«Arxitektura va qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari» kafedrasi


Oqova suvlarni oqova suvlarni oqizish tarmoqlariga qabul qilish shartlari


Download 2.2 Mb.
bet3/12
Sana06.10.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1693162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishini uslubiy ko\'rsatmasi 2023

Oqova suvlarni oqova suvlarni oqizish tarmoqlariga qabul qilish shartlari
Har xil toifadagi oqova suvlarni birgalikda bir tarmoq orqali oqizishda oqova suvlarni tarkibi, sanitar va texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlar asosida hal etiladi. Yog‘in oqova suvlarini oqizish tarmoqlariga maishiy va ifloslangan sanoat oqova suvlarini, favvora va sizot suvlarini esa maishiy oqova suvlarni oqizish tarmog‘iga qo‘shish man etiladi.
Sanoat oqova suvlarini maishiy oqova suvlari bilan birga oqizish texnik iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiqdir. Ammo ko‘p hollarda maishiy v sanoat oqova suvlarini aralashtirish zararli va zaharli moddalar mavjudligi uchun man etiladi. Shu sababli loyihalash davrida bu masala oqova suvlarning tarkibiga bog‘liq xolda hal qilish zarur. Oqova suvlar tarkibidagi moddalarning ruxsat etilgan cheklangan ulushlardan (REChU) oshmasligi zarur, aralashish natijasida xavfli birikmalar hosil bo‘lishi e’timoli va ularning biologik tozalash inshootlar ishiga salbiy ta’sir etishi e’tiborga olinishi zarur. Tarkibida moy, yog‘, smola, benzin, neft mahsulotlari, biologik jarayonga salbiy ta’sir etuvchi ulushlarda zararli moddalar, tolasimon va yuqori zichlikga ega moddalarga oqova suvlarni qo‘shish man etiladi. Tarkibida radioaktiv moddalar mavjud oqova suvlarni oqizish tizimiga qo‘shish taqiqlanadi.
Agar sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suvlar bu talablarga javob bermasa ular alohida, zaruriy darajada, tozalangandan keyin qo‘shish ruxsat etiladi. Oziq ovqat, kishloq xo‘jalik mahsulotlariga ishlov berish kichik korxonalarining oqova suvlari shaxar oqova suvlarini oqizish tizimiga qo‘shilishi mumkin.
Go‘sht mahsulotlari, teriga ishlov berish korxonalari, fermalari, infeksion kasalxonalari oqova suvlari mahalliy tozalash inshootlarda dastlabki tozalangandan keyin shahar tarmog‘iga qabul qilinishi mumkin.
Oqova suvlarni, oqova suvlarni oqizish tarmoqlariga qabul qilish shartlari:

  • sanoat va maishiy oqova suvlarni birlashtirish ularni bir xil uslublar yordamida va bir xil inshootlarda tozalashni olib borish imkoniyati borida o‘zini oqlaydi;

  • turli sanoat oqova suvlarni birlashtirish natijasida portlovchi gaz va bug‘lar hosil qilmaydigan taqdirda;

  • oqova suvlar harorati 40 °S dan oshmasligi kerak;

  • birlashtirish natijasida biologik tozalash jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan birikmalar hosil qilmaydigan hollarda;

  • tarkibida moy, yog‘, qatron, benzin, neft mahsulotlari og‘ir, iflosliklarni quvurlarda cho‘kmaga tushishi e’timoli mumkin bo‘lgan, tiqilib qoladigan, nasos ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tolasimon moddalar mavjud oqova suvlar Ruxsat Etilgan Chegaraviy Ulushgacha mahalliy (lokal) tozalashdan keyin qo‘shilishi ruxsat etiladi;

  • shahar oqova suvlarini oqizish tarmoqlariga tozalanmagan avtomobil va traktor yuvish oqova suvlarini qo‘shish man etiladi;

  • maishiy va iflos sanoat oqova suvlarini, yog‘in oqova suvlarini oqizish tarmoqlariga qo‘shish taqiqlanadi;

  • tarkibida patogen bakteriyalar bor kushxona, qoramol, chuchqa, parranda fermalari, infeksion kasalxonalar va teriga ishlov berish korxonalar oqova suvlarini mahalliy (lokal) tozalash va zararsizlantirishdan keyin shaxar oqova suvlarini oqizish tizimlariga qo‘shish ruxsat etiladi;

  • Tarkibida faqat mineral moddalar mavjud oqova suvlarni shaxar oqova suvlarini oqizish tarmog‘iga qo‘shish man etiladi;

  • Tarkibida o‘yuvchi kislota va ishqorlar mavjud yoki aralashishdan keyin o‘yuvchi xususiyat paydo bo‘ladigan, quvur, inshoot, qurilmalar materialiga shikast yetkazadigan oqova suvlar neytral holga keltirilgandan keyin qo‘shish ruxsat etiladi;

  • Sanoat yoki sanoat va maishiy oqova suvlari aralashmasining muhit ko‘rsatgichi 6,5..8,5, muallaq modda ulushi 500 mg/l dan oshmasligi, suzuvchi moddalardan holi bo‘lishi kerak.

Oqova suvlarni oqizish tarmoqlariga qor, suyuq va maydalangan qattiq chiqindilar oqizdirilishi mumkin. Suyuq chiqindilar 2..3 xajmda, qattiq chiqindilar esa 2..3 mmgacha maydalanib 8..10 marotaba suv bilan aralashtiriladi va panjaralardan o‘tkazilib qo‘shiladi.



Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling