Asosiy qism: Asosiy hisoblamalar tizimi


Asosiy hisoblamalar tizimi


Download 0.95 Mb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1595315
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tojiboyev Suhrob

Asosiy hisoblamalar tizimi
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo‘jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar yig’indisi qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu mamlakat rezidentlari yoki xorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo‘lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar guruhiga tegishli bo‘ladi, masalan, iste’mol, jamg‘arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo‘lmagan, balki ekstraordinar hodisalar (yong‘in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o‘zgarishini aks ettirishi mumkin.
MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo‘ladi: resurslar va resurslardan foydalanish. Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar yig‘indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘lishi shart.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim:
- iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
- ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
- butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig‘ma hisoblamalar)
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- joriy hisoblamalar;
- jamg‘arish hisoblamalar;
- aktivlar va passivlar balanslari.
Joriy hisoblamalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish hisoblamasi;
- daromadlarni hosil bo‘lishi;
- daromadlarni birlamchi taqsimlash;
- daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
- ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
- daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
- tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.
Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;
- moliyaviy hisoblama;
- aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari;
a) aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari;
b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
Aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
- davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.
Joriy hisoblamalar quyidagi korinishda bo’ladi.
Umuman olganda BMT tomonidan qabul qilingan milliy hisoblar tizimining yangi standarti (MHT-93) 700 sahifadan iborat bo’lib, 21bob va 600 ga yaqin birbiriga bog’liq hisoblamalarni o’z ichiga oladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling