Atmosferani tarkibi. Atmosferaningn yuqori qavatlaridagi jarayonlar. Atmosfera yuqori qismlarida ozon
Download 80.53 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korbonat angidrid
- Ozon: troposferada Stratosferada
ATMOSFERANING TAXMINIY TARKIBI
Azotning atmosferadagi hissasi 78,084 % ni tashkil yetib, u inson, hayvon va o’simliklar hayoti uchun zarur bo’lgan kislorod (20,946 %) uchun inert aralashtiruvchi hisoblanadi. Birlamchi atmosferada erkin kislorod bo’lmagan va u asosan suv bug’lari, karbonat angidrid, metan, ammiak va oltingugurt, vodorod aralashmasidan iborat bo’lgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, birinchi atmosferada 2,2 mlrd yil oldin oddiy suv o’tlari hayotiy jarayoni natijasida paydo bo’lgan. Taxminan 100 mln. yil oldin kislorodni hozirgi massasining 1% ini tashkil etgan. Hozirda kislorodni yillik ishlab chiqarish 100-150 mlrd tonnani tashkil etadi va buning hammasi tirik organizmlarning nafas olishi, tog’ jinslarining oksidlanishi va har xil yoqilg’ilarni yoqish jarayonida sarf bo’ladi. Uglerod – organik dunyoning asosiy elementidir. Atmosferaning asosiy komponentlaridan biri ozon O3 hisoblanadi. Ozonning paydo bo’lishi va parchalanishi bilan quyosh ultrabinafsha radiatsiyasini yutishi sodir bo’ladi. O3 shuningdek, yerning 20 % infraqizil nurlarini ushlab qoladi. Ozon qatlamini ko’pincha «ozon ekrani» ham deb ataladi. Shunday qilib, yerdagi hayotni o’lik koinotdan asrovchi havo qatlamining quvvati yerdagi masshtabga qaraganda ancha – 1,5 ming km. yoki yer radiusining 0,25 qismi kosmik masshtabda ahamiyatsiz va yerdan quyoshgacha masofani 1/100000 qismini tashkil etadi. Atmosfera havosining 3/4 qismi pastki qatlam troposferada to’plangan. Atmosfera zichligi balandlik oshgan sari kamayib boradi, okean sathida ham havoning zichligi 0,001 g/sm2 ni tashkil etadi, bu esa suvning zichligidan 1000 marta kam va shu bilan birga ushbu havo qatlami yerdagi hayotni koinot ta’siridan asrovchi yagona va doimiy himoyachidir. Shunga qaramasdan ushbu bronni tuzib o’tish o’n va yuz tonnalik meteoridlarga nasib qilishi ham juda kamdan-kam uchraydigan holatdir. 3. Ozon — 03 kislorodning allotropik modifikatsiyasidir. Ozon havoning bepayon makonida juda oz miqdorda tarqalgan bo'Iib, asosan 20—32 km balandlikda uchraydi. Ozon qatlamini atmosferaning qalqoni deb atashadi. Buning boisi ozon molekulasining optik faolligi va quyosh nurlarini keng spektrlarda yuta olishidir. Ozonning atmosferadagi miqdori juda oz bo'lsada, Yerda yashovchi jamiki jonzot uchun benihoya katta ahamiyatlidir. U tirik jonzotni ultrabinafsha nurlarning zararli qismi ta'siridan himoya qiladi. Stratosferadagi ozon qatlamining konsentratsiyasini o'lchash uning kamayib borayotganligidan darak beradi. Keyingi 10—15 yil ichidagi ma'lumotlar stratosferadagi ozon konsentratsiyasi joylarda 3-7% kamayganligini ko'rsatadi. Ozon miqdori Janubiy qutb ustida bahor paytlarida 50, ba'zi yillari hatto 90% ga kamayishi sezilgan. Atmosferadagi ozonning umumiy massasi 3,3 mlrd. tonnaga teng. Ozon qatlamining qalinligi normal sharoitlarda o'rtacha 2,6—3 mm, ekvatorda 2 mm, baland kengliklarda esa 4 mm ni tashkil qiladi. Ozonning asosiy massasi stratosferada to'plangan. Masalan, Yer yuzasida va troposferada ozonning miqdori 0 dan 10—4% gacha o'zgarsa, stratosferada bundan o'n va yuz barobar ko'proqdir. Stratosferaning har xil joylarida ozonning miqdori o'zgarib turadi. Uning miqdori geografik kenglikka, yil fasliga quyoshning faolligi davriga va boshqa omillarga bog'liqdir. Ko'pincha ozonning maksimal miqdori 18—25 km balandlikda kuzatiladi. Ozon yuqori darajada zaharli gaz bo'Iib, u kuchli oksidlantiruvchi sifatida barcha moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Ozon bilan nafas olib bo'lmaydi, shuning uchun ham uning troposferadagi oz miqdori ham tirik organizmlar uchun o'ta xavflidir. Ozonning eng asosiy xususiyati bu — nurlanishm yutib olish qobilyatidir.
Download 80.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling