Bajarilishi: Olingan natijalarni (10.5) formulasi orqali tahlil qilish mumkin, Bu xi kvadrat o`zaro ta`sirchanlikni aniqlashning ikkinchi usuli sanaladi
Kutganimizdek, xi-kvadratning mazkur formulasi orqali birinchi usuldagidek qiymat hosil bo`ldi. Xi-kvadratning ikkala usuli ham bir xil natija bersa-da, 10,5 formula biroz murakkab va chalkash hisoblanadi. (10.5) formulasida xatoga yo`l qo`yish oson. Shuning uchun xi-kvadratning birinchi usulidan foydalanish afzal. Shuni qayd etamizki, birinchi va ikkinchi usullarda ko`ptarmoqli jadvallarning katta xajmli o`lchamidan foydalanish mumkin. Qiyoslanadigan belgilar 3x4, 4x4, 5x3, 5x6 va h.k. bo`lishi mumkin.
10,4. Xi kvadrat noparametrik mezoni bo`yicha xulosa chiqarish qoidalari.
Xi kvadratni qo`llashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
-
O`lchov turli shkalalarda amalga oshirilishi mumkin.
-
Tanlanmalar tasodifiy va bog`liq bo`lmagan bo`lishi kerak,
-
Tanlanma ko`lami n≥20 bo`lishi maqsadga muvofiq, tanlanma ko`lami qancha katta bo`lsa, natijalar shuncha ishonchli bóladi
-
Har bir tanlangan interval uchun teoretik chastota 5 dan kichik bo` Imasligi kerak.
-
Barcha intervallar bo` yicha kuzatuvlar yig'indisi umumiy kuzatuv soniga teng bólishi kerak
-
Xi kvadratning kritik qiymatlari jadvali erkinlik bosqichi uchun ishlab chiqilgan VA har safar erkinlik bosqichi turlicha topiladi (kóptarmoqli jadval qatorlari va ustunlari asosida)
- erkinlik bosqichi raqami df=c-1 asosida topiladi.c- bu yerda solishtirilayotgan ózgaruvchilarning elementlari, alternativlari ,belgilari va h.k larni bildiradi.
- jadvallar uchun erkinlik darajasi qiymati darajasi quyidagi formula yordamida topiladi : df=(k-1)*(c-1), k-qatorlar soni, c- ustunlar sonini bildiradi.
Nazorat savollari: ;
-
Xi-kvadrat mezoni qanday holatlarda qo` Ilaniladi?
-
Xi kvadratni qo`llaganda qo`yiladigan talablar nimalardan iborat?
-
Teoretik chastota nima?
-
Xi kvadrat mezonida o`zgaruvchilar jadvalda ifodalangan bo`lsa, erkinlik bosqichi qanday topiladi?
-
Ikki tarmoqli jadvalda dastlab nechanchi qatorning teoretik chastotasi topiladi?
-
R kattaligi qanday qiymat?
-
Xi kvadratda o`zgaruvchilar qanday shkalada baholangan bo`lishi kerak?
-
Ko`ptarmoqli jadval nima?
-
Xi kvadrat mezonida o`zgaruvchilar belgilarining ta`sirchanligini o`rganish metodi korrelyatsiya metodidan qanday farq qiladi?
-
Xi kvadratda tanlanma ichida qanchagacha belgilar o`zaro solishtirilishi mumkin?
-
Mezonda ahamiyatlilik aniq topilishi uchun tanlanma ishtirikchilari qancha bólishi maqsadga muvofiq?
-
11.4. formulasidagi d—nimani bildiradi?
-
, Xi kvadrat mezonida ma'lumotlarni tahlil qilish uchun statistik parametrlar aniqlanishi shartmi?
-
Xi kvadrat mezonida ikki empirik kuzatuv sharoitida teoretik chastotaning tóg'ri topilganini tekshirish yoki bir tanlanma ichida kórsatkichlarni taqqoslash uchun qanday formuladan foydalanish mumkin ?
-
Nima uchun xi kvadrat mezonida teoretik chastotalar qiymati (hatto ishtirokchilar soniga nisbatan ishlatilsa ham ) butun qilib olinmaydi.
-
10.5. formulasidagi Ci Cj belgilari nimani bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |