Stagnatsiya – iqtisodiyotda turg’unlikni anglatadi.
Stagflyatsiya – iqtisodiyotning shunday holatiki, bunda turg’unlik va pulning qadrsizlanishi birgalikda xukm suradi.
Sug’urta – kutilmagan sharoitlardan yoki tavakkalchilikdan ko’-rilgan zararni qisman yoki to’liq qoplash, muhofaza qilish choralari.
Tadbirkor – yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki tashkil yetmasdan doimiy asosda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs.
Tadbirkorlik – bu mulkchilik subhektlarining foyda odish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunchilik doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir.
Tanthema – savdo, sanoat, bank, aktsionerlar tashkilotlari foydasidan bu tashkilotlarning boshqaruv xodimlariga to’lanadigan qo’shimcha mukofot.
Tarif – biror ish, xizmat uchun rasmiy hamda belgilangan to’lov.
Tashqi savdo balansi – mahlum davr (oy, chorak, yil) davomida mamlakatga keltiriladigan va undan chiqariladigan tovarlar qiymati o’rtasidagi nisbat.
Tender – birjada savdo o’tkazishda tushadigan taklif. Taklif berish tartibi savdoni o’tkazadigan tashkilotchilar tomonidan belgilanadi.
To’lov valyutasi – tomonlarning kelishuvi bilan tovarlarning tashqi savdo aloqalarida haqini to’lashda yoki halqaro kreditni qaytarishda ishlatiladigan valyuta.
To’lovga qodirlik – yuridik yoki jismoniy shaxsning moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olish imkoniyati.
To’lov topshirig’i – korxona, firma, tashkilotning unga xizmat qiladigan o’z schetidan mablag’ o’tkazish zarurligi haqidagi topshirig’i.
Faktoring – moliya-tijorat xizmatining turi bo’lib, bunda bank yoki boshqa moliya tashkilotlari xarid qiluvchi korxona qarzlarini, majburiyatlarni o’ziga oladi.
Fermer xo’jaligi – bu o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotlari-ni ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi fermer xo’jaligi ahzolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi subhekt.
Do'stlaringiz bilan baham: |