Асосий касалликнинг баёии


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/37
Sana19.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1620272
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
teri va tanosil kasalliklari

 
 
 


 
ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI 
Terida kuzatilayotgan patologik jarayon tarqalgan xarakterga ega. Zararlangan 
o’choqlar dumba va oraliq sohalarida, jinsiy lablar va ularning atrofida, shuningdek 
qo’l va oyoq panjalarining terisida joylashgan. Mazkur sohalardagi patologik o’choqlar 
terining sog’lom sohalaridan aniq chegaralari bilan ajralib turibdi. O’choqlarning cheti 
turli shaklda, ko’p qismi simmetrik joylashgan. 
Birlamchi toshma elementlaridan yallig’langan dog’lar, pufaklar, yiringchalar va 
tugunchalar kuzatilyapti. O’tkir yallig’lanish belgilari bilan kechayotgan sohalardagi 
pufaklar 
aylana-ovalsimon, 
hajmi 
mosh 
va 
no’xatdek keladi. Bitta-ikkita 
pufakchalarning kattaligi bir tiyinlik chaqadek va ko’pgina pufaklar seroz-yiringli 
suyuqlik bilan to’lgan. Yiringchalarning aksariyati qo’l va oyoq panjalari sohasida 
joylashgan, ular atrofidagi teri qizarib, shishgan. Tugunchalarda ham yallig’lanish 
alomatlari bor, ranggi qizil, pushti, atrofidagi terida eritema rivojlangan. Bullyoz 
toshmalar to’plami va ular pardasining buzilishi katta-katta eroziya o’choqlarini hosil 
qilyapti. Shilingan (eroziyalangan) sohalarning tubi chuqurlashib, yaraga aylangan. 
Qo’l panjalarining distal uchlari yo’g’onlashgan, tirnoqlar ostida giperkeratoz 
kuzatilyapti. Aksariyat tirnoqlar elastikligini yo’qotgan, xiralashgan, mo’rt va tez 
sinuvchan, ba’zilari ushalib tushyapti. 
Boshdagi sochlarning’ to’kilayotganligi yaqqol ko’zga tashlanib turibdi. Ba’zi soch 
tolalarining sinib tushayotganligi ma’lum bo’ldi. O’ng qoshidagi sochlar deyarli 
to’kilib bo’lgan, faqat bitta-ikkita soch tolalari ko’rinib turibdi. Ko’z va ko’z atrofidagi 
terida blefarit va dermatokon’yunktivit rivojlanyapti. Og’iz bo’shlig’ining shilliq 
qavatlarida yallig’lanish alomatlari bor. Til esa oqimtir parda bilan qoplangan. Yuz 
labida endigina rivojlanayotgan xeylit kuzatilyapti. 
Go’dakning notinchligidan sub’ektiv noxush sezgilar uni bezovta qilayotganligini
anglash qiyin emas. 
Dastlabki tashxis - enteropatik akrodermatit (Brant-Danbolt-Gloss sindromi). 
Eshakemga chalingan S. ismli bemor kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan 
ko’chirma 
ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI 
Terishgag zararlangan sohalarida kuzatilayotgan patologik jarayon tarqalgan tus olgan. 
O’tkir yallig’lanish belgilari bilan kechayotgan toshma elementlari ikkala qo’l va oyoq 
sohalarida, shuningdek qorii terisida simmetrik joylashgan. 
Ko’p sonli toshmalarning barchasi qavarchiqdan iborat bo’lib, ularning ko’pchiligi 
noto’g’ri oval shaklda, ba’zilari aylanasimondir. Kavarchiqlarning eng kichigi o’rik 
danagidek, kattasi ellik tiyinlik tangadek keladi. Rangi ko’pincha qizg’ish va to’q qizil, 
qisman pushti rang. Toshmalarning yuzasi yassilashgan, o’rtasi oqimtir-kulrang. Ba’zi 
qavarchiqlarning o’rtasi qattiqlashgan, chinni-oq rangga ega. Qorin terisida kuza-
tilayotgan va yonma-yon joylashgan qavarchiqlarning bir-birlari bilan qo’shila 
boshlayotganligi ko’zga tashlanib turibdi. Og’iz bo’shlig’ining shilliq qavatida to’rt-
beshta, noto’g’ri, oval shakldagi qavarchiqlar joylashgan. Yuz lablari qalinlashgan. 
Toshmalar bilan qoplangan sohalarda teri qizargan, yaltiroq tusli, bir oz taranglashgan, 
paypaslab ko’rilganda qo’lga qattiqroq unnaydi. 
Terining sog’lom sohalarida, uning asab-tomir apparatini mexanik ta’sirotlarga javob
reaktsiyasini tekshirish bemorda eshakem dermografizmi paydo bo’lganligini ko’rsatdi.
Kuchli qichishish bilan kechgan, qavarchiqli bu qizg’ish-oqimtir yo’l 12-13 
daqiqalardan so’ng yo’qola boshladi. 
Sub’ektiv sezgilardan qichishish, achishish, yutinishning og’riq bilan kechishi bemorni 
bezovta qilyapti. 
Dastlabki tashxis - surunkali eshakem, qo’zigan davri, tarqalgan turi. 



Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling