Avizo – o’zaro hisob-kitob holatidagi o’zgarishlar, pul o’tkazilishi, mol jo’natilganligi haqida axborot hujjati; hisob-kitob ishlari bajarilgani haqida bir tomonning ikkinchisiga jo’natgan axboroti Agent


Lizing – imorat, inshoot, mashina, jihozlar, asbob-uskuna, transportalarini o’rta va uzoq muddatga ijaraga berish. Litsenziya


Download 57.44 Kb.
bet7/9
Sana21.06.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1637990
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10. Глоссари

Lizing – imorat, inshoot, mashina, jihozlar, asbob-uskuna, transportalarini o’rta va uzoq muddatga ijaraga berish.
Litsenziya – biror bir faoliyat turi bilan shug’ullanish uchun davlat organlari tomonidan ruxsat burish.
Marja – savdo, birja, bank ishlarida foydalaniladigan hamda mollar narxlari, qimmatbaho qog’ozlar kurslari, boshqa ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq.
Marketing – bozor talablariga bo’ysungan holda istehmolchilar ehtiyojini imkoni boricha qondirishga qaratilgan xo’jalik faoliyatini tashkil etish va boshqarish tizimi.
Notijorat yuridik shaxs – bu ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlar (foyda)ni o’z ahzolari o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini-o’zi boshqarish tashkiloti.
Nou-xou – mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirishni yengillashtirish va tezlashtirishga imkon beruvchi texnik bilim, texnik tajriba, ishlab chiqarishning yashirin imkoniyatlari.
Offerta – sotuvchining mol harid imkoni bor haridorga mahlum shartlar asosida mol to’plamini sotish haqida yuborgan taklifi.
Pablik rileyshnz – mol, xizmat, firma, korxona haqida yaxshi fikrni vujudga keltirish jarayoni.
Protektsionizm – milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida chet yel raqobatidan saqlash, himoya qilish.
Raqobatbardoshlik – biror turdagi molning istehmol qiymati mos keladigan boshqa tovarga solishtirish, taqqoslash ko’rsatkichi.
Revalvatsiya – boshqa davlatlar valyutasiga nisbatan milliy valyuta rasmiy kursining oshishi.
Reklama – tovarlar, xizmatlar haqida turli vositalar bilan ochiq xabardor qilish.
Rentabellikxarajatlarni oqlaydigan, xo’jalik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq, foydali, draomadli. Rentabellik ko’rsatkichi foydaning moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarga nisbati bilan o’lchanadi.
Refaktsiya – tovarning narxi yoki og’irligidan uning buzilgan yoki kamaygani uchun chegirma qilish.

Download 57.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling