Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Август 2020 8-қисм
Тошкент IQTIBOS, QIYOS VA TAXMINLAR Tursunov Abdurashid Buriyevich Termiz davlat universiteti o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Tel: 97. 244-50-10 Annotatsiya. ushbu maqolada mashhur pir Zangi otaning qizlari Bibi Oysha hamda Qoraxon o‘rtasidagi muhabbat haqidagi afsona tahlilga tortilgan. Shuningdek, rivoyatlarda nomlari keltirilgan Qoraxon podshoh nomi va xalq dostonlarida ifodalangan Qoraxon podshoh o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida qiyosiy tarzda fikrlar bildirilgan. Kalit so‘zlar: rivoyat, afsona, Qoraxon, do‘rman, doston. Mahmud Sattorning “O‘zbek udumlari” kitobini o‘qir ekanman, quyida keltiriladigan rivoyat diqqat-e’tiborimni o‘ziga jalb qildi. Bu rivoyat unchalik uzun emasligini hisobga olib va qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan to‘laroq tahlil qilishni osonlashtirishni ko‘zlagan holda uni to‘laligicha e’tiborlaringizga havola etaman: “Men sizlarga eski bir rivoyatni hikoya qilib beray. Naql qilishlaricha, bu bo‘lib o‘tgan voqea ekan... O‘tgan zamonda ko‘hna Shosh yaqinida mashhur pir Zangi ota xonadonida go‘zal Bibi Oysha kamolga yetgan. u kun sayin oqi oqqa, qizili qizilga ajralib tolin oyday to‘lib borgan. Shosh madrasalaridan birida saboq olayotgan Qoraxon ismli o‘ktam yigit favqulodda Bibi Oyshani ko‘rib, uni jon-dilidan sevib qolgan. ular pinhona uchrashib turganlar. Qiz ham xon avlodi, pahlavon va zukko talabaga ko‘ngil qo‘ygan. Qoraxon madrasani bitirish arafasida Zangi ota xonadoniga sovchi yuborib qizlarini so‘ratgan. Biroq pir ko‘zlarining oq-u qorasi bo‘lgan yolg‘iz qizlarini uzoqqa yuborishga izn berolmaganlar. Valiahd Qoraxon esa o‘zga shaharda ichkuyov bo‘lib qololmagan. O‘z ona shahri qadim O‘trorga qaytib hokimlik qilgan. Sevishganlar maktub olishib turishgan. Keyingi yilning oldi yoz faslida mushtipar ona vositachiligida Bibi Oysha padari buzrukvoridan O‘trorga, bo‘lajak zavji Qoraxon huzuriga borishga ruxsat so‘ragan. Tabiiyki, ota tag‘in izn bermaganlar. Bu hol bir necha bor takrorlangach buzrukvor o‘z pushtikamaridan bo‘lgan suyukli qizlariga ruxsat berib fotihaga qol ocharkan: “Manzilingga yetgin-u, murodingga yetmagil”, – deya yuzlariga fotiha tortganlar... Bibi Oysha enagasi Boyjon xotun va o‘n nafar navkar panohida suvorilardek kiyinib maxsus arg‘umoqlarda sevgilisi mamlakatiga ravona bo‘lgan. Yo‘l yurishgan, mo‘l yurishgan. Go‘zal yozning mayin epkinida bog‘lar-u qirlar, tog‘lar-u daryolardan o‘tganlar. O‘sha zamonning rusumi bo‘yicha qaroqchilarcha hujum qilgan yo‘ldagi yo‘lto‘sarlar navkarlari bilan qilich chopishgan. Go‘zal Oysha o‘zi mahv etgan dushmanlari kallalarini nayzalarga ilib Qoraxonga sovg‘aga tayyorlagan. Nihoyat, orziqib kutilgan visol onlariga ham yaqin qolgan. O‘tror yerlariga yetib kelgan Bibi Oysha chopar yubortirib sevgilisini qarshi olishga chorlagan. Qoraxon xushxabardan yuragi hapriqib tengsiz mehmonni qarshi olgan... Bibi Oysha visol oldidan chavandozlik yo‘l kiyimlarini yechib, ko‘pik sochib toshlarga urilib oqayotgan Talasning ko‘zgudek tiniq, shaffof suvlariga cho‘milib olishni niyat qilgan. Boyjon xotun panohida quloch yozib suzgancha cho‘milgan. Suluv malikalardek maxsus kelinlik kiyimlari, harir liboslarini qirg‘oq maysalari ustida kiyayotganda... shuvoqlar orasidan ikki qora ilon chiqib kelib nozik vujudining ikki yeridan baravar chaqqan... Oyshabibining bexos chinqirig‘idan Qoraxon o‘z navkarlari bilan berigi qirg‘oqqa qanday o‘tganini bilmay qolgan. Oshiq o‘z ma’shuqasini ko‘tarib o‘z og‘ushiga olgan. Darhol muolajaga kirishib zaharni so‘rib tashlashga urinishgan. – Yetib keldim... Men Siznikiman, – ohista nafas qilgan Oyshabibi. – uzoq kutdim, men ham yolg‘iz Siznikiman, – nafas qilgan Qoraxon hayajondan entikib. Vaziyatning qaltisligini anglab yetgan Qoraxon shu zahotiyoq yonidagi ustoziga nikoh o‘qittirib, Oyshabibini o‘z nikohiga olgan. Kelin o‘z kuyovi qo‘lida ilinj bilan jon taslim qilgan... Bibi Oysha malikalarga xos katta hurmat bilan dafn etilgan. Boyjon xotun uning ma’rakalarini o‘tkazib qabriga parvona bo‘lgan. Oshiq Qoraxon qirq yil shohlik qilgan bo‘lsa ham, Oyshabibiga sodiq qolgan. Oldin Bibi Oysha qabri tepasiga, keyin uning enagasi Boyjon xotun mozori ustiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling