To’g’ri chiziqning umumiy tenglamasi
Ах+Ву+С=0
To’g’ri chiziqning umumiy tenglamasi А, В, С sonlarga (koeffitsientlarga) bog’liq.Bu sonlardan turli to’g’ri chiziqlar hosil bo’ladi. Binobarin, to’g’ri chiziqning tekislikdagi vaziyati ham shu koeffitsientlarga bog’liqdir.
Misol. 2х+3у+1=0 tenglama to’g’ri chiziqning umumiy tenglamasi bo’lib, uning tekislikdagi vaziyati chizmada tasvirlangan.
Endi
Ах + Ву + С = 0
to’g’ri chiziqning tekislikda tutgan vaziyatini o’rganamiz.
1. To’g’ri chiziq tenglamasida С = 0 bo’lsin. Bu holda tenglama ushbu
Ах + Ву = 0
ko’rininshga keladi. Bu to’g’ri chiziq koordinata boshidan (ya’ni О (0; 0)nuqtadan) o’tadi. Chunki О (0; 0) nuqtaning koordinatalari tenglamani qanoatlantiradi:
А0 + В0 0 chizma
2. To’g’ri chiziq tenglamasida А = 0 bo’lsin. Bu holda tenglama ushbu
Ву + С = 0
ko’rinishga keladi. Tenglamadan topamiz:
у = –, (В 0).
Demak, to’g’ri chiziqdagi o’zgaruvchan nuqtaning ordinatasi har doim у = –, ga teng. Bu holda to’g’ri chiziq Ox o’qigа (absissa o’qiga) parallel bo’ladi
chizma
3. To’g’ri chiziq tenglamasida В = 0 bo’lsin. Bu holda tenglama ushbu
Ах + С = 0
ko’rinishga keladi. tenglamadan topamiz:
х = –. (А 0)
Demak, to’g’ri chiziqdagi o’zgaruvchan nuqtaning ordinatasi har doim х = – ga teng. Bu holda (2.4) to’g’ri chiziq Ox o’qigа (absissa o’qiga) parallel bo’ladi (13-chizma)
4. To’g’ri chiziq tenglamasida А = 0 С = 0 В 0 bo’lsin. Bu holda tenglama
Ву = 0
ko’rinishga keladi. Undan esa у = 0 bo’lishi kelib chiqadi .Bu Ox o’qining tenglamasidir.
5.To’g’ri chiziq tenglamasida В = 0 С = 0 А 0 bo’lsin. Bu holda tenglama
Ах = 0
ko’rinishga keladi. Undan esa х = 0 bo’lishi kelib chiqadi. Bu esa Oy o’qining tenglamasidir.
Eslatma. Agar to’g’ri chiziqning umumiy tenglamasi
Ах + Ву + С = 0
da barcha koeffitsientlar noldan farqli bo’lsa (А 0 В 0 С 0), u holda bu to’g’ri chiziq koordinata boshidan ham o’tmaydi,koordinata o’qlariga parallel ham bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |