Август 2020 21-қисм
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
21.Kimyo yunalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2020 21-қисм Тошкент KIMYO FANI DARSLARIDA PISA TADQIQOTLARIGA TAYYORGARLIK . XTV tasarrufidagi PMTIDUM kimyo fani o’qituvchisi
- Kalit so’z
Август 2020 21-қисм
Тошкент 5.”tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida tasniflash va sertifikarlash” yangi fan sifatida rivijlanib bormoqda.Bu fan o‘z yutuqlari orqali davlat iqtisodiyotini rivojlanishiga hissasini qo‘shib kelmoqda Foydalanilgan adabiyotlar 1.asqarov i.r shorahmedov sh.sh nomozov a.a to‘xtaboyev n.X “tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash hamda bojxona to‘lovlari “ t 2005 2.”o‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” 7-tom davlat ilmiy nashiryoti 3.”osnoviy tomojennogo dela” izdateliskiy dom “mir ekonomiki i prava” t 1998 11 Август 2020 21-қисм Тошкент KIMYO FANI DARSLARIDA PISA TADQIQOTLARIGA TAYYORGARLIK . XTV tasarrufidagi PMTIDUM kimyo fani o’qituvchisi Axmedova Umida Ramatbayevna Annotatsiya: PISA tadqiqot savollariga javob berish jarayonida o’quvchilar o’zlarida mavjud bo’lgan bilim va ko’nikmalardan foydalanish bilan bir qatorda bu bilimlarni tahlil qilib, mantiqan o’ylab ,mustaqil xulosalar chiqarishga o’rgatiladi. Bu esa o’quvchilarda hayotda shunday muammoli vaziyatlarga duch kelganda ularni hal qila olish qobiliyatini rivojlantiradi. Kalit so’z: PISA tadqiqotlari, fotosintez jarayoni , grunt suvlar, achitqilar PISA - bu kengaytirilgan holatda -- The Programme for International Student Assessment demakdir, ya’ni o’quvchilarning savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dastur. o’quvchilarga PISA tadqiqotlari savollarini berishdan oldin ,biz aslida PISA nima ekanligi, uning mazmun mohiyati, asosiy maqsadi haqida o’quvchilarga tushunchalar berishimiz zarur bo’ladi. PISA--o’quvchilarning matnni o’qib tushunish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.Bu dastur o’quvchilarning maktabda egallagan bilim va ko’nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo’llay olishlarini aniqlashga mo’ljallangan. PISA 15 yoshli o’quvchilarning bilim va ko’nikmlarini baholash bo’yicha yagona xalqaro dastur hisoblanadi. tadqiqot ilk bor 2000 yilda o’tkazilgan bo’lib, har uch yilda bir marotaba amalga oshiriladi.navbatda Pisa xalqaro tadqiqoti 2021 –yilda o’tkazilishi mo’ljallangan. Umumta’lim maktablarida kimyo fani darslarida, darsdan keyingi to’garak mashg’ulotlarida mavzuga mos holatda PISA tadqiqotlari savollaridan foydalanish bilan o’quvchilarni PISA tadqiqotlariga tayyorlab borishimiz mumkin. .Chunki bu savollar o’quvchilarni olgan bilim va ko’nikmalarini mavjud vaziyatlarda qo’llay olish qobiliyatini, muammolarni tahlil qilish , sharhlash, ijobiy hal qilish, mantiqiy fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlarini oshiradi. Hammamizga ma’lumki, kimyo fani boshqa fanlarga nisbatan murakkabroq fan.Chunki o’quvchi kimyo fanini tushunishi uchun avvalo , nazariy bilimga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni amaliyotda laboratoriya ishlarini bajarishda qo’llay olishi, formula, reaksiya tenglamalari yoza olish va asosiysi masalarni tushunib yecha olishi talab etiladi. Bu esa ba’zi o’quvchilarning fanni o’zlashtirishiga qiyinchilik tug’diradi. men dars jarayonlarida Pisa tadqiqot savollaridan foydalanish natijasida bu o’quvchilarning ham fanga qiziqishi ortib, o’quvchilarning mavzular bo’yicha fikrlash qobiliyatlarining ortishini kuzatdim. o’quvchilarning tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik kompetensiyalari nafaqat kimyo balki biologiya , fizika , geografiya , astronomiya va geologiya kabi fanlaridan olgan bilimlarini namoyon qilishi bilan ham baholanadi. O’quvchi PISA tadqiqot savollarini yecha olishi uchun ularda tabiiy fanlar bo’yicha quyidagi kompetensiyalar shakllangan bo’lishi kerak. 1. Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 2.ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash 3. ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish Tabiiy fanlar, ayniqsa kimyo fani insoniyatning kundalik hayot tarzida juda katta ahamiyatga ega .Chunki, biz har kuni kimyoviy moddalarga duch kelamiz, ulardan o’z ehtiyojlarimiz uchun foydalanamiz. o’quvchilarga o’zlari ko’rib-bilib yurgan narsalari haqida gapirilganda , bu ular uchun albatta qiziqarli bo’ladi. misol uchun kimyo fanida suvni tozalash, havoni tarkibi, xamirni karbonat angidrid ta’sirida o’zgarishi, fotosintez jarayonlari haqidagi savollar har bir o’quvchi diqqatini tortmasdan qolmaydi. o’quvchilar xamirni achishi, fotosintez jarayonlari kabi savollarga javob bera olishi uchun nafaqat kimyo , balki biologiya fanidan egallagan bilimlarini ham esga olib, ularni tahlil qila olishi kerak. Fotosintez bu umumiy qilib aytganda, yashil o’simliklarda quyosh nuri ta’sirida sodir bo’ladigan oksidlanish –qaytarilish jarayonidir. ya’ni karbonat angidrid suv va yorug’lik ta’sirida glyukoza va kislorodga aylanadi, anorganik moddalardan organik modda hosil bo’ladi.Bu jarayonni to’liq tushunish esa o’quvchidan kimyo va biologiya fanlaridan olgan bilim va ko’nikmalarni tahlil qila olishni talab etadi. shularga o’xshash hayotiy mavzudagi Pisa tadqiqot savollaridan dars jarayonlarida foydalanish , har bir o’quvchini tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishini oshiradi degan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling