Asarlarni o


Download 292.21 Kb.
bet11/14
Sana17.06.2023
Hajmi292.21 Kb.
#1538155
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
xolyorov diplom ishi(1)

1.Yod etmas emish kishini g ‘urbatda kishi,

Shod etmas emish kongulni mehnatda kishi.

Konglum bu gariblikda shod o‘lmadi, oh,

G‘urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.

2. Yo rab ul shahdu shakar yo labmudur,

Yo magar shahdu shakar yolabmudur.

Jonima payvasta novak otqalu

G‘amza oqin qoshig‘a yolabmudur.

2-topshiriq. Shakliy oxshash so‘zlar sheriyatda qanday badiiy sanatni hosil qilishi haqidagi malumotni Anvar Hojiahmedovning She’r sanatlarini bilasizmi?” kitobidan topib oqing yoki yodga olishga harakat qiling.Talabalar
topshiriqni bajarishgach, har ikki sherni bir biridan farqlaydilar.
Yuzing ochkim, quyosh sadqang bolub boshingdin aylansun, Yangi oy yuz tavozu ko‘rguzub, qoshingdin aylansun.

Agarchi lal-u yoqut el zamirig‘a mufarrihdur, Hayot afzo iki la’li guharposhingdin aylansun.
Tan-u jonim hadaf aylab, o q-u tosh otsang, ey chobuk, Biri o‘qingdin evrulsin, biri toshingdin aylansun.

Raqibing gar erur xasmim, ani yo‘ldosh etib kelsang, Sanga jon sadqa bolsun, jism yoldoshingdin aylansun.
Chu on sakkizga yetti yoshing, ol burqa jamolingdin


Ki, on sakkiz ming olam on sakkiz yoshingdan aylansun.

Boqib koz uchidin pinhon fosh etding tag‘ofillar, Yo‘q-u borim hamul pinhon ila foshingdan aylansun.
Necha qallosh esam ham, agniyo ollida bosh egmon, G‘aniylar himmat ichra ushbu qalloshingdin aylansun.

Chu bergung non ila osh, ey saxiy, sidq ahliga bergil, Riyo-vu kizb ahli noning-u oshingdin aylansun.

Ul oy kongliga qildi, Ogahiy, oh-u yoshing ta’sir, Bori jon-u jahonim oh ila yoshingdan aylansun.

II. Gazal ifodali oqilgach, uning qanday mavzuda yozilganligini aniqlash topshiriq sifatida beriladi hamda g‘azal qofiyasini aniqlash talab etiladi. Songra g‘azal da ishtirok etayotgan obrazlar aniqlanadi.
Notanish so‘zlar lugatini tuzish topshiriq qilib beriladi

Tavoze-kamtarlik

Lal-u yoqut- dur-gavhar

Zamir - ko‘ngil

Mufarrih shodlik

Hayotafzo - hayotni yashnatuvchi

Guharposh - gavhar sochuvchi

Hadaf -nishon

Chobuk - shox ,oynoqi,gozal; mergan

Xasm dusliman

Burqa - yuz pardasi, hijob

Pinhon - yashirin

Tag‘ofil-beparvolik

Fosh - oshkor

Qallosh - kambag‘al, bechora

Ag‘niyo - boy-badavlat

Riyovu kizb ahli - riyokor va yolg‘onchilar

Baytlar mazmunini sharhlashga alohida etibor qaratiladi

1-bayt: Yuzingni och. quyosh senga fido bo‘lib, boshingdan aylansin. Yangi oy yuz tavoze korguzib qoshingdan aylansin. Shoir yor yuzining yorug‘ligi (go‘zalligi) quyoshdan ham ortiq ekanligini va uning oldida quyosh fido bolishini, yangi oy ham yor qoshining nozik va egikligi jihatidan past darajada bo‘lganligi uchun unga tazim qiladi.(husni talil)

2-bayt: El ko‘nglini lal, yoqut kabi qimmatbaho toshlar xursand qiladigan bo‘lsa, hayot bag‘ishlovchi gavhar sochuvchi ikki lalingdan aylansun. (istiora - 2 lal)


3-bayt: Ey sho‘x gozal, jon-u tanimni nishon qilib oq-u tosh otsang, biri o‘qingdan biri toshingdan aylansun. Laf-nashr jon-oq, tanatosh

4-bayt: Raqib garchi men uchun dushman bo‘lsa-da, agar uni yoldosh qilsang, senga jonim fido bo‘lsin, jismim yoldoshingdan (raqibdan) aylansun

5-bayt: Yoshing on sakkizga yetdi, yuzingdan pardani ol, o‘n sakkiz ming olam on sakkiz yoshingdan aylansin.

6-bayt: Ko‘zing uchidan yashirin boqib, beparvoligingni fosh qilding, bor-u yo‘gim o‘sha oshkor va yashirinligingdan aylansin.

7-bayt: Qancha bechora bolsam ham boylar oldida bosh egmayman, ular himmat bilan mening faqirligimdan aylansin.

8-bayt: Ey saxiy, non va osh bermoqchi bolsang, sadoqat ahliga bergin, riyokor va kizb ahli osh-u nonigndan aylanib otsin.

9-bayt: Ogahiy, oh va yoshing yorning kongliga tasir qildi, shekilli, butun jon-u jahonim oh va yoshingdan aylansin.

Badiiy sanatlarini aniqlash baytlar tahlili orqali olib boriladi

1-bayt: Tashxis- quyosh boshingdan aylansin, oy qoshingdan aylansin; tanosib -yuz, bosh, qosh; quyosh, oy

2-bayt: Istiora - ikki la’li guharposh

3-bayt:Tanosub - oq-u tosh, chobuk, tan, jon; laf va nashr

4-bayt: Tazod - yo‘ldosh - xasm, tashxis

5 -b a y t:Takrir-o n sakkiz

6-bayt: Tazod - pinhon - fosh

7-bayt: Tazod va tard i aks - qallosh - agniyo

8-bayt: Istiora va tazod - sidq ahli va kizb ahli Nido - ey saxiy

9-bayt:Takrir - oh va yosh; istiora - oy

Janr xususiyatlari aniqlash

Ja n ri: g azal

Mavzusiga ko‘ra: oshiqona



Qofiyalanishi: a-a, b-a, v-a, g-a

Qofiyadosh sozlar, yani misradagi ohangdosh so‘zlar yig‘indisi: boshingdin, qoshingdin, yo‘ldoshingdin, yoshingdan, foshingdan, oshingdin, guharposhingdin, toshingdin, qalloshingdin,radif: aylansun” so‘zi.

Janr xususiyatlarini aniqlash

Qofiya turi: murdaf (radifli) qofiya, yani raviydan oldin kelgan tovush cho‘ziq unli boganligi uchun.

Raviy, ya ni qofiyani tashkil etuvchi tovush: “sh”

Radif, yani misra songgida qofiyadan keyin aynan takrorlanuvchisoz: aylansun” so‘zi.

Bilimlarnifaollashtirishuchunsavollar

1. Gazal shakliga mansub asarlaming misralari qay tarzda qofiyalanadi?

2. Ruboiy vag‘azal janrini bir-biridan farqlovchi asosiy xususiyatlarini ayting?

3. She’riyatimizda barcha misralari qofiyalangan g‘azallar ham uchiaydimi? Ular qanday nomlanadi?


4.Hozirgi zamon sheriyatida ham g‘azalchilik va ruboiynavislik an’analari davom ettirilganmi? Kimlar bu sohada ijod etishmoqda?

1-matn Ko‘rgali husningni zom mubtalo bo‘ldum sango, N e balolig kun edikim, oshno bo‘ldum sango. Har necha dedimki, kun-kundan uzay sendin ko‘ngul, Vahki, kun-kundin batarroq mubtalo boldum sango. Alisher Navoiy 2-matn Ko‘zum uchadir, magarki yorim keladur, Es har dam ozar, magar nigorim keladur. Yo bodiyat firoq sayrida qilib, Yuz marhala qaf shahsuvorim keladur. Alisher Navoiy Yuqorida keltirilgan lirik asarni janr xususiyatiga kora farqini aniqlang.

1. G azal haqida nimalami bilasiz?

2. Ruboiyning qofiyalanishidagi oziga xoslik to‘grisida fikr bildiring.

3.Gazalchilikda kimlar shuhrat qozongan?
Ahmad Yassaviy ”’Hikmatlar”ini innovatsion usullar yordamida sharhlab orgatish

Hozirgi kunda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan talim islohotlari

talimning ilgor texnologiyalarini oquv-tarbiya jarayoniga joriy etishni zamon talabi darajasiga kotardi. Bu oz navbatida talim sohasiga texnologik yondashuvni tatbiq etish va pedagogik usulni qo‘llash Ozbekistonning milliy manaviy-madaniy xususiyatlarini, tarixiy ananalarni hisobga olgan holda amalga oshirishni talab qiladi. Inson mukammallikka intilib yashaydi. Qanday yashash lozimligini ko‘rsatib turadigan andoza yaratish hamma zamonlarda ham talim-tarbiyaning asosiy masalaridan biri bolgan. Keyingi davrda talim va tarbiya masalalari bilan mashg‘ul kishilarga shu narsa malum bo‘lib qoldiki, andoza va namuna boladigan timsol va odob doirasini targ‘ib qilish bilan shaxs takomiliga erishish dushvor bir masala ekan. Bolani oz erkiga qo‘yib berish, uning atrofida voyaga etgach duch kelinadigan ijtimoiy hayot modeliga yaqin sharoit yaratib, uning yoshi, bilim darajasiga mos axborot va bilimlar tizimi bilan taminlash, ushbu ta’minotning eng samaralilarini ishlab chiqib, amaliyotga tabiq etish zamonaviy adabiy ta’lim metodikasining asosiy vazifalaridan biriga aylanib qoldi. E’tirof qilish kerakki, yuqorida qayd qilinganidek, bu borada anchagina yutuqlarga ham erishildi. Adabiyot o‘qitishning zamonaviy texnologiyasi nazariy masalalari ishlab chiqildi. Maqola va risolalalr tarzida talaba va oqituvchilar hukmiga havola qilinmoqda. Ushbu nazariy qarashlarni amaliyotga tatbiq qilish har bir o‘qituvchi, murabbiyning oziga havola. Mumtoz adabiyot namoyondalarining ijodini oqitishda kopincha o‘quv lug‘atlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Adabiyot fani yuzasidan onlab ilmiy didaktik adabiyotlar yaratilgan:

1. V.Rahmonov Ozbek klassik adabiy asarlari uchun qisqacha lug‘at”. Toshkent. Oqituvchi, 1983yil.

2. J.Lapasov “Mumtoz adabiy asarlar o‘quv lugati”. Toshkent Oqituvchi” 1994

yil. 3. B.Hasanov “Alisher Navoiy asarlari uchun qisqacha lugat”, “Adabiyotshunoslik terminlar lugati kabilarni shular jumlasiga kiritishimiz
mumkin. Bu yaratilgan lugatlardan o‘quvchilar asar mazmunini tushunishga,
mustaqil ravishda asarlarni o‘qiganda, yoxud matnda notanish so‘zlar uchraganda foydalanadilar.


Download 292.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling