Asosiy qism: Asosiy hisoblamalar tizimi
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati
Download 0.95 Mb.
|
Tojiboyev Suhrob
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati va ahamiyati
Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotni bir qancha iqtisodiy ko‘rsatkichlar (yalpi ichki mahsulot, sof ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad va shu kabilar) ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar ichida asosiylaridan biri yalpi ichki mahsulot (bundan keyin YaIM) ko‘rsatkichidir. YaIM – mamlakat ichida ma’lum davrda (ko‘pincha bir yil) pirovard iste’mol uchun ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilagan xizmatlarning qiymatlarining yig‘indisidir. YaIM – ko‘rsatkichining iqtisodiy mohiyati shundaki: birinchidan barcha tarmoq korxonalari (tashkilotlari, firmalari va shu kabilar) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Demak, bu sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish va shu kabi tarmoqlarda ishlab chiqarilgan moddiy mahsulotlar. Ularga shu jumladan aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaligi va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar faoliyatlari ham kiradi. Ko‘rsatiladigan xizmatlarga: transport, aloqa, savdo, moliyaviy va shu kabi xizmat turlari kiradi. Ikkinchidan, YaIM – barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati emas, balki faqat pirovard (oxirgi) iste’mol uchun sarflanadigan mahsulot va xizmatlar qiymati bilan hisoblanadi. Oraliq iste’molda bo‘ladigan xom ashyo, materiallar, elektroenergiya, urug‘, yem-xashak va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatlari, qaysikim boshqa bir mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan qiymatlar YaIMga qo‘shilmaydi. Demak YaIM da qaytadan – ya’ni takroriy sarflar hisoblanmaydi, ishlab chiqarishga va xizmat ko‘rsatishga moddiy va boshqa sarflar faqat bir marta hisobga olinadi. 2016-yil yakunlari bo’yicha O’zbekiston yalpi ichki mahsuloti 199325,1 mlrd. so'mni tashkil qildi. YaIM ning 1991-2016 yillarda o’rtacha yillik o’sish sur’ati 4,5 foizni tashkil qildi. Sobiq SSSR tugatilib, Respublikalar mustaqillik maqomiga ega bo’lishgach, o’z pul birliklarini muomalaga chiqarishdi. Avvalgi o’zaro bog’liq bo’lgan iqtisodiy aloqalar yo’q bo’ldi. O’zbekiston sobiq SSSRning asosiy homashyo bazasi edi. Mamlakat Rossiyaning Ivanova shahrida joylashgan to’qimachilik korxonalariga paxta homashyosi yetkazib berar edi. O’zbekistonda joylashgan ishlab chiqarish korxonalari yo homashyoni (ehtiyot qismlarni) boshqa respublikalardan olar yoki tayyor mahsulotlarini ularga jo’natar edi. Iqtisodiy aloqalar to’xtatilganligi sababli, barcha mustaqil davlat bo’lgan sobiq respublikalarda iqtisodiy tanazzul boshlanib, korxonalar mahsulot ishlab chiqarish hajmini kamaytirdilar (ayrimlari umuman yopildi). Natijada mustaqil mamlakatlar yalpi ichki mahsulotlar hajmida pasayish tendensiyasi boshlandi. O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmining pasayishi 1995-yilgacha davom etdi. Eng yuqori foiz pasayishi 1992-yil 11,1 foiz kuzatildi. 1995-yilda esa 5,2 foiz pasayish bo’ldi. Umuman olganda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmining pasayishi MDH davlatlari o’rtasida eng kam ko’rsatkichni – 18,8 foizni tashkil etdi. Holbuki, bu ko’rsatkich Rossiyada – 53 foiz, Ukrainada – 52 foiz, Belorussiyada – 54,6 foizga teng bo’ldi. Mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmini iqtisodiyotning real tarmoqlari: sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va barcha xizmatlar sohasi tashkil etadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling