O2 + O2 O3 + O
Yorug'lik kvanti ta'sirida ozon molekulasi bitta 02 molekulasi va bitta O atomiga parchalanadi. Bu zarralarning holati to'lqin uzunligiga bog'liqdir.
Ozonning fotokimyoviy parchalanishidagi 02 va O zarralarining faollashish energiyasi 310 nm dan kam bo'lgan to'lqin uzunlikdagi kvant yutib olganda O2 molekulasi va O atomi elektron faol holatida hosil bo'ladi. O('D) atomlarining ozon molekulasi bilan reaksiyasi tebranayotgan-faollashgan O2 molekulalarini hosil qilishi mumkin:
O(1D) + O3 2O2*
Shunday qilib, O atomlari va faollashgan O2 molekulalari ishtirokida atom-energetik zanjir hosil bo'ladi. Bir yutilgan yorug'lik kvantiga 6 ta ozon molekulasi parchalanadi. Agar kislorod atomlari 3P holatida bo'lsa, birinchi reaksiya O2 faollashgan molekulalarini ikkinchi reaksiyani amalga oshirish mumkin bo'lgan tebranish darajasida hosil bo’lishiga olib kelmaydi va energetik zanjir paydo bo'la olmaydi.
Shunday qilib, uzunhgi 240 nm dan kichik bo'lgan nurlanish ta'sirida kislorod molekulasi dissotsiatsiyalanib, ikkita kislorod atomini hosil qiladi. Yutilgan kvant energiyasi miqdoriga qarab, hosil bo'lgan kislorod atomlarining bittasi yoki ikkitasi ham faol holatda bo'lishi mumkin:
O2 + hv O(1D) + O(3P)
bunda O('D) — faol holatidagi atom, uning energiyasi 1,95 eV ga teng;
O(3P) — asosiy holatdagi atom.
Faqatgina asosiy holatdagi kislorod atomi ozon molekulasining sintezi reaksiyasiga kirishishi mumkin. Bu jarayon quyidagi tenglama bilan ifodalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |