Asosiy qoidalar
II bob. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUVI ORGANLARINING SUVGA DOIR MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI VAKOLATLARI
Download 24.89 Kb.
|
SUV qonun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
II bob. DAVLAT HOKIMIYATI VA BOShQARUVI ORGANLARINING SUVGA DOIR MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISh SOHASIDAGI VAKOLATLARI
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi: suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qabul qilish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish; suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda suv xo‘jaligiga oid strategik davlat dasturlarini qabul qilish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasarrufiga kiradigan boshqa masalalarni hal etish. 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi: suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish; suv resurslaridan kompleks va oqilona foydalanish, ularni boshqarish va muhofaza qilish, shuningdek suvlarning zararli ta’sirining oldini olish hamda ularni bartaraf etish sohasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, boshqa yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish; suv fondini hosil qilish va undan foydalanish tartibini, suvdan foydalanish, suv iste’moli me’yorlarini va suv obyektidan suv olish limitlarini (bundan buyon matnda suv olish limitlari deb yuritiladi) tasdiqlash tartibini belgilash; suvlarning davlat tomonidan hisobga olib borilishini hamda suvdan foydalanishni nazorat qilish va ularni muhofaza etishni ta’minlash, davlat suv kadastri va suv monitoringini yuritish; yirik avariyalar, falokatlar, ekologiya tangligi va suvlarning zararli ta’siri oldini olish hamda ularga barham berish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish; suv resurslaridan foydalanganlik uchun haq to‘lash, suv obyektlarini bulg‘atganlik va quritib qo‘yganlik uchun haq undirish tartibini belgilash; suv xo‘jaligi sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish; suv xo‘jaligini rivojlantirish, suvdan oqilona foydalanish, suvdan samarali foydalanish, suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, suv va suvdan foydalanishga doir boshqa dasturlarni tasdiqlash; suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibini tasdiqlash; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish. Download 24.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling