Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
Август 2020 8-қисм
Тошкент qo‘llanilib kelinmoqda. Interfaol – inglizcha interakt so‘zidan olingan bo‘lib , “inter”- hamkorlikda , “akt”- harakat qilmoq degan ma’noni bildiradi. Interfaol usullar o‘quvchilarning izlanishi, o‘zaro fikrlashi va o‘z qarashlariga ega bo‘lishi, berilgan topshiriqni tez va to‘g‘ri bajarishini ta’minlaydi. Hozirgi davrda maktablarda interfaol usullardan foydalanib dars mashg‘ulotlari tashkil etilsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yangi pedagogik texnologiyalardan har bir dars jarayonida foydalanish ta’limning yangicha ko‘rinishi uchun asos bo‘ladi. Dars mashg‘ulotlarida, shuningdek, adabiyot darslarida noan’anaviy usullardan, o‘quvchini fikrlashga undovchi interfaol o‘yinlardan foydalanib, dars mashg‘ulotlarini olib borish ta’limning hozirgi kun talablaridan biridir.Keling, hozir noan’anaviy usullarning adabiyot darslarida qo‘llanilishi va ularning ahamiyati haqidagi fikrlarimizni davom ettiramiz. Keys-stadi. Keys ingliz tilidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi ”quti”, stadi –“o‘qimoq”degan ma’noni bildiradi.ushbu usulni biror badiiy asar,asardan berilgan parcha yoki qissa, hikoya o‘qib bo‘lingandan so‘ng uni mustahkamlash maqsadida qo‘llash kerak.Buning uchun tayyor holatdagi qutini olamiz. Qutini o‘qilgan asar deb qabul qilamiz. uning ichiga imkoni bo‘lsa o‘sha asarni solib qo‘yamiz. Ichiga solib qo‘ygan asarimiz hammaga ma’lum bo‘lishi kerak. Misol uchun G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasini olaylik. O‘quvchilar bilan birgalikda ushbu hikoya o‘qiladi.Mazmuni o‘rganiladi. Hikoya qahramonlari haqidagi salbiy va ijobiy fikrlar tahlil qilinadi.Endi qutining ichidan asarni olishimiz kerak. Buning uchun oldimizdagi muammolarni, muammolarning sabablarini o‘rganamiz. Shundan so‘ng quti ochiladi. Mana shunda asarning yechimini topgan bo‘lamiz. ushbu usulning ahamiyati shundaki, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, davr tuzumi va muammolarini o‘sha hikoya mavzusi asosida tahlil qilishga, hikoya qahramonlarining hayotini chuqur o‘rganishga o‘rgatadi . Bilamizki, mashhur yozuvchimiz G‘afur G‘ulom qalamiga mansub “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi 1917-yilning sentabr oyida ro‘y bergan voqealar asosida yozilgan. O‘sha davrda xalqimiz juda qiynalgan. Chunki Birinchi jahon urushi eng kuchaygan davr edi. Oila boshliqlari urushga jalb etilgan. Ishsizlar ko‘paygan. Bunday paytda “o‘g‘irlik” qilish odatiy holga aylangan.Bu urush boshqa millatlar qatori bizning xalqimiz boshiga ham cheksiz kulfatlar soldi. ”Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasi qahramonlari, aslida, mana shu urushning tirik qurbonlaridir.Hikoyaning asosiy qahramonlari: Yosh G‘afur,”Qora buvi”- Roqiyabibi, O‘g‘ri. Agar anglagan bo‘lsangiz gap faqat hikoyada ishtirok etayotgan “qora buvi”va “o‘g‘rigina bola”dagina emas. ularning suhbati ortida norasida bolalar, ayollar, va keksalar taqdiri ham turibdi. Zero, ayni shular urush asoratlarini , qiyinchiliklarini ko‘proq his qiladilar. Aynan shular alohida himoyaga,e’tiborga muhtoj bo‘ladilar. Lekin, bu “o‘g‘rigina bolam”ning haqiqiy o‘g‘rilardan farqi katta. Avvalo, uni bu harom yo‘lga qadam bosishga hayotning o‘zi, sharoyitning og‘irligi, to‘g‘rirog‘i, yuqoridagilarning qilmishlari majbur etdi. Yo‘qchilik, uyda och o‘tirgan oila tirikchiligini bir amallab o‘tkazish tashvishi uni shu yo‘lga boshlaydi. Muammo Sabab Yechim Davr tuzumi (Turkiston o‘lkasining Rossiya tomonidan bosib olinishi) Xonlikdagi nizolar Xalqning ozodlikka bo‘lgan kurashi Moddiy tanqislik Oziq-ovqatlarning urush qatnashchilariga jo‘natilishi Xalqning tinchlikka bo‘lgan intilishi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling