Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
Август 2020 8-қисм
Тошкент yoshlari oqayotgan , yig‘layotganlarga rahm qiladigan bo‘lsa, oshiqning ko‘z yoshlari ikki yuzidan oqayotganini,yig‘layotganini aytadi. Alisher Navoiy turkiy tilimizdagi birgina “kechibdur”so‘zi orqali bir tuyuqda 3 ta ma’no emas, balki undan ham ko‘p ma’nolarni talqin qilib bermoqda. Zukko o‘quvchi balki biz ilg‘amagan ma’nolarni ham topa olsa ajabmas. Navoiy ona tilimizning boy imkoniyatlaridan unumli foydalana olgan. u har bir so‘zga o‘zi aytganidek, gavharga qilinadigan munosabatni qilgan. Shu bois so‘ z ham unga o‘z ranglarini butunligicha ko‘rsatgan bolsa ajab emas. Alisher Navoiy turkiy so‘zlarning turli ma’no qirralarini, ko‘chma ma’nolarini, o‘ziga xos nozik jihatlarini mohirona tushungan va ulardan, ayniqsa, tuyuqlarda, omonim so‘zlar bilan tajnis san’ati orqali yuksak darajada she’rlar yaratgan. Shoirning “Xazoyin ul- maoniy” devonida ham g‘azal, ruboiy, chiston, fard va muammolar qatorida tuyuq janridagi asarlar ham ko‘plab uchraydi va ularning betakror namunalari hali to‘la tahlilini topa olgan deya olamizmi?! Nazarimizda, “navosoz ulusning navobaxshi” yaratgan bu kabi ixcham, kichik janrdagi asarlardan har birini tahlil qilganda, ularda shoirning naqadar teran fikrlari mujassam bo‘lganligining guvohi bo‘lamiz. Navoiy she’riyati tubsiz, musaffo buloqdir. undan qancha ko‘p ruhiyat chanqog‘ini bosmoqchi bo‘lsang, yana shuncha chanqoqlik sezasan. Zero, hazrat Navoiyning o‘zlari aytganlaridek: Ne nazmki – o‘tlug‘ ko‘ngildin chiqordim. 1 Darhaqiqat, o‘tlug‘ ko‘ngildan chiqqan satrlar o‘tlug‘ ko‘ngulga bormog‘iga ishonchim komil. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdug‘afurov. A. Qalb qa’ridagi qadriyatlar. – Toshkent: “O‘qituvchi nashri”. 1998 yil. 2. A.Navoiy. Ruboiylar. G ’G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent. 1968. 1 A .Abdug‘afurov. Qalb qa’ridagi qadriyatlar. Toshkent. “O‘qituvchi nashri”. 1998 yil. 9- bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling