. XV asr oxirlaridan Shimoliy Amerikada oqtanliklar, ya`ni yevropaliklar (asosan, Fransiya, Ispaniya, Gollandiya va Angliyadan) kelishi bilan mustamlaka davri boshlanadi. XVIII asr boshlarida esa qit`aga ko`plab negrlar keltirilishi bilan Shimoliy Amerikaning etnik qiyofasi tubdan o`zgara boshlaydi.
Mustamlaka arafasida yuqorida aytganimizdek, hozirgi AQSH hududida 400 ga yaqin hindi qabilalari yashagan. Ular 200ga yaqin lilda gapiradigan 2-3 millionlik turli elat va qabilalar bo`lib, mustamlakachilarga jiddiy qarshilik ko`rsatganlar. Hindilarning barcha qarshilik va qo`zg`olonlari vahshiyona bostirilgan. Oqibatda minglab hindilar qirilgan, serunum yerlaridan haydalgan, qulga aylantirilgan.
XIX asr oxirlariga kelib hindi qabilalarining ko`pchiligi tor-mor qilinib, to`liq bo`ysundirilgan va rezervatsiyalarga joylashtirilgan edi. XV asrda jatni 15-20 mln. hindilar yashagan bo`lsa, hozir Shimoliy Amerikada yashovchi tub aholining soni 1,5 milliondan ortiq20.
Ammo hindilar o`z huquqlari uchun doimo kurashib kelmoqda-lar. Ayniqsa, so`nggi o`n yilliklarda ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi kuchaydi, oqibatda hihdilar masalasi mamlakatning eng muhim siyosiy masalalaridan biriga aylandi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling