«Arxitektura va qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari» kafedrasi
Oqova suvdarni oqizish tarmoqlarini gidravlik hisoblash
Download 2.2 Mb.
|
Kurs ishini uslubiy ko\'rsatmasi 2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining bo‘ylama qirqim loyihasini tuzish.
- Adabiyotlar ro‘yxati
Oqova suvdarni oqizish tarmoqlarini gidravlik hisoblash.
Tashqi oqova suvlar oqizish tarmoqlari oqova suvlarni qabul qilib olish va chiqarish uchun muljallangan, kesimi har xil tasvirli yer osti quvur va kollektorlardan iborat. Yig‘ma temirbetonli elementlarni keng qullash va qurilishni jadallashtirish talablariga asoslanib hozirgi kunda aylanali, oqova suvlarni katta miqdorini chiqarish uchun turtburchakli yopiq kollektorlar qurilayabdi. O‘zi oqar kollektorlarda suv harakati barkaror va notekisdir. Buning sababi borgan sari kollektorlarga yon kollektorlardan oqova suvlarning qo‘shilishidir. Oqova suvlarning hosil bo‘lishi kecha-kunduz, yil hattoki soatlar davomida notekisdir. Shuning uchun kollektorlarni gidravlik hisoblash uchun bir uchastka davomida oqova suvlar miqdori o‘zgarmas deb qabul qilishadi. Uchastka bo‘ylab tushadigan miqdorni kollektor boshlanishida qo‘shiladi deb taxminlashadi. Oqova suvlar suspenziya va kolloidlar bilan tuyingan polidispers tizimni tashqil qiladi. Oqova suv tarkibidagi muallak moddalar va kolloidlar ulushi oshgan sari oqova suv xossalari, toza suv xossalarining farqi tobora oshib boradi. Oqova suv tarkibidagi iflosliklar ulushi o‘zgarib turadi, bu o‘zgarishlar hattoki bir uchastka bo‘ylab yil, kecha-kunduz davomida ruy beradi. Oqova suvlar oqizish tarmoqlarini gidravlik hisoblashda quyidagi tenglamalardan foydalanishadi. Sarf tenglamasi. , m3/s (18) bu yerda: - oqim harakati tezligi, m/s - jonli qirqim yuzasi, m2 tezlikni aniqlash uchun Shezi tenglamasi m/s (19) bu yerda: - gidravlik nishablik, m - gidravlik radius, m - Shezi koeffitsienti Pavlovskiy tenglamasiga binoan. (20) bu yerda: – daraja ko‘rsatkichi, m da - g‘adir – budurlik koeffitsienti. Gidravlik nishablik Darsi tenglamasi yordamida aniqlanadi. (21) bu yerda: - erkin tushish tezlanishi, m/s2 - darsi koeffitsienti Tarmoqning gidravlik hisoblash jadvali.№18
Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining bo‘ylama qirqim loyihasini tuzish. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining bo‘ylama tasvirlarini loyihalash, birlashtiradigan quduq va kameralarga quvurni ulash joyidagi sath va nishablik, tarmoqni boshlang‘ich joylashish chuqurligi deb ataladigan kolektorni bo‘ylama kemini to‘zishdan iborat. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining yotqizishni balandlik tasvirlarini loyihalashda shularga intilishi, ya’ni o‘zini – o‘zi tozalsh tezligini albatta saqlash va tarmoqda katta chuqurlik bo‘lmasligi kerak. Dastlabki bo‘ylama qirqimda loyihalanish lozim bo‘lgan tarmoqlarning yer sathlari belgilanadi. Qirqimda rejadagi hisobli nuqtalar, uchastka uzunliklari tabiiy va sun’iy tusiqlar ko‘rsatiladi. So‘ngra quvurlarning boshlangich chuqurligi aniqlanib, eng chuqur va eng uzun kollektor tanlanadi. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining bo‘ylama qirqim loyihasi boshlang‘ich chuqurliklarni, nishablik, sathlarni quvurlar ulanish joylarini quduqlarni, belgilash va aniqlashdan iborat. Bo‘ylama qirqim gidravlik hisoblash asosida chiziladi. Bo‘ylama qirqimda fakat hisobli nuqtadagi quduqlar ko‘rsatiladi. Hisobli nuqtalar, kollektorning sarf, nishablik, diametr o‘zgaradigan joylar xisoblanadi. Bo‘ylama qirqim loyihasini to‘zishda oqova suvlar tarkibidagi muallaq moddalar chukmaga tushmasligini ta’minlaydigan tezliklar qabul qilinadi. Tezlik borgan sari o‘sib borishi lozim. Quvur nishabliklarini imkoni boricha yer nishabiga qarab tanlashadi. Bo‘ylama qirqimda yerning, quvurning sath ko‘rsatkichlari, quvur materiali va asosi, burilishlar, diametr, nishablik, oralik masofalar, tezlik, nisbiy sath va boshqa ko‘rsatkichlar keltiriladi. Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining yo‘nalishi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab utkaziladi. Yo‘nalish, nishablik yoki quvur diametri o‘zgargan joylarda va yon kollektorlar ulangan joylarda quduqlar urnatiladi. To‘g‘ri yo‘nalishdagi uchastkalarda diametri 150 mm da har 35 m da, 200 – 450 mmda har 50 m da 500 – 600 mm da har 75 m da, 700 – 900 mm da har 100 m da kuzatuv quduqlari urnatish ko‘zda tutiladi. Yo‘nalish o‘zgarganda burilish burchagi 900 dan oshmasligi shart. Har xil diametrli quvurlarni yuqori qism sathlari bo‘ylab ulanadi. Sanoat korxonalari ruyxati va sanoat korxonalaridan hosil bo‘ladigan oqova suvlarning miqdorini suv sarfiga tenglashtirib olingan. Ilova - 1
Adabiyotlar ro‘yxati. O.J.Jo‘raev, K.A.Yakubov, B.O.Xushvaqtov va N.N.Xaitova. “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi” fanining oqova suvlarni oqizish qismidan bosqich va diplom loyihalarini bajarishga mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatma. Samarqand 2013 yil 28 bet. N.N.Xaitova, B.O.Xushvaqtov “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi” fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. Samarqand 2011 yil N.N.Xaitova, B.O.Xushvaqtov, Qurbonova U.O‘. “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi” fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand 2011 yil O‘.T.Zokirov. Oqova suvlarni okizish. Toshkent. 2000 – y. 77 b. Xamidova M.A. Suv ta’minoti va kanalizatsiya. Bino va sanoat inshootlari, Shahar qurilish va xo‘jaligi, Muhandislik tarmoqlari qurilishi ta’lim yo‘nalishlari uchun Ma’ruzalar matni. Farg‘ona. 2002 y. Abdig‘aniev N. Tursunov S. Suv ta’minoti va kanalizatsiya. Ma’ruzalar tuplami. Farg‘ona 2001 y. Xaitova N.N., Xushvaktov B.O., Qurbonova U.O‘. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi fanidan amaliy mashg‘ulotlar matni. Samarqand 2012 y Jo‘raev O.J., Xaitova N.N., Xushvaktov B.O. Oqova suvlarni oqizish fanidan bosqich loyihasini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. Samarqand 2005 yil 24 bet K.A.Yakubov. Oqovalarni oqizish va tozalash fanidan ma’ruzalar matni. Samarqand 2005 yil. K.A.Yakubov. Oqova suvlarni oqizish va tozalash fanidan o‘quv qo‘llanma. Samarqand 2004 yil. Yakovlev S.V. i dr. Kanalizatsiya. M. Stroyizdat, 1975. 632 s. Botuk B.O. i dr. Kanalizatsionnыe seti. M. Stroyizdat, 1976. 272 s. Feodorov N.F. i dr. Oqova suv. M. Stroyizdat, 1968. 584 s. Lukinыx A.A. i dr. Tablisы dlya gidralicheskogo rascheta kanalizatsionnыx setey i dyukerov po formule akademika N.N.Pavlovskogo. M.Mtroyizdat. 1987. 173 s. Spravochnik proektirovщika. Oqova suv naselennыx mest i promыshlennыx predpriyatiy. M.Stroyizdat, 1981. 639 s Feodorov N.F. Kanalizatsionnыe seti. M. Stroyizdat, 1985. 223 s. Raxmanov M.R., Yakubov K.A. Metodtcheskie ukazaniya dlya sostavleniya kursovogo proekta po kanalizatsii. Samarkand. SamGASI 1985. 25. QM va Q Oqova suv. Tashqi tarmoqlar va inshootlar 2.04.03 - 97 Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling