Август 2020 17-қисм
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Fizika matematika 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Август 2020 17-қисм
Тошкент XALQARO BAHOLASH DASTURIDA ILG‘OR TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH, BAHOLASH VA MATEMATIK SAVODXONLIKNI ANIQLASH Shadmanova Santalat Saidqulovna Sirdaryo viloyati Guliston tuman №5 umumta’lim maktabda matematika fan o‘qituvchisi Tel: 99 854 37 39 Annotatsiya: Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, baholash va matematik savodxonlikni aniqlash, Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizim bilan qiyosiy va har tomonlama tahlil qilish, masalalari hususida muloxaza yuritilgan. Kalit so‘zlar: Ta’lim sifati, xalqaro baxolash, globallashuv, PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS. Bugun mamlakatimizda ta’lim sifatini baholashda yangicha monitoring tizimini xalqaro baholash dasturlari yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tajribalarni o‘rganish, mavjud tizim bilan qiyosiy va har tomonlama tahlil qilish, tegishli yo‘nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy- tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi. SHunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrda “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazitashkil etildi. PISA tizimi bu nima o‘zi?O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi – 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko‘rinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil qilishga undashdir. PISA tadqiqotida baholashning asosi, bu – matematika, o‘qish, tabiiy fanlar va qator innovatsion sohalar bo‘yicha jahon miqyosida muvofiqlashtirilgan topshiriqlar to‘plamidir. Bunday baholash har 3 yilda ishtirokchi mamlakatlarning 15 yoshli o‘quvchilari o‘rtasida tasodifiy tanlov asosida o‘tkaziladi. PISA fanlarga oid bilimlarni, shuningdek,o‘quvchilarning shu bilimlarni hatto notanish kontekstda ham ijodiy qo‘llash qobiliyatini baholaydi. SHuningdek, bu dastur 16 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘rtasida o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi bilimlarni o‘lchaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bog‘liq. 2021 yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish ustuvorlik kasb etadi. Ma’lumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun matematik savodxonlik yo‘nalishi bo‘yicha smartfondan foydalanish, daraja xossalarining go‘zalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni bajarib, shug‘ullanish kerak bo‘ladi. PISAda maktabining bilim sifati monitoringi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: o‘qish savodxonligi, matematik savodxonligi, tabiiy fanlar savodxonligi va kompyuter savodxonligidir. Quyida Siz PISA xalqaro tadqiqotining kreativ fikrlash yo‘nalishiga oid topshiriq namunalari bilan tanishishingiz hamda tasavvuringizni boyitishingiz mumkin. Misol tariqasida matematika fanidan masalani echish sharti va usuli. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling