Asosiy qoidalar


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Download 24.89 Kb.
bet5/10
Sana28.12.2022
Hajmi24.89 Kb.
#1010077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SUV qonun

7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
o‘z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta’minlash;
suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, belgilangan suv olish limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq yo‘naltirilgan ro‘yxatlarni shakllantirish va tasdiqlashda, shuningdek ularning amalga oshirilishini nazorat qilishda ko‘maklashish;
suv iste’molchilari uyushmalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash hamda tiklash, tomorqa yerlariga suv yetkazib berish tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek bulg‘anishini oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo‘lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o‘tkazish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish.
III bob. SUVDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA QILISh SOHASIDA DAVLAT BOShQARUVI VA NAZORATI
8-modda. Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi
Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi (er usti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari) o‘z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.

Download 24.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling