«Arxitektura va qurilish» fakulteti «muhandislik kommunikatsiyalari» kafedrasi


Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining hisobli uchastkalaridagi oqova suvlar miqdorini aniqlash


Download 2.2 Mb.
bet10/12
Sana06.10.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1693162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishini uslubiy ko\'rsatmasi 2023

Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining hisobli uchastkalaridagi oqova suvlar miqdorini aniqlash.
Oqova suvlar oqizish tarmog‘ini rivojlanish davri bo‘yicha, aholi punktlardagi oqova suvlarning umumiy miqdori aniqlanadi. Bu miqdorlar alohida xisoblanadi:
- doimiy yashaydigan aholidan
- mehmonxona va vakzallarda bo‘ladigan yoki vaqtincha yashaydigan aholidan
- sanoat korxonalardagi ishlovchilardan.
Doimiy yashaydigan aholining hisobli sarfini ikki usul bilan aniqlash mumkin:
- obodonlashtirish darajasi har xilli binolarda va shaharni alohida tumanlarida yashaydigan aholi soni bo‘yicha;
- solishtirma miqdor bo‘yicha.
Birinchi usul bo‘yicha umumiy hisobli miqdorlar, aholi soni, oqova suv me’yori va notekislik koeffitsientlari bo‘yicha to‘g‘ridan – to‘g‘ri aniqlanadi.
Ikkinchi usul, doimiy yashaydigan aholining oqova suvlari keladi deb qarash asosida solishtirma miqdor maydoni, ya’ni har bir kvartal yoki uning qismiga proporsional. Bunda, uchastka tarmog‘ining boshlanishiga hamma oqova suv miqdori keladi deb taxmin qilinadi.
Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining hisobli uchastkalari deb, oqova suvlar oqizish tarmog‘idagi ikki nuqta orasiga aytiladi, undagi hisobli oqova suvlar miqdori shartli o‘zgarmas deb qabul qilish mumkin.
Hisobli oqova suvlar miqdorini aniqlash uchun oqova suvlar miqdorini aniqlash kerak.
- yo‘l – yo‘lakay, uchastka uzunligi bo‘yicha joylashgan kvartallarning yashash binolaridan tarmoqni hisobli uchastkasiga keladigan.
- oldingi, yukorida joylashgan kvartallardan keladigan.
- yondan, yon tarmoqdan keladigan.
- jamlangan, sanoat korxonasi va boshqa ob’ektlardan tarmoqni hisobli uchastkasiga keladigan.
Oqova suvlarni oqizish tarmoqlarining hisobli uchastkalaridagi oqova suvlar miqdorini

Aniqlash jadvali №14



Hisobli uchastka

Kvar tal tartib raqami

Kvar tal yuzasi, ga

Solishtirma sarf, l/s

Oqova suv
miqdori, l/s

Koeffitsient, K

Hisobli oqova suv miqdori, l/s

Jamlangan oqova suv miqdori, l/s

Umumiy oqova suv miqdori, l/s

Yon

Yo‘l-yo‘lakay

Yon

Yo‘l-yo‘lakay

Yon

Yo‘l-yo‘lakay

Tranzit

Jami

mahalliy

Tranzit

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15



























































































Har bir kvartaldagi oqova suv miqdori aniklangandan keyin har bir uchastkadagi hisobli oqova suv miqdorini aniqlash kiyin emas.
Agar oqova suvlanayotgan ob’ektning manbalarga bo‘linishini hisobga olsak, nasos shahobchasi yordamida shaharni umumiy tarmog‘iga oqova suvlar yuboriladi, unda bu suvlar miqdori quyidagicha, ya’ni kiymati bo‘yicha jamlangan o‘zgarmas deb qabul qilinadi.
Yo‘l-yo‘lakay miqdor o‘zgaruvchandir, uchastkani boshida noldan uchastkani oxirida tuliq o‘z qiymatiga o‘sadigan, oldingi, uchastkani boshiga yon va jamlanganlar miqdori hama hisobli uchastka uchun o‘zgarmasdir. Hisoblashlarni soddalashtirish uchun shartli xisoblanadi, ya’ni yo‘l-yo‘lakay miqdor yashash binolaridan uchastka boshida qo‘shiladi; uni qiymatini aniqlashda, ya’ni u kvartal maydoniga yoki oqova suv kilinayotgan maydonga proporsional



Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling