Август 2020 17-қисм
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Август 2020 17-қисм
Тошкент MATEMATIK MASALALAR ASOSIDA O’QUVCHILARDA IJODKORLIK QOBILYATINI RIVOJLANTIRISH Axmadjonova Oydinoy Soyibjon qizi magistr akademik, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar 13-o‘rta ta’lim maktabi matematika fani o‘qituvchisi Telefon:+998974155915 Elektron pochta:Oydinxon4@2fardu.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada tafakkurning matematik usuli haqida, matematik qobiliyatning turli tomonlari, matematik masalalar asosida, ya’ni matnli arifmetik masalalarni yechish jarayonida o‘quvchilarni o‘z bilimlarini ishlata bilishga, uni yechish usullarini o‘rgatish jarayonida ularda matematik ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish bo‘yicha fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: Matematik qobiliyat, analiz va sintez, izoxlab yechish, shartni tahlil qilish. Bugungi kunda butun dunyo miqyosida taraqqiyot jarayonlari shiddat bilan kechmoqda. Ana shunday paytda, tabiiyki, yurtimizning yuksalish yo‘lidagi odimlari va ravnaqini ham globallashuv jarayonlaridan ayro tasavvur qilish mumkin emas. Chunki, bugungi davr o‘z nomi bilan taraqqiyot zamoni, axborot va innovatsion texnologiyalari zamonidir. Yuksalish va taraqqiyot yo‘lidan odimlab borayotgan mustaqil mamalakatimizning iqboli va istiqboli yosh avlodga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligiga bog‘liq. Bu borada ayniqsa matematika fanining o‘zlashtirilish jarayonini, uni inson hayotidagi ahamiyatini ham aytib o‘tish joiz. Xususan muhtaram prezidentimiz ham aytib o‘tganlaridek: “Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi.” Matematikaning mantiqiy tafakkur rivojlanishi uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi qadim zamonlardanoq ma’lum edi. Tafakkurning matematik usuli haqida, har qanday ixtisosdagi mutaxasislarning uni bilishi haqida gapirar ekanmiz, bunda mantiqiy tafakkurning yuqori sifatlari: aniqlik, qisqalik, tartiblanganlik, xatto kichkina bo‘lsa ham soxtalikka yo‘l qo‘ymaslik, tarixni o‘rganish jarayonida ham rivojlanadi deyishlari mumkin. To‘g‘ri, ko‘plab olimlar har bir fan amaliy logika ekanligini ko‘rsatgan edi. Albatta, har bir fan o‘quvchilarning aqliy kuchini rivojlantirishi kerak. Lekin mantiqiy tafakkurning shakllanishida matematika so‘zsiz birinchi darajali ahamiyatga egadir, chunki u, soxta davolar bilan uzviy kelisha olmaydi, u soxta fikrlarni haqiqatga o‘xshatib ko‘rsatishdan ko‘ra rad qilishni afzal ko‘radigan noyob fanlardan biridir. Ana shuning uchun matematika o‘qituvchisining jamiyat oldida mas’ulyati juda kattadir: axir tafakkur usuli har jihatdan o‘qitish usuliga bog‘liqdir. Matematik qobiliyatning turli tomonlari, deydi A. N. Kolmogorov, turli kombinatsiyalarda uchrashi mumkin, bunda xatto bularda yolg‘iz bittasining rivojlanishi ham bazan ajoyib natijalarga va kashfiyotlarga olib kelishi mumkin. Shuni ham aytish mumkinki, matematikaning turli tatbiqlari ham bu qobiliyatlarning bir xilda rivojlanishini talab qilmaydi: bir sohada hisoblash uchun yaxshi algoritmni topish muhimroq bo‘lsa, boshqa sohalar uchun mantiqiy fikrlash bilish muhimdir. Shu sababli o‘qituvchi o‘quvchilarning turli matematik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng yo‘l ochib berishi kerak. A. N. Kolmogorov aytib o‘tgan matematik qobiliyatlar, ya’ni tarkibiy qismlardan iboratdir. Masalan, mantiqiy fikrlash qobiliyati ko‘p komponentlarni o‘z ichiga oladi: bular analiz qilish, umumlashtirish, va shunga o‘xshash qobiliyatlardan iboratdir. Quyida biz ham xususiy hol sifatida matnli masalalar yechishdagi e’tiborli jihatlarni keltirib o‘tganmiz. Matnli arifmetik masalalar ham mundarija va tavsifi, ham qiyinlik jihatdan turlicha bo‘lganligidan, ularni yechishda turli usul va yo‘llar tatbiq qilinishi ko‘zda tutiladi. Ko‘pincha bir tipdagi masalalarning o‘zlarini yechish uchun turli usullar ishlatilishi kerak bo‘ladi. Ayrim xollarda masalalarni yechish uchun usul tanlashda masalaning xarakteri yoki mazmuniga qarab emas, balki uning matematika kursida tutgan o‘rni hamda o‘quvchilarning bilim va malakalariga qarab ham tanlanadi. Ma’lumki, istalgan matematik masalani yechishda mantiqiy fikrlashning asosiy yo‘llari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling