Август 2020 8-қисм
АдАбиёт BADIIY ADABIYOTNING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
АдАбиёт
BADIIY ADABIYOTNING INSON VA JAMIYAT HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI Masharipova Barno Zaripovna Urganch shahar 22-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Telefon: +998975114486 Annotatsiya: Maqolada yoshlarimizning sog‘lom, har tomonlama chiniqqan, teran fikrli, o‘tkir zakovat egasi bo‘lib yetishishi uchun badiiy adabiyot mutolaasining ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: kitobxonlik madaniyati, tafakkur, sog‘lom avlod, qadriyat, ma’naviyat. Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va amaliy natijaga erishishda bir qator ishlar qilinganini alohida ta’kidlash joiz. Hayot muttasil o‘zgarish va yangilanishlar zamiriga qurilgan. Shu ma’noda odamlar tafakkuridagi o‘zgarishlar hamda hayotiy talab bu sohadagi ishlarni yana qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish lozimligini taqozo etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev-ning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi va 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilmoqda. «Kitob - beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy. Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. Bugungi axborot asrining ilg‘or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo‘lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko‘cha ko‘yda, transportlarda qo‘llarida kitob tutgan insonlarni ko‘rib quvonamiz. Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko‘p kompyuter va qo‘l telefoni o‘yinlarini o‘ynash, mazmunsiz filmlarni ko‘rishga sarflashlari to‘g‘ri emas. Buning o‘rniga, o‘qishdan tashqari o‘tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o‘yilgan naqsh” yanglig‘ o‘qigan kitobi yillar o‘tsa-da hayotda albatta asqotadi. Ma’lumki, ijtimoiy-siyosiy hayotimizning barcha sohalari qatori xalq ma’naviyatining ko‘zgusi bo‘lmish badiiy ijod, xususan, badiiy adabiyot rivoji ham davlatimiz, jamiatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz adabiyotni muqaddas va ulug‘ bir dargoh deb biladi. Ana shunday bahoning o‘zi el-yurtimiz hayotida bu soha namoyondalariga , ularning haqqoniy so‘zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, hurmat va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko‘tarilganini yorqin ko‘rsatib turibdi. Hech shubxasiz, ziyolilarning ilg‘or qatlami bo‘lmish badiiy adabiyot vakillarining xalqimiz qalbini, uning oliy maqsadlari, bugungi hayoti, taqdiri va kelajagini yaqindan biladigan insonlar sifatida jamiyatimizdagi o‘rni va ta’siri beqiyosdir. XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga, bi hali ko‘rmagan, duch kelmagan keskin muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling