«Arxitektura va qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari» kafedrasi
Loyiha ishining ketma - ketligi va hajmi
Download 2.2 Mb.
|
Kurs ishini uslubiy ko\'rsatmasi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini loyihalash qoidalari.
Loyiha ishining ketma - ketligi va hajmi.
Loyiha ishining chizmasi A2 vatman varag‘ida bo‘ladi. Tushuntirish varag‘ida oqova suvlarni oqizish tizimi va tasvirlari, oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini hisoblash, quvur materiali va biriktirish hamda quvurlarning tag qismi uchun asoslar va inshootlar tuliq yoritilgan bo‘lishi kerak. Loyiha ishining chizmasi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: - bosh rejasida oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining joylashishi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak M 1:10000, 1:5000; - bosh va yon kollektorning bo‘ylama kesimi M 1:10000, 1:5000 va 1:100; - hamma chizmalar me’yoriy xujjatlar asosida va talablariga javob berishi kerak. Loyiha ishining tushuntirish xatida quyidagi hisoblash ishlari bo‘lishi kerak: - kvartallardan hosil bo‘ladigan oqova suv sarflari - sanoat korxonalaridan hosil bo‘ladigan oqova suv sarflari - shahar bo‘yicha umumiy oqova suvlar sarfi - oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining hisobli uchastkalaridagi oqova suv sarflari - bosh va yon kollektorlarning gidravlik hisoblari - barcha hisoblash ishlari me’yoriy xujjatlar asosida bajarilishi kerak Tashqi oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini loyihalash qoidalari. Bajariladigan loyihalar zamonaviy texnik talablarga javob berishi kerak, tadbiq etilishiga, qurilishga industrial ishlab chiqarish uslublarini, tizimlarni qurilish va foydalanish texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlari loyihada qabul qilingan texnik yechimlarga bog‘liq. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining loyihasini ishlab chiqishda dastlabki aholi punktining turar joy rejasi sanoat korxanasi uchun esa bosh reja hisoblanadi. Oqova suvlarni oqizish basseynlari deb suv bo‘linish chizig‘i bilan chegaralangan mintaqaga aytiladi. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarini loyihalash asosiy xujjatlardan biri aholi punktining loyihasi, sanoat korxonasi uchun esa korxonaning bosh rejasi hisoblanadi. Oqova suvlarni oqizish mintaqasining chegarasi aholi yashash joylarini o‘z ichiga oladi. Loyihalash mintaqani oqova suvlar yig‘ish basseynlarini aniqlashdan boshlanadi. Keyin tabiatni muxofaza qilish qumitasi va Davlat sanitar epidemeologiya xizmat, suv, baliq nazorat organlari bilan tozalash inshootiga va xavzaga qo‘shish uchun joy tanlanadi. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlari yer nishabligiga yaqin nishabliklar bilan yer relefining past tomoniga qarab yotqiziladi. Oqova suvlar o‘zioqar tarmoqlar orqali yig‘ish kollektoriga jo‘natiladi. Do‘ngliklarni yengish, tarmoqlarni nihoyali quvurlarda odatda chuqurlashib ketishini oldini olish, oqova suvlarni uzoq masofalarga oqizish uchun nasos shaxobchalari joylashtiriladi. Ayrim hollarda chuqur kollektorlar qullanishi iqtisodiy afzal. Ko‘cha oqova suvlarini oqizish tarmoqlari kvartallarning past sathli tomonidan joylashtiriladi. Yer relefi tekis paytda kvartallarning bir necha tomonlarida joylashtirish mumkin. Eni 30 m dan ortiq keng ko‘chalarda ikkita parallel oqova suvlarni oqizish tarmoqlari yotqizilishi mumkin. Kommunikatsiyalar soni ko‘p bo‘lganda ularni yirik tunnellarda, joylashtirish mumkin. Bu ularni ta’mirlashga qulaylik yaratishi mumkin. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlari shikastlansa boshqa kommunikatsiyalarni, binolarning asoslarini, himoya qilish uchun quyidagi 1 – jadvalda keltirilgan masofalarni saqlanishi zarur. Suv ta’minoti quvuri orasida masofa 0,4 metrdan ortiq, agar ostidan o‘tsa 6 m g‘ilofga sof gil tuproqlarda va 20 m filtrlanuvchi tuproqlarda. Bosimli oqova suvlarning quvurlari parallel joylashgan paytda orasidagi masofa 0,7 metr, 300 mm da 1 metr 1000 mmda va 1,5 m undan ortiq diamaetrda . Bosh kollektorga va mintaqa kollektorlariga trassa tanlanadi, nasos shaxobchalari o‘rnatish zaruriyati bo‘lsa ularga joy tanlanadi va oqova suvlarni oqizish shakli yaratiladi. Bosimli oqova suv tarmoqlariga nisbatan boshqa tarmoqlarning joylashish masofasi keltirilgan №1
Quvurlarning yondan ulanishlarining burchagi 90° dan oshmasligi kerak. Sath quduqlarida bu burchak ahamiyatga ega emas. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarida, burilishlarda, diametr, nishablik o‘zgargan joylarda, yondan ulanish joylarida va to‘g‘ri uchastkalarda ma’lum masofalarda quduqlar o‘rnatiladi. Buriilish radiusi quvur diametriga teng qabul qilinadi. Katta diametrli (>1200 mm) kollektorning burilishi besh diametrdan ortiq bo‘lishi zarur. Bunda burilish boshida va oxirida quduq o‘rnatiladi. To‘g‘ri uchastkalarda quduqlar orasidagi masofalar quvur diametriga bog‘liq va 2 – jadvalda keltirilgan. Quvur diametriga bog‘liq holda quduqlar orasidagi masofani aniqlash Jadval №2
Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling