Asosiy qoidalar
-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Download 24.89 Kb.
|
SUV qonun
9-modda. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi suvdan foydalanish borasida belgilab qo‘yilgan tartibga barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar rioya qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta’sirining oldini olish va bartaraf qilish vazifalarini, suvni hisobga olish qoidalarini, shuningdek suv to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilab berilgan boshqa qoidalarni bajarishlarini ta’minlashdir. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi. 10-modda. Suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning ishtiroki Suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashadi. Davlat organlari bu tadbirlarni o‘tkazishda suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek fuqarolarning takliflarini hisobga olishi mumkin. IV BOB. SUVLARNING VA SUV OBYEKTLARINING HOLATIGA TA’SIR ETUVChI KORXONALAR, INShOOTLARNI HAMDA BOShQA OBYEKTLARNI JOYLAShTIRISh, LOYIHALASh, QURISh, REKONSTRUKSIYA QILISh, TA’MIRLASh, TIKLASh VA IShGA TUShIRISh 11-modda. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash va ishga tushirish shartlari Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, tiklash va ishga tushirishda, yangi texnologik jarayonlarni joriy etishda aholining sog‘lig‘ini saqlash va ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda maishiy ehtiyojlarini birinchi navbatda qondirish talablariga rioya etgan holda suvdan oqilona foydalanish, shuningdek kollektor-drenaj suvlarini va oqova suvlarni chiqarib yuborishning qulay rejimi ta’minlanishi lozim. Bunda suv obyektlaridan olinadigan va shu obyektlarga qaytariladigan suvni hisobga olishni, suvlarni bulg‘anish, ifloslanish va kamayib ketishdan saqlashni, suvlarning zararli ta’sirining oldini olishni, yerlarning suv bosishini imkon qadar kamaytirishni, yerlarni sho‘rlanishdan, zax bosishdan yoki qaqrab qolishdan muhofaza qilishni, shuningdek qulay tabiiy sharoitlar va landshaftlarni saqlab qolishni ta’minlovchi tadbirlar nazarda tutiladi. Suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi korxonalar, inshootlarni hamda boshqa obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari suv obyektlaridan dam olish va sport uchun foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan holda tuzilishi lozim. Download 24.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling