Atmosfera havosini zaharli gaz va changlardan tozalash usullari. Gidrosferani muhofaza qilish. Litosferani muhofaza qilish. Insonning xo


-rasm. Siklonning asosiy o‘lchamlari


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/45
Sana10.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1696937
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45
Bog'liq
2-ma\'ruza

5.8-rasm. Siklonning asosiy o‘lchamlari. 
Rotasion chang ushlagichlar - ham, markazdan qochma kuchlar ta‘sirida 
chang ajratgichlarga kiradi. Havo harakati bilan bir vaqtda 5 mkm dan katta 
bo‗lgan chang zararchalaridan, changli havo tozalanadi. Rotasion chang 
tozalagichlar juda ham ixcham, chunki ventilyator va chang ushlagich bitta agregat 
ichida joylashgan. 
Shuning uchun montaj qilinayotgan va ishlayotgan paytda qo‗shimcha 
maydon kerak emas. Ishlagan paytda ish g‗ildiragi, chang zarrachalarini 
markazdan qochma kuchlar yordamida spiralsimon kojux devoriga tashlaydi va 
havo chiqib ketadigan tomonga harakat qiladi. Chang gaz bilan birga, chang qabul 
qiladigan kamera orqali, chang yig‗iladigan bunkerga, tozalangan havo esa havo 
chiquvchi quvurga uzatiladi. Bu ish unumdorligini oshirish uchun ish kolesoni 
tezligini oshirish kerak, yaxshi natija 20-40 mkm dan katta changlar uchun. 
To‗rli filtr. To‗rli baraban (1 sm
2
da 100-120 yacheykasi bor), changli havo 
kiradigan quvur, chang qatlamlari kalta tolalar havoni shu qatlam tozalaydi, 
zichlantiruvchi valik, chang bunkeridan iborat. To‗rli filtr uchun FIK — 75-90%, 


ish unumdorligi — 7500 m
3
/soat, bosimi — 1500 Pa. Baraban 60-300 minutda bir 
marta aylanadi. To‗rli filtrlar odatda bir pog‗onali filtrlar deyiladi. 
Yengsimon (to‗qimali) filtrlar. Bunday filtrlarda filtrlovchi mato sifatida 378 
artikul diagonal mato, 461 - artikul bo‗yalmagan vegon movuti va 323-artikul xom 
flanel ishlatiladi. Yengsimon filtrlarning ichki yuzasiga o‗tirgan kalta tola va chang 
qatlamining ortishi bilan filtrning qarshiligi orta boradi va havo oqimining harakat 
maromi sezilarli ravishda o‗zgaradi. Matoli filtrlarning ikki turi: ramli va 
yengsimon xillari bo‗ladi. 
Ramli filtrlar 1000x1450 mm o‗lchamli metall ramalarga mahkamlangan 
mato bo‗laklaridan iborat. Ular odatda bo‗yiga ikki qavat qilib, havo oqimiga 
nisbatan ilonsimon (zigzag) tarzda joylashtiriladi. Bunday filtlar kondisionerlarda 
havoni mo‗tadillash qurilmalarida qo‗llaniladi. Yengli filtrlar bir uchi berk, 
balandligi 2-3 m bo‗lgan silindsimon yoki konussimon mato yenglar guruhidan 
tashkil topadi. Changli havo filtrlarga kiritiladi va bu yerda yenglarga 
taqsimlanadi. Bu yerda u mato orqali tozalanib o‗tadi, chang esa yenglarning ichki 
sirtida ushlanib qoladi (5.13-rasm). 
Ramli riltrlar. 1000x1450 mm o‗lchamli metall ramalarga mahkamlangan 
mato bo‗laklaridan iborat. Ular odatda bo‗yiga ikki qavat qilib, havo oqimiga 
nisbatan ilonsimon (zigzag) tarzda joylashtiriladi. Bunday filtlar kondisionerlarda 
havoni mo‗tadillash qurilmalarida qo‗llaniladi. Yengli filtrlar bir uchi berk, 
balandligi 2-3 m bo‗lgan silindsimon yoki konussimon mato yenglar guruhidan 
tashkil topadi. Changli havo filtrlarga kiritiladi va bu yerda yenglarga 
taqsimlanadi. Bu yerda u mato orqali tozalanib o‗tadi, chang esa yenglarning ichki 
sirtida ushlanib qoladi. 
Yengsimon filtrlar har 3-4 soatda pnevmatik ravishda tozalab turiladi va 
yenglardan chang tushirish uchun maxsus titratuvchi mexanizm orqali bajariladi va 
yig‗ilgan chang bunkerga tushadi. Bir metr matoga to‗g‗ri keladigan havo hajmi 
150-200 m
3
/soatni, uning qarshiligi esa 400 Pa ni tashkil qiladi. Chang havoning 
konsentrasiyasi 20-50 g/m
3
. Yengli filtrlarning samaradorligi 97-99 foizdir. 
Ularning chang sig‗imi 1200 - 1300 g/m
2

Rulonli filtrlar - filtrlovchi qalin noto‗qima matodan (10-20 foiz paxta, 80-90 
foiz sun‘iy tolalardan) iborat. G‗altaklar harakatlanganda changli havo mato orqali 
o‗tganda, qo‗shimcha filtrlovchi qatlam momiq qatlamini hosil qiladi. Momiq 
qatlami qalinlashib va mato chang bilan to‗lib borgan sari uning qarshiligi ortib
havo o‗tkazish imkoniyati esa kamayib boradi. 
Filtrlovchi mato qayta o‗ralayotganida so‗rish quvurlariga o‗rnatilgan 
pnevmatik soplolar bir qism mato yutipagi changni so‗rib oladi. Rulonli filtrlar 
havoni tozalash samaradorligi 90-95 foizni tashkil etadi, qarshiligi esa 100-200 Pa 
ga teng. Ikkinchi bosqich sifatida matoli filtrlardan foydalanish mumkin. 
Moyli filtrlar ikki xil bo‗ladi. Kassetali va o‗z-o‗zini tozalaydigan moyli 
filtrlar sanoatda ishlab chiqariladi va havoni atmosfera changidan tozalash uchun 
mo‗tadillash sistemalarida qo‗llaniladi. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling