Firma – ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, tijorat yoki tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan, yuridik shaxs hisoblangan korxona.
Fondlarning aylanishi – bu moddiy ashyoviy omillar qiymatining ishlab chiqarish va muomala sohalari orqali harakat jarayonidir.
Xolding kompaniya – bu mulk egalari tomonidan bir qancha mustaqil aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan hissadorlik jamiyati.
Xususiy kapital – tadbirkorning eng muhim va hal yetuvchi ahamiyatga ega bo’lgan sarmoyasi.
Xususiy tadbirkorlik – bu fuqarolar (alohida fuqaro) to-monidan o’zlarining tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari asosida, shaxsiy daromd (foyda) olish maqsadida amaldagi qo-nunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo’jalik faoliyatidir.
Xususiy firma – ayrim shaxs yoki oilaga tegishli bo’lgan yaka xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko’rsatuvchi korxona.
SHirkat firma – bir necha tadbiroklarning o’zaro mulkiy birlashuvi va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko’rishga asoslangan sherikchilik korxonasi.
Erkin iqtisodiy zonalar – bu qo’shma sohibkorlik zonalari, xorij kapitalinig erkin amal qilishi uchun ajratilgan mahsus hudud.
Erkin savdo zonasi – bu mahlum bir hududlarni iqtisodiy o’z ichiga olgan, boj to’lovlaridan ozod qilingan savdo zonasidir.
Qarz-kredit kapitali – bank, byudjet, moliya muassasalari yoki boshqa korxonalarlan olinadigan kreditlar, chiqariladigan obligatsiyalar evaziga shakllanadi.
Qo’shma kapital – bu tezna jalb etilgan resurslar bo’lib, u asosan aktsiyalarni sotish, pay va kirish badallarini to’plash, korxonalarni birlashtirish natijasida aktivlarning ko’payishi evaziga shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |