Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-umum ta’lim maktab o‘quvchisi Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Август 2020 8-қисм
Тошкент ALISHER NAVOIY - SHE’RIYAT OSMONINING YORQIN YULDUZI Islomjon Xolmatov Guliston davlat universiteti Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-kurs talabasi Telefon: +998933247773 Hilola Xolmatova Sirdaryo viloyati Xovos tumani 9-umum ta’lim maktab o‘quvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada buyuk mutafakkir, ulug‘ shoir, so‘z mulkining sultoni Alisher Naoiyning boy ma’naviy merosi haqida va buyuk bobomizga boshqa arboblarning fikrlari haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: zullisonayn, mutafakkir, siymo, tarixchi Xondamir, “Vaqfiya” asari, “Ixlosiya” asari, Husayn Boyqaro, Davlatshoh Samarqandiy, Jamoliddin Atoullohni, mutasavvuf Mir Kamoliddin Husaynni, Amir Ixtiyoriddin Hasanni, voiz Mavlono Mu’iniddinni, mashhur mufassir va voiz Husayn Voiz Koshifiy, fiqh, ilohiyot. ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. Mamlakatimizda ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, asarlarini o‘rganish, uni dunyoda keng targ‘ib etishga doimiy e’tibor qaratilmoqda. ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas bir siymo hisoblanadi. Iste’dodining ulug‘vorligiyu teranligi jihatidan ham, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei yuzasidan ham, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot ahliga ko‘rsatgan homiyligi jihatidan ham o‘xshashi yo‘q siymo. Buyuk mutafakkir bobomizning eng muhim maqsadi va asl maslagi inson ko‘nglini obod etish edi: Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka’ba vayron o‘lsa obod aylagay… Alisher Navoiyni qanchalar yuksaklarga ko‘tarsak-da, ta’rifiga so‘z toppish mushkul. Ko‘plab ulug‘ ajdodlarimiz u zot haqida bebaho fikrlarini bayon qilgan. Jumladan, uning do‘sti, muxlisi Husayn Boyqaro “Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur”, desa, Davlatshoh Samarqandiy “Bu ulug‘ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir”, deya ta’rif bergan. Alisher Navoiy o‘zining ijodi, insoniy g‘oyalari bilan butun dunyoda ezgulikni, insonparvarlikni, yaxshilikni tarannum etgan. Hazratning so‘z mulkining sultoni, deb atalishi ham bejiz emas. Shu paytgacha dunyo adabiyotida ulug‘ mutafakkir bobomizchalik biron ijodkor o‘z ijodida ko‘p va xo‘b so‘z ishlatgan emas. u kishining ma’naviy merosi xalqimiz uchun bitmas – tuganmas xazinadir. Navoiyning o‘zi ham ilm-u adab bobida komillardan bo‘lsa-da, hech qachon o‘zidan qoniqmagan. Hatto kezi kelganda umrini behuda o‘tkazgani, ko‘proq xayrli ishlar qilmagani, g‘aflatda qolgani uchun o‘zini koyiydi. Bunday kamtarlik ham yoshlarga kata ibrat. umuman, Navoiy asarlari biz uchun qanchalik hikmat va ma’rifat manbai bo‘lsa, uning umri va hayoti davomida qilgan xayrli ishlari, olijanobliklari ham nihoyatda qadrli va e’tiborga molik. Navoiy odamlarni chin ma’noda odam bo‘lishga da’vat qilgan. Xalq g‘amini yemagan odamni odam sanamagan. O‘zi bir umr ilm ahlini qo‘llab-quvvatlab kelgan. “Vaqfiya” asarida uning talabalarga va mudarrislarga maosh tayin qilgani, “Ixlosiya” madrasasi va so‘fiylar uchun “Xalosiya” kabi xonaqolar qurdirgani ma’lum. Tarixchi Xondamirning guvohlik berishicha, Navoiy ko‘plab binolar, ko‘prik va madrasalar, maktab va shifoxonalar qurdirish barobarida hadisshunos olim Jamoliddin Atoullohni, mutasavvuf Mir Kamoliddin Husaynni, fiqh va ilohiyotdan saboq beruvchi Amir Ixtiyoriddin Hasanni, voiz Mavlono Mu’iniddinni, mashhur mufassir va voiz Husayn Voiz Koshifiy kabi olimlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlab turgan. Navoiyning ijodi, xayrli ishlari haqida bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. ularni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling