Asarlarni o
Download 292.21 Kb.
|
xolyorov diplom ishi(1)
Akademik litsey adabiyot darslikariga Ahmad Yassaviyning 40 ga yaqin hikmati kiritilgan. Ushbu hikmatlarni o‘rgatishda interfaol usullardan foydalanib tahlil qilishga harakat qilamiz.
Yassaviy ijodining asosiy qismini islom dini, Alloh, Muhammad payg‘ambar, turli pir-u mashoyixlar, tasavvuf bilan bog‘liq tafsilotlar tashkil etadi. Ammo ana shular asosida inson ma’naviyati, poklik, jamiyat, hayot haqidagi chuqur mulohazalar yuritiladi. Hikmatlarda yaxshilik, mеhr-oqibat, bеva-bеchoralarga muruvvat ko‘rsatish, sabr-qanoat, shaxs kamoloti, vatan tuyg‘usi, iymon va e’tiqod xususida, nafs va nodonlik, ilmsizlik va johillikning oqibatlari kabilar borasida bahs yuritiladi. Shoir ishq, haqiqat, adolat, qanoat, diyonat singari masalalarga o‘zgacha yondashadi. Qiyinchilik, musibat, mеhrsizlik, yo‘ldan adashishni qoralaydi: Na onoda rahm qoldi, na otoda, Og‘o, ini bir-biriga mojaroda. Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda, Mastlio‘ bilan qarindoshdin tondi, ko‘rung. Ushbu hikmat avval o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittirladi. Keyin esa qaysi mavzuda ekanligi o‘quvchilar tomonidan so‘raladi. – bugungi kunda ham e’tiborsiz qolgan farzandlar bormi? –rahmsizlikni qanday tushunasiz? – qadriyatlardan bexabar yoshlar bunday muammolarga uchrashi mumkinmi? “Nima uchun?” jadvalli usuldan foydalanish mumkin. –nima uchun insonga mehr zarur? –chunki, inson tug‘ilishi bilanoq mehr orqali voyaga yetadi. – nima uchun Ahmad Yassaviy mehr haqida hikmat bitdi? – chunki mehrsiz qolgan farzand ushbu hikmatda aytilganidek, boda ichadi, aka va ukasi bilan doim janjallashadi. –nima uchun bugungi kunda mehrsizlik o‘qibatida muammolar kelib chiqmoqda? –chunki globallashuv jarayonida ota-onalar juda band, farzandlariga yetarli e’tibor bermayaptilar, farzandlar nazoratsiz qolmoqda. Ana shu tarzda o‘quvchilar bilan bahslashish mumkin. “Yassaviy Ko‘ngli qatig‘ xaloyiq”ni shafqatga, g‘arib, yеtim, mazlumlarga ozor еtkazmaslikka chaqiradi: G‘ariblarni ko‘rgan yеrda og‘ritmangiz, G‘ariblarga ochko‘zlanib so‘z qotmangiz. Zaif ko‘rub g‘ariblarg‘a tosh otmangiz, Bu dunyoda g‘ariblikdеk balo bo‘lmas. “G‘arib” so‘zining lug‘aviy ma’nosini va nisbiy tushunchasini tahlil qilish orqali hikmatning g‘oyasi aniqlanadi. “Tarmoqlash” usulidan foydalanib, g‘arib kishi tahlil qilinadi. yolg‘iz muhtoj chorasiz Download 292.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling