Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
Август 2020 8-қисм
Тошкент bashariyatni ertangi kunini o‘ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so‘zlar har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu masalalarni javobini topishda esa badiiy adabiyot insonga chinakam mash’ala vazifasini o‘taydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, buyuk ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ilmiy, ma’naviy me’rosi naqadar qimmatli ekanligiga yana bir bora min bo‘lamiz. Ayniqsa, badiiy adabiyot namunalari yoshlarni fikri teran, ma’nan barkamol , komil inson bo‘lib voyaga yetishida dasturulamal bo‘lib xizmat qiladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi so‘zlari buning amaldagi isbotidir. “Hozir yoshlarimiz iqtisodiy, huquqiy bilimlarni o‘rganishga berilganlar. Bu yaxshi. Shu bilan birga tarix, ona tili, adabiyot, san’atni ham sevib o‘rganish lozim. Kishining ma’naviy dunyosini kengaytirishda musiqa, teatr, rassomlik san’ati va ayniqsa, badiiy adabiyotning roli benihoya katta. Adabiyot hislarni tarbiyalaydi, ko‘ngil mulkini obod qiladi, tafakkur va shuurni boyitib ulg‘aytiradi.” Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan globallashuv sharoitida yoshlarni ongini har xil yot g‘oyalar bilan o‘z domiga tortuvchi kuchlar talaygina. Bunday yot g‘oyalarga qarshi tura olishda esa badiiy adabiyot bizga yaqindan yordam beradi. Badiiy adabiyot mutolaa qilgan inson o‘z ahdiga qat’iy, hayotiy pozitsiyaga ega, mustaqil fikrlovchi va ayni chog‘da turli buzg‘unchi g‘oyalarga o‘zining tafakkuri bilan javob bera oladi. Masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini olaylik. Asar bosh qahramoni Otabek obrazi orqali yozuvchi butun boshli bir millatning qadri baland, o‘z ahdiga qat’iy o‘zbek yigiti qiyofasini ochib beradi. Bu asar orqali ota-onaga hurmat, yorga sadoqat kabi ulug‘vor tuyg‘ularni qalbimizdan his qilamiz. Badiiy adabiyotni o‘qish orqali har birimiz ona vatanga muhabbat, vatanparvarlik, mehr-oqibat kabi insoniy fazilatlar mohiyatini chuqur anglaymiz. Xulosa qilib aytganda, inson hayotida suv va havo qanchalik zarur, non qanchalik aziz bo‘lsa, badiiy adabiyot ham hayotda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lishimizda, tarbiyamizda ham shunchalik zarur. usiz inson o‘zligini, istiqbolini aniq taavvur qila olmaydi. Kitob insonni shunga o‘rgatadi. Zero, ma’rifatparvar shoir Cho‘lpon aytganidek, adabiyot yashasa-millat yashaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sh.Mirziyoyev. “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish” to‘g‘risida‛gi farmoyish 2017-yil 13-yanvar. Lex.uz sayti. 2. I.Karimov. “OAV kuni so‘zlagan nutqi”. “Xalq so‘zi”2016-yil 28-iyun. 3. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. T.O‘qituvchi. 2016-yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling