Asosiy qoidalar
Download 24.89 Kb.
|
SUV qonun
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-modda. Suvga davlat egaligi
suvdan foydalanish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanish;
suvdan foydalanuvchi — suv resurslarini suv obyektidan olmagan holda ulardan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; suvlarning zararli ta’siri — suv toshishi, suv bosishi, zax bosishi va suvlarning o‘zga ta’sirlari natijasida ayrim tabiiy-xo‘jalik obyektlari va hududlarning yuvilishi, buzilishi, loyqa cho‘kishi, botqoqlanishi, sho‘rlanishi va boshqa salbiy hodisalar; suv yetkazib berganlik va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari uchun haq to‘lash — suv ta’minoti tashkilotlari (suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv iste’molchilari uyushmalari va boshqalar) tomonidan ko‘rsatiladigan suv yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar va boshqa suv xo‘jaligi xizmatlari (suv xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, suvni boshqarish va hisobga olish vositalaridan foydalanishda ko‘maklashish) uchun shartnoma asosida to‘lovlarni amalga oshirish; transchegaraviy suv obyektlari — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan suv obyektlari; transchegaraviy suvlar — ikki va undan ortiq davlatlar chegaralarini kesib o‘tadigan yoki shunday chegaralarda joylashgan har qanday yer usti yoki yer osti suvlari”; 3-modda. Suvga davlat egaligi Suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki — umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan qo‘riqlanadi. 4-modda. Yagona davlat suv fondi Yagona davlat suv fondi: jilg‘alar, soylar, daryolar, suv omborlari, ko‘llar, dengizlardan, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari, buloqlar, hovuzlarning suvlari va boshqa yer usti suvlaridan; yer osti suvlari, qor zaxiralari va muzliklardan iboratdir. Transchegaraviy suv obyektlarining (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryolari, Orol dengizi va boshqa transchegaraviy suv obyektlarining) suvlaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi. Download 24.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling