Asosiy qism: Asosiy hisoblamalar tizimi
Download 0.95 Mb.
|
Tojiboyev Suhrob
Reja:
Kirish Asosiy qism: Asosiy hisoblamalar tizimi Ishlab chiqarish hisoblamasining ko’rsatkichlari Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi Yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichining mohiyati va ahamiyati Yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish usulida hisoblash Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Davlat statistika va hisobning uslubiy asoslarini qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistika tizimiga moslashtirish; Xalq xo‘jaligi balanslari bilan milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini taqqoslash darajasiga keltirib, O‘zbekiston Respublikasining milliy hisoblar tizimini yaratish; Milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan me’yorlarga muvofiqlashtirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha MHT hisoblamalarini ishlab chiqish; Boshlang‘ich hisob shakllarini, buxgalteriya, moliyaviy va bank tizimi hisoblarini xalqaro talablarga moslashtirish; Aholi va mehnat, narx va tashqi savdo statistikasini xalqaro qoidalarga moslashtirish; Xalqaro andozalarga mos keladigan yagona tasniflashlar va kodlashtirish tizimini yaratish; Mulkning barcha shakllaridagi korxona va tashkilotlar yagona davlat registrini tashkil etish; Xalqaro statistika organlariga beriladigan ma’lumotlar tarkibi, davri va berilish tartibini aniqlash va shu kabi ishlardan iborat. Davlat Dasturi asosida xalq xo‘jaligi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari xalqaro andozalarga mos keladigan milliy hisoblar tizimiga (MHT) asta – sekinlik bilan o‘tkazila boshlandi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) bozor iqtisodiyoti sharoitida makrodarajadagi ko‘rsatkichlar tizimi bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotini muvofiqlashtirishda hamda xalq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda foydalaniladi. «Milliy hisoblar» atamasini dastlab Gollandiyalik statistik olim Edvard Van Kliff 1941 yilda “Gollandiyaning milliy hisoblamalari (schyotlari)” nomli ilmiy maqolada qo‘llagan. Uning paydo bo‘lishiga bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, davlat boshqaruvi uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni to‘plash ehtiyoji sabab bo‘ldi.50 yillarda BMTning statistika byurosi topshirig‘iga asosan bir guruh ekspert – statistiklar milliy hisoblar tizimini qo‘llash bo‘yicha uslubiyot tayyorladilar. Natijada Angliya va AQSH hamda bir qancha Yevropa mamlakatlari MHTni qo‘llay boshladilar. BMTning statistika byurosi milliy hisoblar tizimini nazariy va uslubiy jihatdan takomillashtirdilar va nihoyat 1968 yilda MHTning standartlari qabul qilindi. 1993 yil fevral oyida Nyu – Yorkdagi statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi. Ushbu standart asosida «O‘zbekiston Respublikasi hisob va statistikasini xalqaro amaliyotda qabul qilingan hisob va statistikaga o‘tkazish» to‘g‘risidagi Davlat dasturi ishlab chiqarildi va astasekinlik bilan dastur vazifalari amalga oshirildi. MHT ikki tomondan iborat balans ko‘rinishdagi jadvallardan tuzilgan. Bir tomonda iqtisodiy ko‘rsatkichlarning kirimi ko‘rsatilsa, ikkinchi tomonida ularning iste’moli, ishlatilishi ko‘rsatiladi. Tomonlar jami summalari teng bo‘lib, balans ko‘rinishini oladi. Milliy hisoblar – bu xalq xo‘jaligi bo‘yicha milliy daromad va pirovard mahsulotlarni yaratish, taqsimlash, ayirboshlash hamda foydalanish jarayonlarini xarakterlaydigan jamlanma iqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar nizimi makrodarajada kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonlarini (mahsulot ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol jarayonlarini) o’zaro bog’liqlikda ifodalaydigan iqtisodiy ko’rsatlichlar jadvallaridan iborat. Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi hamda bu operatsiyalar tomonlarining hisoblarida qiymat ko‘rinishida daromad (kirim) yoki xarajat (chiqim) sifatida ko‘rsatiladi. MHTda barcha operatsiyalar 3 sinfga ajratiladi. Bular: tovar va xizmat operatsiyalari; ayirboshlash operatsiyalari; moliyaviy operatsiyalar. Tovar va xizmat operatsiyalariga tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish, bozor va nobozor xizmatlar, asosiy kapital va moddiy aylanma mablag‘lar o‘zgarishi, tovar va xizmatlar eksporti kiradi. Ayirboshlash operatsiyalari xodimlarning mehnat haqqi, soliqlar, olingan daromadlar, sug‘urta va subsidiya to‘lovlarini o‘z ichiga olib, sektorlar o‘rtasidagi daromadlarni o‘zaro ayirboshlash operatsiyalarini bildiradi. Moliyaviy operatsiyalar mavjud pul mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar, kredit va zayomlar bo‘yicha bo‘lgan moliyaviy aktivlar va passivlar, hamda fondlarning o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Demak, MHTning XXBdan asosiy farqi , MHTda ishlab chiqarish tarmoqlari ham, noishlab chiqarish sohalari (fan, maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar va shu kabilar) natijalari ham hisobga olinadi. MHT - makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o‘rganishda foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo‘lib, davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida qo’llanadi. Dastlab MHT faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, xozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda. Milliy hisoblar tizimidagi hisoblamalarga (schyotlarga) buxgalteriya hisobidagidek har bir operatsiyalar hajmi (miqdori, summasi) emas, balki sodir bo’lgan operatsiyalar tizimli ravishda tarmoqlar, iqtisodiy sektorlar va boshqa tasniflashlar bo’yicha guruhlanib (yalpi ishlab chiqarish, iste’mol, eksport va shu kabilar), jamlanib umumlashgan holda yozib boriladi. Bundan tashqari ayrim iqtisodiy ko’rsatkichlar (yalpi qo’shilgan qiymat, birlamchi daromadlar, jamg’arma kabi) iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda balans usulini qo’llash natijasida jami resurlar (bir tomonda) va ularning ishlatilishi (ikkinchi tomonida) orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ayrim hisoblamalarda (schyotlarda) balans usulidan foydalanib, biror makroiqtisodiy ko’rsatkichning to’g’riligi (tengligi) aniqlanadi (bu to’g’risida keyinroq hisoblamalarda yana tushuntiramiz). Lekin buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida har xil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: korxonalar xom ashyo va materiallar sotib oladilar, har xil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, xodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan qarzlar oladilar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga investitsiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korxonalardan tashqari quyidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy xo‘jaliklari, xar xil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va xizmatlar, pullar, kreditlar, aktsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan xar xil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, xizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida avvalo xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar haqqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqqidagi ma’lumotlarni tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maxsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oxirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish, ixtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k. MHTni o‘z funktsiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qaerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi. MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko‘rsatkichini hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Xiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi. MHTning yana bir yo‘nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat ishchi mehnati yaratadi deb qaralgan bo‘lsa, MHT ta’limotiga asosan yer va kapital ham xuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi. MHT yangi standartida barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar quyidagi 5 ta sektorlarga guruhlangan: nomoliyaviy korparatsiyalar sektori (tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar); moliyaviy muassasalar sektori; davlat muassasalari sektori; uy xo‘jaligi sektori; uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) muassasalar sektori; Tashqi iqtisodiy aloqalar sektori. Nomoliyaviy korxonalar guruhi turli mulkga (davlat, jamoa, aksioner, xususiy va shu kabi) asoslangan korxonalarni o‘z ichiga oladi. Ular mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi turli korxonalardir. Moliyaviy tashkilotlar guruhiga markaziy va boshqa tijorat banklari, kredit hamda sug‘urta muassasalari kiradi. «Uy xo‘jaligi» guruhi mustaqil yuridik maqomga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchilarni ya’ni ishchi va xizmatchilarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, turli xunarmand – kosiblarni o‘z ichiga oladi. Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar guruhiga fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, dam olish uylari sanatoriylar hamda jamoa tashkilotlari kiradi. Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga - sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo‘lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg‘arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling