Август 2020 21-қисм


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana01.03.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1239558
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
21.Kimyo yunalishi 3 qism

Август 2020 21-қисм
Тошкент
KIMYO FANI YUTUQLARI
ismoilov Shukurjon anvar o’g’li .
Samarqand davlat Tibbiyot instituti davolash fakulteti talabasi.
Elektron pochta: shukurjonismoilov405@gmail.com
Tel: +998941877787
Annotatsiya: Ushbu maqolada kimyo fanining qisqacha rivojlanish tarixi, kimyo fanining 
tibbiyot bilimlaridagi o’rni haqida, fanning hayotimizdagi tutgan ahamiyati hamda hozirgi kunda 
rivojlanayotgan kimyo fanining yutuqlaridan unumli foydalanish haqida tavsiyalar keltiriladi.
Kalit so’zlar: alkimyo,flagiston nazariyasi,d.i.mendeleyev, zamonaviy kimyo
Kimyo uzi nima ?, u qanaqa fan ?,qachon paydo bo’lgan?, bizga qanday foydasi bor bu 
fanning?,degan savollar tug’ilishi tabiiy albatta . shunday ekan kimyo fani haqida,uning qanday 
paydo bo’lgani haqida ozgina bulsada tushuncha berib o’tmoqchiman. 
Kimyo, ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fan-
lar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy 
mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xosil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini 
bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. miloddan avvalgi misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan 
hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha ol-
ish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar ishlab 
chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va oʻrta osiy-
oda ham ishlab chiqarilgan. “Kimyoviy hunar” sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi 
mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali 
miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hu-
narmandchilik ham kirib keldi. topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar oʻzbekiston 
hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Bux-
oro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-asrga taalluqli kimyo laboratoriya topilgan. laboratori-
ya jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi 
moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. misrlik olimlar til-
idagi kimyoga arablar “al” qoʻshimchasini qoʻshib mashhur “alkimyo”ga asos soldilar. natijada 
koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu 
soʻz yevropa mamlakatlarida “Ximiya” nomi bilan ommalashdi. muhammad Xorazmiy 10-asrda 
“Kimyo” soʻzi arabcha “kamoyakmi”, yaʼni “yashirmoq”, “berkitmoq” ni anglatadi, deydi. turk 
olimi toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha “kimyax” dan olingan. Baʼzi 
olimlar “Kimyo” soʻzi misrning qad. nomi “Xem” yoki “Hame”dan olingan degan fikrni ilgari 
surishadi. Bu soʻz “qora” yoki “qoramtir” maʼnosini anglatib, manbalarda “Kimyo” “misr fani” 
degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa “Kimyo” soʻzi yunoncha “kimyo” iborasidan 
kelib chiqqan boʻlib, “suyuqlik”, “eritilgan metall”ni anglatishiga ishora qiladilar. ammo, qanday 
boʻlishidan qatʼiy nazar, mazkur fanning sharq mamlakatlarida bir qator rivojlanganligi, bu bora-
da oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.
Vaqt o’tgan sari kimyo fani ham boshqa fanlar kabi asta sekinlik bilan rivojlana boshladi. 
olimlarning izlanishlari tufayli bir qancha kimyoviy elimentlar topildi. 1869-yilda rus kinyogar 
olimi d.i.mendeleyev davriy qonunni kashf qildi. Unda barcha kimyoviy elimentlar joylashtirili-
gan. Hozirgi kunda mendeleyev davriy sestimasida 121 ta kimyoviy element mavjud. Xo’sh bu 
kimyoviy elementlar nima uchun kashf qilindi? albatta insoniyatga foydasi bo’lgani uchun. Bu 
kimyoviy elementlar insoniyatning barcha soha turlarida keng ko’lamda ishlatiladi; kiyim-kechak, 
oziq-ovqat, mashinasozlik, tibbiyot, harbiy va boshqa ko’plab sohalarda. Bu maqolamda faqat 
kimyoning ya’ni kimyoviy elimentlarni tibiyyot sohasidagi ahamiyatiga to’xtalmoqchiman. organ-
ik kimyo – uglerodning boshqa elementlar bilan organik birikmalar hosil qilishi va bu birikmalarn-
ing o‘zgarish qonunlarini o‘rganadigan fan. organik birikmalar insonning yer mavjud bo‘lishi va 
uning amaliy faoliyatda o‘ta muhim ahamiyatga ega. tirik organizmlarni tashkil qiladigan barcha 
asosiy komponentlar – oqsillar, nuklein kislotalar, uglevodlar, yog‘lar, vitaminlar, gormonlar va 
boshqa organik birikmalardir. Ba’zi organik moddalar insonga juda qadimdan ma’lum. masalan, 
kishilar uzum sharbati achiganda spirtga aylanishini, musallas ochiq havoda turganida sirka kislo-


14

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling