Asosiy qism: Asosiy hisoblamalar tizimi


O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yalpi ichki mahsulotning tarmoqlari tarkibi (mlrd. so’m)


Download 0.95 Mb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1595315
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Tojiboyev Suhrob

O’zbekiston Respublikasi bo’yicha yalpi ichki mahsulotning tarmoqlari tarkibi (mlrd. so’m)




1995

2000

2005

2010

2016

  1. YaIM jami

302.8

3255,6

15 923,4

62 388,3

199 325,1

Shu jumladan
















Yalpi qo’shilgan qiymat

263,0

2 848,0

14 233,3

56 671,4

182 071,9

Mahsulotga sof soliqlar

39,8

407,6

1 690,1

5 716,9

17 253,2

  1. Yalpi qo’shilgan qiymat

263,0

2 848,0

14 233,3

56 671,4

182 071,9

Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi

85,1

978,5

4 192,8

11 201,0

32 048,1

Sanoat (qurilishni hisobga olgan holda)

73,1

658,6

4142,0

18 875,3

59 820,9

Sanoat

51,7

462,4

3 370,9

15 114,8

46 708,7

Qurilish

21,4

196,2

771,1

3 760,5

13 112,2

Xizmatlar

104,8

1 210,9

5 898,5

26 595,1

90 202,9

Savdo, yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar

23,1

351,6

1 400,2

5 982,7

19 137,3

Tashish va saqlash, axborot va aloqa

22,1

250,6

1 676,7

7 337,7

22 745,8

Boshqa xizmat tarmoqlari

59,6

608,7

2 821,6

13 274,7

48 319,8

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyotning barcha real tarmoqlari yuqori sur’atlar bilan o’sgan. Ayniqsa sanoat tarmoqlariga (mashinasozlik gaz va neftni qayta ishlash, yengil va oziq-ovqat sanoati va shu kabi tarmoqlar) yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilish, qulay sharoit yaratilib, investitsiyalar jalb qilinishi natijasida bu tarmoq iqtisodiyoti jadal rivojlandi.


Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o’zgarishlarining yuz berishi ta’minlandi.
Tarkibiy o’zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi.
Mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ulushi katta bo’lsa, bu mamlakat agrar iqtisodiyotli mamlakat hisoblanadi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mamlakat YaIM tarkibida qishloq xo’jaligi katta ulushni tashkil etgan (1995 yilda 32,4 %, 2000 yilda 34,4 %) shuning uchun ham mamlakatimiz agroindustrial mamlakat hisoblangan. Mamlakat yaIM tarkibida sanoat tarmoqlari mahsulotlari hajmi katta ulushni tashkil etsa, bunday mamlakatlar industrial iqtisodiyotli (Yevropa mamlakatlari, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va shu kabilar) mamlakatlar hisoblanadi. O’zbekiston hukumati iqtisodiyotni (xususan sanoat tarmoqlarini) rivojlantirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida sanoat tarmoqlari yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Natijada mamalakat YaIM hajmi tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan (qurilish bilan birga), 2016 yilga kelib 32,9 foizga yetdi. Bu mamlakatimiz iqtisodiyoti industrial-agrar ekanligini bildiradi.
Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o’sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish va servis sohasini isloh qilish bo’yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilish natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YaIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2016 yilda 49,5 foizgacha oshdi.

YaIM tarkibining o’zgarish dinamikasi
Mustaqillik yillarida YaIM tarkibida mulkchilik shakllari bo’yicha tub o’zgarishlar ro’y berdi. Nodavlat sektori YaIM ni ishlab chiqarishda asosiy o’rinni egalladi va uning ulushi 1995 yildagi 58,4 foizdan 2016 yilda 81,3 foizgacha oshdi.
Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob’yektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko’p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling