Asosiy qoidalar


Download 24.89 Kb.
bet7/10
Sana28.12.2022
Hajmi24.89 Kb.
#1010077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SUV qonun

12-modda. Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish shartlari
Baliqchilik xo‘jaligi suv havzalarida yangi va ta’mirlangan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish va ishga tushirish chog‘ida ushbu Qonun 15-moddasining talablariga rioya qilish bilan bir qatorda, baliq zaxiralariga yetkazilayotgan zararning o‘rnini qoplash, boshqa suv hayvonlari va o‘simliklarini muhofaza qilish hamda ularni asrash, qayta tiklash va ko‘paytirishni ta’minlaydigan tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish lozim.
13-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlar hamda boshqa obyektlar quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, ta’mirlanadigan va tiklanadigan joylarni belgilash mazkur suv obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq kelishib olinadi.
14-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash loyihalarining kelishib olinishi va davlat ekspertizasi
Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, geologiya va mineral resurslar organlari hamda boshqa organlar bilan kelishib olinishi lozim, shuningdek qonunchilikka muvofiq davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va tiklash loyihalari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Ishlab chiqarish sharoitlariga ko‘ra aylanma suv ta’minotiga va chiqitsiz texnologiyaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lmagan sanoat korxonalarining suv bilan to‘xtovsiz ta’minlash tizimlarini loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 24.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling