Atov gaplarni o„qitishning samarali metodlari avazova Farangiz Ixtiyor qizi
Download 44.69 Kb. Pdf ko'rish
|
document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Volume: 03 Issue: 03 | Mar-2023 ISSN: 2181-2624 www.sciencebox.uz Analytical Journal of Education and Development 275 ATOV GAPLARNI O„QITISHNING SAMARALI METODLARI Avazova Farangiz Ixtiyor qizi O„zbekiston -Finlandiya pedagogika instituti O„zbek tili va adabiyoti yo„nalishi 2 – bosqich magistranti Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘qitish jarayoni eng muhim jarayonlardan biri ekanligi, uni samarali tashkil etish, sintaksisning o‘rganiladigan birliklaridan biri atov gap va uning maktab darsliklarida berilish tartibi, va uni o‘qitishning samarali metodlari haqida mulohazalar yuritiladi. Kalit so‘zlar: atov gap, R.O. Vinokur, metod, muammoli ta’lim, eksik gap, na’munali nutq. Nimani qachon va qanday o„qitish masalasi har davrda dolzarb sanalgan. O„quvchining ongi, barkamolligi, dunyoviy bilimlar bo„yicha chiqargan xulosalari, olgan bilimlarini hayotga tatbiq etishi, kishilar bilan muloqot o„rnatish, hayotda o„z o„rnini topish, chigal vaziyatlardan oqillik va to„grilik bilan chiqib keta olish kabi insoniy fazilatlarni bolalar hayot tarziga singdirish hamisha o„qituvchilar zimmasiga yuklangan. Ayniqsa, ona tili va adabiyot o„qituvchilari bu borada boshqalarga qaraganda ko„proq daxldor bo„lgan. Сhunki, adabiyot -bu hayot, til esa hayotning mazmunidir. Dunyo metodistlaridan hisoblangan L.V.Shcherba, R.O.Vinokur, N.I.Sokolov kabilarning asarlarida ham ona tili ta‟limining eng muhim masalalari, nutq madaniyati, savodxonligini o„stirishga doir usullar ishlab chiqilgan. 1992-yilsa o„zbek tilshunosi S.Nazarovaning fikricha: “Maktablardagi o„quv-tarbiya ishlarini hayotga yaqinlashtirish, bu sohadagi tajribani ilmiy jihatdan umumlashtirish, umuman o„quv-tarbiya ishining, xususan, ona tili o„qitishning eng yaxshi, samarali usullarini qidirib topish va ishlab chiqishga alohida e‟tibor berildi. Bu davrda o„quv-tarbiya ishining mashhur ustalari, ilg„or xalq o„qituvchilari, metodist olimlar, pedagoglar yetishib chiqdi va asosiy e‟tiborni o„qituvchi va o„quvchilar nutqiga qaratdi. O„qituvchining jonli, ifodali, qiziqarli, shirali va ma‟noli nutqi o„quvchilar nutqining shakllanishiga ijobiy ta‟sir qiladi. Binobarin, o„qituvchi nutqi o„quvchilar uchun o„rnak bo„lishi lozim.” 1 Albatta, o„qituvchi zimmasiga yuklanadigan mas‟uliyatli vazifalardan biri -bu nutq madaniyati sanaladi. U xoh adabiy xos so„zlashuv shaklida so„zlamasin, hamisha atrofdagilarga o„rnak bo„lishi, nutqi bilan ta‟sir etishi, ishontirishi, ergashtira olishi kerak. Xuddi shu o„rinda so„zlashuv nutqi jarayonida muloqot shaklini hosil qilishda sintaktik tarkibi qisqargan gaplar, xususan, atov gaplarga ham murojaat qilinadi. Atov gaplarni maktab darsliklarida berilishiga e‟tibor qaratsak, 2019-yilda M.Qodirov va boshqalar tomonidan nashr etilgan 8-sinf uchun mo„ljallangan “Ona tili” darsligida atov gaplar 49-dars sifatida berilgan. Shu kitobda aynan quyidagi qoida keltirilgan. 1 S.Nazarova. O‟zbek tili o‟qitish metodikasi. – Toshkent: O‟qituvchi, 1992. – B.100. 4-bet. Download 44.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling