«Arxitektura va qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari» kafedrasi


Oqova suvlarni oqizish tasviri va tizimlarining tanlash


Download 2.2 Mb.
bet4/12
Sana06.10.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1693162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishini uslubiy ko\'rsatmasi 2023

Oqova suvlarni oqizish tasviri va tizimlarining tanlash.
Oqova suvlar oqizish tasviri bu qabul qilingan tizimda tarmoqlarning o‘zaro joylanishi va uning ko‘cha tarmoqlarining trassirovkasi kollektorlarning qanday chuqurlikda bo‘lishini hamda nasos shahobchasini va tozalash inshootlarini qamrab oladi. Oqova suvlar oqizish tasviri asosan shaharning rel’efiga qarab qabul qilinadi
Qanday tizim va tasvirni qabul qilishdagi oxirgi variant uning texnik iqtisodiy tomonining va kelajakda kengayishi nazarda tutiladi.
Tizim va tasvirlar asosan suv resurslaridan oqilona, ratsional foydalanish Bilan birgalikda, sanitariya – gigienik holatlarini hisobga olgan holda, hamda iqtisodiy – texnik talablarga javob berishi kerak. Qabul qilingan tizim va tasvir uzoq vaqt o‘z muddati va vazifasini bajarishi kerak.
Oqova suvlarni chiqishiga qarab oqova suvlar oqizish tizimlari quyidagilarga bo‘linadi.

  1. umumiy oqizish tizimi: oqova suvlar oqizish tarmog‘iga keladigan maishiy, ishlab chiqarish va yog‘in oqova suvlari bilan birgalikda xo‘jalik va sanoat korxonalarining oqova suvlari.

  2. bo‘lingan tizimi: tarmoqlar bo‘yicha har xil toifadagi oqova suvlar.

  3. yarim bo‘lingan tizimi: ikki xil tarmoq bo‘yicha oqova suvlar.

  4. qisman bo‘lingan tizimi: o‘zi oqar quvurlari bo‘yicha oqova suvlarni.

  5. umumlashgan tizimi: har xil oqova suvlar oqizish tizimlarini qullash bilan har xil tumanlarning oqova suvlarini.

Suv xavzasiga nisbatan oqizish tarmoqlari perpendikulyar, kesishgan, parallel, mintaqaviy va radial tasvirda joylashishi mumkin.
Perpendikulyar tasvirda tarmoqlar xavzaga nisbatan perpendikulyar joylashgan bo‘lib asosan atmosfera oqovalarini oqizishda ishlatiladi.
Kesishgan tasvirda oqizish tarmoqlari suv xavzasi qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan yig‘ish kollektoriga qo‘yiladi, bo‘lingan va umumoqizuv tizimlarda ishlatiladi.
Yer yuzining relefi nisbatan tekis joylarda oqizish tarmoqlari suv xavzasiga taxminan parallel joylashgan parallel tasvir ishlatiladi.
Radial (markazlashmagan) tasvirda tarmoqlar joylashuvi markazdan chetga yunaltirilgan bo‘lib har bir tarmoq o‘z tozalash inshootiga ega.
Aholi punktining relefi sezilarli farq qiluvchi sathlarda joylashgan hollarda oqovalarni mintaqaviy oqizish tasviri ishlatiladi. Relef bir maromda yirik nishablikda ega bo‘lgan paytlarda yelpig‘ichsimon tasvir ishlatiladi.
Aholi yashash joylarini obodonchiligiga, rel’efiga, iqlimiga, oqovalarni sarfiga, ifloslanish darajasiga, tozalangan oqovalarni qo‘shish uchun mo‘ljallangan suv xavzalari turiga va boshqa omillarga bog‘liq xolda bo‘lingan (to‘la va qisman), yarim bo‘lingan, aralash va umumoqizuv oqovalarni oqizish tizimlari ishlatiladi.
To‘la bo‘lingan tizimlarda maishiy va sanoat oqovalari alohida tarmoqlar orqali, atmosfera oqovalari esa alohida tarmoqlar orqali oqizdiriladi. Bu tizimda ikki va undan ortiq tarmoq yotqizish zaruriyati kapital harajatlarni oshiradi, ammo tozalash inshooti, nasos shahobchasi, kollektorlari faqat maishiy va sanoat oqovalariga hisoblangan bo‘lib bir me’yorda ishlaydi va ularni ishlatishda qulayliklar yaratadi.Sanitar nuqtai nazarda atmosfera oqovalarini xavzalarga qo‘shilishi bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.
Qisman bo‘lingan tizimlarda atmosfera oqovalari ochiq ariqlar va lotoklari orqali oqizdiriladi. Bu tizim sanitar nuqtai nazardan eng qulay hisoblanadi, ammo atmosfera oqovalari to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq xavzalarga qo‘shilishi sanitar xavf tug‘diridi.
Yarim bo‘lingan tizimlar to‘la bo‘lingan tizimdan umumoqizuv kollektori mavjudligi bilan farq qiladi.Odatda bu kollektor suv xavzasi yoni bo‘ylab yotqiziladi va unda uchala toifadagi oqovalar oqizdiriladi. Kollektorlar ajratish kameralari bilan jixozlangan bo‘lib atmosfera oqovalarini boshlang‘ich qismini tozalash inshootiga, qolgan qismini esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavzaga qo‘shish uchun ishlatiladi. Sanitar nuqtai nazarda bu tizim bo‘lingan va umumoqizuv tizimlarga nisbatan afzal hisoblanadi.
Umumoqizuv tizimida turli toifadagi oqovalar bir tarmoq orqali oqizdiriladi va tozalash inshootida tozalanadi. Bu tizimda tarmoqlarning umumiy uzunligi to‘la bo‘lingan tizimga nisbatan 30...40% qisqa, ammo katta diametrli quvurlar yotqizilish zarurligi, yirik tozalash inshootlari va nasos shahobchalari qurilishiga ko‘proq mablag‘ talab qiladi. Sanitar nuqtai nazarda bu tizim eng qulay hisoblanadi.
Oqova suvlarni oqizish tizimlari shahar istiqbollarini, mahalliy shart sharoitlarni, texnik-iqtisodiy hisoblar asosisida, mavjud suv xavzalarini muxofazasi talablarini inobatga olgan holda qabul qilinadi.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling